Suvonova Umida Amiriddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Transgumanizm fenomenining ijtimoiy-falsafiy tahlili, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal670
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat Pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.F.10.02
Ilmiy rahbar: Komilov Ro‘zi Rabievich falsafa fanlari doktori (DSc), professor 
Rasmiy opponentlar: Berdimuratova Alima Karlibaevna, falsafa fanlari doktori, professor; Tog‘aev Nodirjon Ergashevich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi transgumanizm konsepsiyasining ijobiy va salbiy oqibatlarini texnogen sivilizatsiyalar asosida ijtimoiy-falsafiy sifatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
transgumanizmning nanotexnologiyalar asosida inson aqliy-jismoniy qobiliyatlarini keskin takomillashtirishi biokognitiv modifikatsiyaga ko‘ra empatiya, altruizm, ezoterik singari axloqiy va hissiy-ruhiy holatlar ustidan nazorat o‘rnatishga doir futurologik konsepsiyalari ochib berilgan;
transgumanizmni yaxlit konsepsiya sifatida postinsonni yaratishi va bilimni subeksiz amalga oshirish mumkinligini amalda isbotlash natijasida utopik yoki dispotik qarashlar ijtimoiy makonda amoralistik, deviant tendensiyalarni determinatsiyalashi falsafiy empirizm jihatdan dalillangan; 
transgumanizm konsepsiyasining sun’iy intellekt, “inson miyasi dasturi” (Whole brain emulation), “miya va kompyuter interfeysi (aloqasi) singari yetakchi intellektual paradigmalar asosida insonning uzoq umr ko‘rishi (erta o‘limni oldini olish) va cheksiz farovonlikka erishishi (hissiy azoblardan qutulishi)ga xizmat qiluvchi universal regulyativ funksiyalari multidissiplinar hamda integrativ mohiyatga ega ekanligi asoslangan;
transgumanizm va gumanizm kategoriyalari qiyosiy tahlil etilgan va antropologik sivilizatsiyalarning transformatsiyalashuvi tasirida inson aqli cheksiz imkoniyatining konstruktiv, evristik, refleksiv jihatlari sinergetik o‘zini-o‘zi takomillashtirishga qaratilgan omillar ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Transgumanizmning paydo bo‘lish sabablari, ijtimoiy-falsafiy tahlili, zamonaviy texnologik yutuqlarning biosferaga ijobiy va salbiy ta’siri bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy takliflar asosida:
transgumanizmning nanotexnologiyalar asosida inson aqliy-jismoniy qobiliyatlarini keskin takomillashtirish jarayoni ekanligi hamda empatiya, altruizm, ezoterik singari axloqiy va hissiy-ruhiy holatlar ustidan nazorat o‘rnatishga doir taklif va tavsiyalaridan PZ-202005236 raqamli “Oila psixologiyasi fanidan multimedia mahsulotini yaratish” innovatsion ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 20-iyundagi 01-04/3401-son ma’lumotnomasi). Natijada, grand loyihasini yanada takomillashtirishga va fanlararo yondashuvning murakkab tizimlarini tadqiq etishda, yosh mutaxassislar va olimlarning kasbiy malakasini egallashidagi nazariymetodologik (uslubiy) ahamiyati, uning ilmiy-proektiv (loyihalashtirish va prognozlashtirish) va amaliy (texnologik jarayonlardagi) o‘rnini belgilashga xizmat qilgan;
transgumanizmni yaxlit konsepsiya sifatida postinsonni yaratishi va bilimni subeksiz amalga oshirish mumkinligini amalda isbotlash natijasida utopik yoki dispotik qarashlar ijtimoiy makonda amoralistik, deviant tendensiyalarni determinatsiyalashi falsafiy empirizm jihatdan dalillanganligi bilan bog‘liq taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida millatlararo madaniyat bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirish” Konsepsiyasi loyihasini, “2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni va “Yoshlarda millatlararo madaniyatni rivojlantirishning 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiyasi” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 15-iyuldagi 02-11-17-2338-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizni barqaror rivojlanishida muhim hisoblangan texnologiyalarni insonparvarlashtirish va xalqimiz farovonligiga xizmat qiladigan zamonaviy texnomadaniyatni takomillashtirishga doir qo‘llanmalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
transgumanizm konsepsiyasining sun’iy intellekt, “inson miyasi dasturi” (Whole brain emulation), “miya va kompyuter interfeysi (aloqasi) singari yetakchi intellektual paradigmalar asosida insonning uzoq umr ko‘rishi (erta o‘limni oldini olish) va cheksiz farovonlikka erishishi (hissiy azoblardan qutulishi)ga xizmat qiluvchi universal regulyativ funksiyalari multidissiplinar hamda integrativ mohiyatga ega ekanligiga doir ilmiy taklif va tavsiyalaridan  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturining III yoʻnalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 14-bandi “Ijtimoiy-ma’naviy va mafkuraviy jarayonlarni tadqiq qilish texnologiyalari bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish” mavzusidagi targʻibot ishlarini tashkil etish va oʻtkazishda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 21-avgustdagi 10/49-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar transgumanizmning mazmuni, o‘ziga xos jihatlari, uning milliy-ma’naviy taraqqiyotga ta’siri hamda yoshlar aql-zakovati, yaratuvchanlik qobiliyatini takomillashtirishga doir mexanizmlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
transgumanizm va gumanizm kategoriyalari qiyosiy tahlil etilgan va antropologik sivilizatsiyalarning transformatsiyalashuvi tasirida inson aqli cheksiz imkoniyatining konstruktiv, evristik, refleksiv jihatlari sinergetik o‘zini-o‘zi takomillashtirishga qaratilganligiga doir ilmiy, amaliy hamda metodologik g‘oyalar, taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2024-yilda efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand!” ko‘rsatuvini navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 8-iyuldagi 01-07/179-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvning ilmiy saviyasi va ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy ahamiyati oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish