Mirzanov Sherzod Sirlibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Belbog‘li kurashchilarda kuch qobiliyatini izokinetik mashqlar yordamida rivojlantirish ustuvorligi va uni baholash metodikasi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped1026.
Ilmiy rahbar: Yarashev Komiljon Dexqonovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Red.28.01.
Rasmiy opponentlar: Abdiev Abdulla Nosirovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Azizov Nosirjon Nematullaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori malakali belbog‘li kurashchilarda kuch sifatlarini izokinetik mashqlar yordamida shakllantirish va ularni baholashda maxsus testlar va kompyuterlashtirilgan “PDSKB-ShER” uskunasidan foydalanish afzalligini isbotlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maxsus ishlab chiqilgan kompyuterlashtirilgan “PDSKB-ShER” o‘lchov uskunasini o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlarida qo‘llashning yuqori malakali belbog‘li kurashchilarning “portlovchi” va maksimal kuchini rivojlantirish samaradorligiga ta’siri aniqlandi;
yuqori malakali belbog‘li kurashchilarda jismoniy sifatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ixtisoslashtirilgan izokinetik mashqlar majmuasi ishlab chiqildi va ularni kompyuterlashtirilgan “PDSKB-ShER” o‘lchov uskunasida bajarish orqali musobaqaoldi bosqichidagi o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlarining yuklamalari optimallashtirildi;
yuqori malakali belbog‘li kurashchilarga xos bo‘lgan “portlovchi” va maksimal kuchini aniqlash doirasida kompyuterlashtirilgan “PDSKB-ShER” o‘lchov uskunasi va maxsus ishlab chiqilgan izokinetik mashqlar majmuasi tajribalar davomida baholash va nazorat testlari sifatida qo‘llanildi;
yuqori malakali belbog‘li kurashchilarga xos bo‘lgan umumiy va maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi yillik mashg‘ulotlar yuklamalarini musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichida rejalashtirish dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Belbog‘li kurashchilarda kuch qobiliyatini izokinetik mashqlar yordamida rivojlantirish ustuvorligi va uni baholash metodikasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yuqori malakali belbog‘li kurashchilarning tayyorgarlik sikllarida kuch sifatlarini aniqlovchi kompyuterlashtirilgan “PDSKB-ShER” o‘lchov uskunasining ishlash mexanizmiga doir “Kurash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga kiritilgan tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Milliy sport turlari, o‘yinlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasining belbog‘li kurash ixtisosligida tahsil oluvchi talabalarning o‘quv-mashg‘ulotlari jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 3 dekabrdagi 03-07-08-5140-son ma’lumotnomasi). Natijada, murakkab koordinatsion texnik usullar ijrosini ta’minlovchi jismoniy sifatlari 17,4-21,5%ga yaxshilangan;
yuqori malakali belbog‘li kurashchilarda jismoniy sifatlarini shakllantirishga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan izokinetik mashqlar majmualari kiritilgan “Kurash nazariyasi va uslubiyati” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 martdagi 274-son buyrug‘i, 274-270 raqamli guvohnomasi). Natijada, kuch va kuchlanish turlarini rivojlantirishni 31,2% ga, maksimal kuchning 38,9% ga, trenajyorda muntazam bajarilgan izokinetik mashqlar yordamida “portlovchi kuch”ning yuqoriga - 57,4%, pastga - 17,3%, maksimal kuchning yuqoriga - 82,5%, pastga - 19,3% ga ortishiga erishilgan;
belbog‘li kurashchilarga xos “portlovchi” va maksimal kuch sifatlarini baholashga mo‘ljallangan kompyuterlashtirilgan o‘lchov uskunasidan baholash vositasi hamda trenajyor sifatida foydalanish imkoniyatlari “Kurash nazariyasi va uslubiyati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga kiritilgan tavsiyalarning samaradorligi Chirchiq ixtisoslashgan Olimpiya zahiralari maktab internatida shug‘ullanuvchi belbog‘li kurashchilarda aniqlandi (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 3 dekabrdagi 03-07-08-5140-son ma’lumotnomasi). Natijada, belbog‘li kurashchilarning kuch va kuchlanish turlari bilan bog‘liq mashqlarni funksional jihatdan tejamli ijro etish imkoniyati 20-25%ga ochib berilgan;
yuqori malakali belbog‘li kurashchilarning musobaqaoldi tayyorgarlik davrida belbog‘li kurashchilarga xos bo‘lgan umumiy va maxsus jismoniy sifatlarini rivojlantiruvchi yillik mashg‘ulotlar yuklamalarini rejalashtirish dasturi asosida “Yakkakurash sport turlari” (kurash misolida) nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 25 avgustdagi 335-son buyrug‘i, 335-033 raqamli guvohnomasi). Natijada, belbog‘li kurashchilarga xos bo‘lgan kuch sifatlari bo‘yicha “PDSKB-ShER” uskunasida tezkor axborot olish darajasi 14-16% yaxshilangan.