Ismoilova Mamlakat Qurbon qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyas haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ijtimoiy tarmoq marketingi terminlarining semantik-struktur xususiyatlari va tarjima muammolari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.1.PhD/Fil4387
Ilmiy rahbar: Mahmudova Umida Ural qizi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori  (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.04.
Rasmiy opponentlar: Ahmedov Oybek Saparovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Alixonova Muqaddam Umarxonovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori  (PhD), dotsent 
Yetakchi tashkilot: Termiz  davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida ijtimoiy tarmoq marketingi terminlarining semantik-struktur xususiyatlari va tarjimadagi muammolarni qiyosiy aspektda o‘rganishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishda qo‘llanadigan maxsus leksik birliklar iqtisodiyot hamda internet terminlaridan farq qiluvchi alohida terminosistemani tashkil etishi ikki tildagi maxsus leksika birliklari tahlili orqali dalillangan;
struktur jihatdan ingliz tilidagi ITM terminlarida abbreviaturalar va birikmali terminlar (jami 51%), o‘zbekcha terminosistermada birikmali va sodda terminlar salmoqli qismni tashkil qilishi (jami 91%); inglizcha terminlar orasida polisemantik terminlar asosiy qismni tashkil etishi ikki tildagi terminlarning struktur-semantik tahlili vositasida aniqlangan; 
ijtimoiy tarmoq marketingi terminlarining o‘zaro tarjimasida transliteratsiya, kalkalash, deskriptiv izohlash, yangi milliy muqobil yaratish kabi usullardan foydalanilishi, bular orasida eng oxirgisi maqbul ekanligi terminlar tarjimasi vositasida asoslangan;
ikki tilli ijtimoiy tarmoq marketingi terminlari izohli lug‘ati muvofiqlik, kontekstga moslik, milliy birliklarga ustunlik berish, yangilanib borish tamoyillari asosida yaratilishi zarurligi namunaviy lug‘at maqolalari asosida dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida ijtimoiy tarmoq marketingi terminlarining struktur-semantik xususiyatlari va tarjima muammolarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
struktur jihatdan ingliz tilidagi ITM terminlarida abbreviaturalar va birikmali terminlar (jami 51%), o‘zbekcha terminosistermada birikmali va sodda terminlar salmoqli qismni tashkil qilishi (jami 91%); inglizcha terminlar orasida polisemantik terminlar asosiy qismni tashkil etishi ikki tildagi terminlarning struktur-semantik tahlili vositasida aniqlanganligi bilan bog‘liq nazariy ma’lumotlardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2023-yillarga mo‘ljallangan AM-FZ-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 19-dekabrdagi № 04/1-6120 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari yangi sohalarga doir terminlar tadqiqiga oid yangi ilmiy manba va ma’lumotlar bilan boyigan;
ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishda qo‘llanadigan maxsus leksik birliklar iqtisodiyot hamda internet terminlaridan farq qiluvchi alohida terminosistemani tashkil etishi ikki tildagi maxsus leksika birliklari tahlili orqali dalillanganligi tadqiqiga oid nazariy fikrlardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan IL-402104209 “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 26-oktyabrdagi № 01/10-2255 raqamli ma’lumotnomasi). Bu ma’lumotlar loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar, tezislar hamda monografiyalar saviyasini oshirishda xizmat qilgan; 
ijtimoiy tarmoq marketingi terminlarining o‘zaro tarjimasida transliteratsiya, kalkalash, deskriptiv izohlash, yangi milliy muqobil yaratish kabi usullardan foydalanilishi, bular orasida eng oxirgisi maqbul ekanligi terminlar tarjimasi vositasida asoslangan; ikki tilli ijtimoiy tarmoq marketingi terminlari izohli lug‘ati muvofiqlik, kontekstga moslik, milliy birliklarga ustunlik berish, yangilanib borish tamoyillari asosida yaratilishi zarurligi namunaviy lug‘at maqolalari asosida dalillanganligi xulosalarlardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Fayzli kun” dasturi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 8-aprel 17-019/35-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur dastur mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish