Qodirjonov Xasanboy Qodirjon o‘g‘lining
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi
haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kinofil`mlar tarjimasida muqobilsiz leksikaning pragmatik va lingvomadaniy o‘ziga xosliklari tadqiqi” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
    Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4428
    Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti.
    Ilmiy rahbar: Dosbaeva Nargiza Turg‘unpo‘latovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
    IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.35.02.
    Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori (DSc), professor Xoshimova Dildora Madaminovna; filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Parpiboev Botirali Raximjon o‘g‘li;
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
    Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: kinofil`mlar tarjimasida muqobilsiz leksikaning pragmatik va lingvomadaniy o‘ziga xosliklari tadqiqi masalasini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
    kinomatnlar dialogik matn, vizual-verbal matn, kul`minatsion semantika, kinolavha asosidagi realiyalar, ekrandan tashqari nutq (voice-over) hamda transmedia realiyalar (treyler, poster, saundtrek matnlari) kabi kompleks qatlamlar asosida tasniflanib, ushbu qatlamlar tahlili jarayonida ularning struktur-semantik qurilishi, nutqiy sathlararo bog‘liqligi hamda mul`timodal birliklar bilan integratsiyasi tizimli ravishda ochib berildi. Chuqur lisoniy tahlil natijasida muqobilsiz leksikaning kinomatn semantik yadrosini shakllantiruvchi, milliy-madaniy kodlarni etkazuvchi, personaj nutqi va obrazini individuallashtiruvchi hamda fil`m diskursining kommunikativ-pragmatik xususiyatlarini belgilovchi asosiy komponent ekani asoslanib, shu bilan birga, muqobilsiz leksikani tarjima qilishda transliteratsiya, transkripsiya, tavsifiy tarjima, analogik tarjima, izohli subtitr va qo‘shimcha tushuntirishlar kabi usullar aniqlangan qatlamlar kesimida ilmiy jihatdan asoslab berildi;
 kinomatnlar tarjimasida pragmatik adaptatsiyaning lisoniy o‘ziga xosliklari sifatida madaniy konnotatsiyalarning mazmuniy-pragmatik yukini to‘g‘ri translyasiya qilish, personaj xarakteri va nutq portretining kommunikativ funksiyasini saqlash, fil`m dramaturgiyasining ritmik-dinamik qurilishini maqsadli auditoriya qabuliga moslashtirish, hazil va ironiyaning kontekstual ishlash mexanizmlarini adekvat tarzda qayta tiklash, ijtimoiy nutq me’yorlarining diskursiv talablarini tarjima jarayonida izchil amalga oshirish hamda subtitrlarning medial cheklovlari bilan bog‘liq kompensator lisoniy strategiyalarni ishlab chiqish jarayonlari aniqlanib, ushbu komponentlarning har biri pragmatik adaptatsiyaning umumiy mexanizmida tutgan o‘rni, funksional vazifasi va qanday tarzda ochib berilgani ilmiy asoslangan holda dalillandi;
 tarjimada muqobilsiz leksikaning kommunikativ-pragmatik xususiyatlarini saqlashga to‘sqinlik qiluvchi omillar sifatida kinodiskursdagi milliy-madaniy tafovutlar, konnotativ ma’no yo‘qolishi, kadr va nutq o‘rtasidagi semiotik nomuvofiqlik, personaj obraziga xos uslubiy belgilar susayishi hamda subtitr va dublyajning texnik-parametrik cheklovlari belgilandi. Ushbu muammolarni bartaraf etishda kino tarjimasining mul`timodal tabiatini inobatga olgan holda izohli tarjima, funksional ekvivalent asosidagi pragmatik moslashtirish, transliteratsiya + izoh, kontekstual moslashtirish va kompensatsiya kabi strategiyalar ilmiy asosda ishlab chiqildi;
 kinomatnlarda muqobilsiz leksikaning lingvomadaniy o‘ziga xosliklari sifatida milliylikni aks ettirishi, tarixiy va diniy qatlamlarni lingvistik vositalar orqali tiklashi, etnografik-maishiy realiyalarning mavjudligi, marosimlar va an’anaviy qadriyatlarni ifodalashi kabilar ochib berildi va ularni tarjimada aks ettirish masalalari sifatida milliylikni belgilovchi birliklarning adekvat etkazilishi, tarixiy-diniy qatlamlarning konnotativ ma’nosini saqlash, etnografik-maishiy realiyalarning subtitr va dublyaj cheklovlariga mos aks ettirilishi, marosim va qadriyatlarni ifodalovchi leksikaning pragmatik moslashtirilishi hamda vizual-verbal moslikning ta’minlanishi kabi masalalar aniqlanib, semantik, pragmatik, stilistik, lingvomadaniy va semiotik lisoniy aspektlarda yoritib berildi.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: “Kinofil`mlar tarjimasida muqobilsiz leksikaning pragmatik va lingvomadaniy o‘ziga xosliklari tadqiqi” mavzusida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalarining joriy qilinishi:
    kinomatnlarning dialogik, vizual-verbal, kul`minatsion semantika, kinolavha realiyalari, ekrandan tashqari nutq (voice-over) va transmedia elementlari (trailer, poster, soundtrack) kabi qatlamlari tizimli tahlil qilinib, ularning struktur-semantik qurilishi, nutqiy sathlararo bog‘liqligi va mul`timodal integratsiyasi aniqlangach, muqobilsiz leksikaning kinomatn semantik yadrosi, milliy-madaniy kodlarni yetkazish, personaj nutqi va obrazini individuallashtirish hamda dramatik-emotsional ta’sirni kuchaytiruvchi vazifasi ko‘rsatib berildi va ushbu yondashuv doirasida transliteratsiya, transkripsiya, tavsifiy va analogik tarjima, izohli subtitr va qo‘shimcha tushuntirishlar kabi muqobilsiz leksikani tarjima qilish usullari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilib, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” amaliy loyihasida qo‘llanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 26-noyabrdagi 04/1-5687-son ma’lumotnomasi). Natijada kinodiskurs va uning tarjimasining nazariy asoslarini: kinomatnlar tasnifi va lisoniy o‘ziga xosliklarini ochib berish barobarida ular tarjimasida muqobilsiz leksikaning tutgan o‘rni hamda umumiy tarjima usullariga oid ma’lumot va ilmiy tahlillar takomillashgan.
 kinomatnlar tarjimasida muqobilsiz leksikaning lingvomadaniy va pragmatik xususiyatlari, ularning subtitr va dublyaj jarayonida semantik, konnotativ hamda kommunikativ yukini saqlab qolish, shuningdek, mul`timodal diskursda (kadr - ovoz - dialog) mazmunning uyg‘un uzatilishini ta’minlashga doir ishlab chiqilgan ilmiy asoslar, metodik tavsiyalar va xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Millat va ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Sahna va ekran” nomli dasturlari senariysining 2025-yil fevral va avgust oylari sonlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 28-noyabrdagi 05-09-1912-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuv va teledasturlar, kinomatnlarning tarjimasida pragmatik adaptatsiyaning lisoniy o‘ziga xosliklari, muqobilsiz leksikaning kommunikativ-pragmatik xususiyatlarini saqlashdagi muammolar va ularni bartaraf etish usullari, shuningdek, muqobilsiz leksikaning lingvomadaniy o‘ziga xosliklarini aniqlash va tarjimada aks ettirish masalalari sohasidagi ilmiy ma’lumotlar va dalillarga boyligi ta’minlangan.
 tarjimada muqobilsiz leksikaning kommunikativ-pragmatik xususiyatlarini saqlab qolishdagi asosiy muammolar – milliy-madaniy kodlar bilan bog‘liq madaniy tafovutlar, personaj nutqining konnotativ ma’nosining yo‘qolishi, kadr va nutq o‘rtasidagi semiotik nomuvofiqlik, subtitr va dublyajning texnik cheklovlari – aniqlanib, ularni bartaraf etishda kino tarjimasining mul`timodal tabiatini (kadr, ovoz, dialog va vizual-verbal qatlamlar) hisobga olgan holda annotativ subtitr, funksional ekvivalent, transliteratsiya + izoh, kontekstual moslashtirish va kompensatsiya kabi strategiyalari haqidagi taklif va tavsiyalardan “ERASMUS+ Capacity Building Project 101129076 EMPOWER: Women Entrepreneurship, Empowerment, employability and self-confidence” loyihasi doirasida foydalanilgan (Namangan davlat chet tillari institutining 2025-yil 25-noyabrdagi EMPOWER-0128-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar natijasida amaliy loyihadagi zaruriy ma’lumotlar boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish