Zohidova Sevara A’zamjon qizining
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillarida fitonim komponentli frazeologik birliklarning lisoniy tadqiqi” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5684
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti
Ilmiy rahbar: Ikromxonova Firuza Ikromovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.35.02
Rasmiy opponentlar: Sarimsoqov Xurshid Abduvalievich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Dadaboev Olimjon Ortiqovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent;
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz va o‘zbek tillaridagi fitonim komponentli frazeologik birliklarning nazariy-lisoniy asoslarini yoritish, ularning struktur-semantik qurilishi, metaforik va baholovchi qatlamlari, lingvomadaniy motivatsiyasi hamda til tizimidagi ramziy funksiyalarini aniqlash orqali tadqiqotning keyingi boblarida amalga oshiriladigan qiyosiy, o‘zaro interlingvistik muvofiqlik tahlillari uchun konseptual poydevor yaratishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
frazeologik ma’no tuzilishining ichki mexanizmlari, konnotatsion komponentlar shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar (komponent tarkibi, semantik va ekstralingvistik omillar) hamda ingliz va o‘zbek tillarida fitonim komponentli frazeologik birliklarning semantik tuzilishi tizimli tahlil asosida ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida fitonim komponentli frazeologik birliklarning xalq mentaliteti, milliy qadriyatlar va etnolingvistik motivatsiya bilan uzviy bog‘liqligi hamda mazkur birliklarning lingvomadaniy vazifalari aniqlangan;
tarkibida fitonim komponenti ishtirok etadigan, barqaror tuzilishga ega, ko‘p hollarda ko‘chma ma’noni ifodalovchi hamda uzviy semantik birlik sifatida namoyon bo‘ladigan frazeologik birliklarni nomlash uchun fitofrazeoema termini ilmiy muomalaga kiritilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida fitonim komponentli frazeologik birliklarning lingvistik, madaniy va kontekstual mezonlarga ko‘ra o‘xshash hamda farqli jihatlari qiyosiy tahlil asosida tavsiflangan;
fitonim komponentli frazeologik birliklarga xos frazeosemantik kichik guruhlarning shakllanish qonuniyatlari hamda obrazli-semantik modellaridagi umumiylik va milliy o‘ziga xosliklar aniqlangan;
fitonim komponentli frazeologik birliklarning kontekstual o‘zgarishlari, transformatsiyaning leksik-semantik, sintaktik va tekstual-pragmatik turlari hamda ikki tildagi interlingvistik xususiyatlari tavsiflangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: “Ingliz va o‘zbek tillarida fitonim komponentli frazeologik birliklarning lisoniy tadqiqi” mavzusida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Badiiy kengashi hisobot yig‘ilishlarida, yosh tarjimon to‘garagi va adabiy kechalarda dissertatsiyaning fitonim komponentli frazeologik birliklarning ma’no tuzilishi, konnotatsiya komponentlarining shakllanishi, fitonim komponentli frazeologik birliklarning milliy-madaniy xususiyatlari, ingliz va o‘zbek tillaridagi fitonim komponentli frazeologik birliklarni o‘rganish mezonlari kabi ilmiy yangiliklari foydalanilgan. Dissertatsiya ilmiy natijalariga ko‘ra, yosh yozuvchilar, shoirlar, ijodkorlarning asarlarida individual mahorat, fol`klorizm, peyzash, portret kabi tasviriy usullarni ochib berishda fitonim komponentli frazeologik birliklarning to‘g‘ri tarjimalaridan, milliy koloroit aks etgan birliklardan unumli foydalanish imkoniyatini berdi. (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil, 24- dekabrdagi 01-03/996-son ma’lumotnomasi);
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy-ma’rifiy muassasalar nomoddiy milliy merosini rivojlantirish sho’basi tomonidan o‘zbek xalqining boy milliy til an’analari, nomoddiy madaniy merosi, ijtimoiy qadriyatlarimizning millatlararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va aloqalarni mustahkamlash borasida tuzilgan “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish” nomli fundamental loyiha doirasida joriy qilingan. Mazkur dissertatsiya materiallari va natijalari shuni tasdiqladiki, fitonim komponentli paremiologik birliklarning ma’no tuzilishi, konnotatsiya komponentlarining shakllanish omillari hisobga olingan holda o‘rganilgan, ularning milliy-madaniy xususiyatlari keng yoritib berilfan, ingliz va o‘zbek tillaridagi fitonim komponentli frazeolgik birliklarni o‘rganish mezonlari aniqlangan, frazeo-semantik kichik guruhlari xususiyatlari ochib berilgan, frazeologizmlarning kontekstdagi turli transformatsiya turlari ko‘rib chiqilgan va ularning o‘zaro til muvofiqligi aniqlangan.  (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil, 19-dekabrdagi 02-12-17-789 sonli ma’lumotnomasi)
Dissertatsiya natijalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tavsiya etilgan namunaviy dastur va o‘quv rejalar asosida Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili bakalavriat yo‘nalishidagi talabalarga o‘qitilayotgan “Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti va tarixi”, “Til aspektlarini o‘qitish amaliyoti”, “Leksikologiya va stilistika”, “Til ko‘nikmalari integratsiyasi” kabi amaliy, shuningdek, 70110901 – Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) magistrlarga o‘tilayotgan “Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti va tarixi” kabi fanlar tarkibiy qismiga kiritilgan. Dissertatsiya natijalarining samaradorligi va ular asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar, xususan, fitonim komponentli frazeologik birliklarning frazeo-semantik kichik guruhlari xususiyatlari ochib berilganligi, frazeologizmlarning kontekstdagi turli transformatsiya turlari, ingliz va o‘zbek tillarida fitonim komponentli frazeologik birliklarning o‘zaro til muvofiqligi aniqlanganligi kabi ilmiy yangiliklar talabalarning “Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti va tarixi”, “Til aspektlarini o‘qitish amaliyoti” kabi fanlarni o‘zlashtirishlarida o‘z aksini topmoqda. (Namangan davlat chet tillari instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektorining 2025-yil, 25-noyabrdagi ma’lumotnomasi)
“O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvida tadqiqotchi tomonidan aniqlangan fitonim komponentli frazeologik birliklarning frazeo-semantik kichik guruhlari xususiyatlari ochib berilganligi, frazeologizmlarning kontekstdagi turli transformatsiya turlari, ingliz va o‘zbek tillarida fitonim komponentli frazeologik birliklarning o‘zaro til muvofiqligi aniqlanganligi haqidagi xulosalardan  foydalanildi (O‘zTDMning 2024-yil, 23-dekabrdagi 06-28-1791-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va roliklarning mazmuni yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyidi, ko‘rsatuvlar sifati oshdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish