Atamuratova Dilafruz Rashidovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Xorazm matbuoti tarixida “Xorazm haqiqati” tipografiyasining o‘rni (1920–1950-yillar), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Tar529.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdullaev Utkir Ismailovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.06.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Davletov Sanjarbek Rajabovich, tarix fanlari doktori, professor; Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor; Sulaymanov Salamat Arepbaevich tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Xorazmda viloyati ijtimoiy-siyosiy hayotida davriy matbuotning shakllanishida nashriyot ishining o‘rni hamda ahamiyatini manbalar, arxiv hujjatlari va ilmiy asosli ma’lumotlarga tayanib mantiqiy izchillikka ko‘ra ilmiy jihatdan umumlashtirish hamda reja asosida mavzu bo‘yicha ilgari surilgan yangi, dolzarb ilmiy masalalarni ochib berish va talqin qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Xorazmda matbuot ishi yo‘lga qo‘yilgunga qadar O‘zbekiston matbuotining shakllanish tarixida Xorazm matbuotining asosi Xiva xoni Muhammad Rahimxon Feruz tashabbusi bilan faoliyati yo‘lga qo‘yilgan va Xorazm adabiy-madaniy muhitida katta ahamiyat kasb etgan tipolitografiya bo‘lganligi aniqlandi;
Xorazm Xalq Sovet Respublikasi keyinchalik Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi tomonidan chiqarilgan qaror va farmonlar muhokamasini xalq bilan bog‘lovchi asosiy bo‘g‘in – Xorazm davriy matbuotining shakllanishida muhim o‘rin egallagan “Inqilob quyoshi”, “Izvestiya”, gazetalari bo‘lganligi tadqiqotni tahlil qilish asosida ochib berildi;
Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan Xorazm davriy matbuotining ham urushga safarbar etilishi, front va front orti hayoti misolida davrga xos bo‘lgan mafkuraviy yondashuvlarning gazeta sahifalarida aks etishi asoslab berildi va shu asosda “Xorazm haqiqati” tipografiyasida nashr ishlarining jahon urushi davriga xos jihatlari, tipografiyaga zaruriy xomashyo, moddiy-texnik ta’minot hamda xarajatlar tahlili ochib berildi;
O‘zbekiston SSR matbuotida Xorazm ijtimoiy-siyosiy hayotining aks etishi, Sovet propagandasida Xorazm davriy matbuotining o‘rni yoritilib, matbuotda maorif, madaniyat va adabiy muhit masalalari bilan bir qatorda viloyat va tuman gazetalarida milliy va diniy qadriyatlarga oid munosabat bo‘lganligi aniqlandi;
Xorazm okrugi keyinchalik Xorazm viloyati tumanlari matbuotining shakllanishida “Inqilob quyoshi” keyinchalik “Xorazm haqiqati” tipografiyasi asos bo‘lganligi va dastlabki yillarda tuman gazetalari nashriyotlarining moddiy-texnik ta’minoti to‘liq “Inqilob quyoshi” tipografiyasi keyinchalik “Xorazm haqiqati” nashriyotlari tarkibida bo‘lganligi dalillandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm matbuoti tarixida “Xorazm haqiqati” tipografiyasining o‘rni (1920–1950-yillar)” mavzusi bo‘yicha chiqarilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Xorazmda matbuot ishi yo‘lga qo‘yilgunga qadar O‘zbekiston matbuotining shakllanish tarixida Xorazm matbuotining asosi Xiva xoni Muhammad Rahimxon Feruz tashabbusi bilan faoliyati yo‘lga qo‘yilgan va Xorazm adabiy-madaniy foydalanildi (O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining 2026-yil 29-apreldagi 02-18/128-son ma’lumotnomasi). Keltirilgan tahlillar va ular asosidagi xulosalar bugungi o‘zbek matbuotining, jumladan uning mahalliy segmentining shakllanish bosqichlarini to‘laroq tushunishga imkon beradi;
Xorazm Xalq Sovet Respublikasi keyinchalik Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi tomonidan chiqarilgan qaror va farmonlar muhokamasini xalq bilan bog‘lovchi asosiy bo‘g‘in – Xorazm davriy matbuotining shakllanishida muhim o‘rin egallagan “Inqilob quyoshi”, “Izvestiya”, gazetalari bo‘lganligi tadqiqotni tahlil qilish asosida ochib berilgan xulosalardan foydalanildi (O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining 2026-yil 29-apreldagi 02-18/128-son ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalar ommaviy axborot vositalari rivojlanishining tadrijiy bosqichlari bilan shug‘ullanayotgan tadqiqotchilar, yosh jurnalistlar va umuman mazkur soha rivoji uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan Xorazm davriy matbuotining ham urushga safarbar etilishi, front va fronti orti hayoti misolida davrga xos bo‘lgan mafkuraviy yondashuvlarning gazeta sahifalarida aks etishi asoslab berilib, bu davrda “Xorazm haqiqati” tipografiyasida nashr ishlarining jahon urushi davriga xos jihatlari, tipografiyaga zaruriy xomashyo, moddiy-texnik ta’minot hamda xarajatlar tahlili haqidagi xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Davlat muzeyining ikkinchi jahon urushiga doir ekspozisiyani boyitishda foydalanilgan (O‘zbeksiton Respublikasi Mudofaa vazirligining 2026-yil 28-fevraldagi 10/508-son ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalar yoshlarda tarixni puxta o‘rganish va undan saboq chiqarish, ularda vatanga muhabbat hissini uyg‘otishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston SSR matbuotida Xorazm ijtimoiy-siyosiy hayotining aks etishi, Sovet propagandasida Xorazm davriy matbuotining o‘rni yoritilib, matbuotda maorif, madaniyat va adabiy muhit masalalari bilan bir qatorda viloyat va tuman gazetalarida milliy va diniy qadriyatlarga oid munosabat bo‘yicha xulosalardan 2025–2026-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”, “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Talim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2026-yil 7-apreldagi 26-36-24-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvda namoyish etilgan ilmiy materiallar teletomoshabinlarning Xorazmning ijtimoiy-siyosiy hayotida matbuotning o‘rniga oid bilimlarini oshirishga xizmat qilgan;
Xorazm okrugi keyinchalik Xorazm viloyati tumanlari matbuotining shakllanishida “Inqilob quyoshi” keyinchalik “Xorazm haqiqati” tipografiyasi asos bo‘lganligi va dastlabki yillarda tuman gazetalari nashriyotlarining moddiy-texnik ta’minoti to‘liq “Inqilob quyoshi” tipografiyasi keyinchalik “Xorazm haqiqati” nashriyotlari tarkibida bo‘lganligi haqida olingan ilmiy natijalardan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishda hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarida foydalanildi (O‘zbeksiton Respublikasi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2026-yil 23-apreldagi 02-02-66/1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur natijalar bugungi axborot makonida o‘lka matbuotining o‘rni hamda viloyat va tuman gazetalari nashriyotlariga oid ma’lumotlarni partiya xodimlari orasida ommalashtirish imkonini bergan.