Sadikova Shohida Obidqul qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bozor konyukturasi o‘zgarishi sharoitida piyoz etishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari”, 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5240
Ilmiy rahbar: Sultanov Baxodir Fayzullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.08/2025.27.12.I.03.03.
Rasmiy opponentlar: I.f.d., professor N.I.Saidahmedova, I.f.f.d., dotsent Q.Q.No‘monov
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
bozor konyunkturasi o‘zgarishi sharoitida piyoz etishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bozor konyunkturasining o‘zgaruvchanligi sharoitida piyoz etishtirish samaradorligini kompleks baholashga xizmat qiluvchi bozorga moslashuv integral koeffisienti (PBMk) ishlab chiqilgan hamda uning qiymatlari asosida ishlab chiqarish samaradorligini yuqori, o‘rtacha va past bozorga moslashuv darajalariga tasniflashni nazarda tutuvchi uslubiy yondashuv taklif etilgan;
piyozchilik tarmog‘ida mahalliy urug‘chilikni rivojlantirish, importga qaramlik va valyuta sarflarini qisqartirish maqsadida piyoz urug‘i etishtiruvchi xo‘jaliklar uchun urug‘ xarajatlarining kamida uchdan bir qismini davlat tomonidan subsidiyalashga qaratilgan iqtisodiy mexanizm taklif etilgan;
piyozchilik tarmog‘ida “yig‘ish–saralash–qadoqlash” jarayonlarida qo‘l mehnati ulushi yuqori ekanini inobatga olgan holda, jamoaviy lizing orqali fermer xo‘jaliklarining texnikadan navbatli foydalanishi, amortizatsiya xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan subsidiyalash va imtiyozli moliyalashtirishni to‘liq texnologik zanjirni bajarish majburiyati bilan bog‘lovchi kooperatsiyaga asoslangan iqtisodiy mexanizm ishlab chiqilgan;
Jizzax viloyatida piyoz etishtirish rivojlanishini baholashga qaratilgan, hududiy ekin maydonlari taqsimoti va hosildorlik dinamikasini inobatga oluvchi ko‘p ssenariyli prognoz modeli ishlab chiqilib, uning asosida 2025-2030-yillar uchun quyi, optimal va yuqori o‘sish sur’atlarini qamrab olgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bozor konyukturasi o‘zgarishi sharoitida piyoz etishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
bozor konyukturasining o‘zgaruvchanligi sharoitida piyoz etishtirish samaradorligini kompleks baholashga xizmat qiluvchi bozorga moslashuv integral koeffisienti (PBMk) ishlab chiqilgan hamda uning qiymatlari asosida ishlab chiqarish samaradorligini yuqori, o‘rtacha va past bozorga moslashuv darajalariga tasniflashni nazarda tutadigan uslubiy yondashuv bo‘yicha takliflari Jizzax viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tizim tashkilotlarida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Fermerlari kengashining 2026-yil 12-yanvar №01/09-0014-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu uslubiy yondashuv fermer xo‘jaliklarining bozor sharoitiga moslashuv darajasini aniq baholash, narx tebranishlari va risklar ta’sirini oldindan ko‘rish hamda ishlab chiqarish barqarorligini oshirishga qaratilgan asosli boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini bergan;
piyozchilik tarmog‘ida mahalliy urug‘chilikni rivojlantirish, importga qaramlik va valyuta sarflarini qisqartirish maqsadida piyoz urug‘i etishtiruvchi xo‘jaliklar uchun urug‘ xarajatlarining kamida uchdan bir qismini davlat tomonidan subsidiyalashga qaratilgan iqtisodiy mexanizm bo‘yicha taklifi Jizzax viloyati Zomin tumani piyozchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarida joriy qilingan (O‘zbekiston Fermerlari kengashining 2026-yil 12-yanvar №01/09-0014-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilgan urug‘ xarajatlarini qisman subsidiyalash mexanizmini joriy etish mahalliy urug‘chilik xo‘jaliklarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish hamda sifatli urug‘ taklifining oshishi hisobiga importga qaramlik va valyuta sarflarini qisqartirish imkonini bergan;
piyozchilik tarmog‘ida “yig‘ish–saralash–qadoqlash” jarayonlarida qo‘l mehnati ulushi yuqori ekanligini inobatga olgan holda jamoaviy lizing orqali fermer xo‘jaliklarining texnikadan navbatli foydalanishi, amortizasiya xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan subsidiyalash va imtiyozli moliyalashtirishni to‘liq texnologik zanjirini bajarish majburiyati bilan bog‘lovchi kooperatsiyaga asoslangan iqtisodiy mexanizm Jizzax viloyati Zomin tumani “Jilg‘ali soy shabadasi” hamda Yangiobod tumani “Baxt vohasi” fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (O‘zbekiston Fermerlari kengashining 2026-yil 12- yanvar №01/09-0014-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu mexanizmni joriy etilishi mahsulotni “yig‘ish–saralash–qadoqlash” jarayonlarida qo‘l mehnati ulushini 40–60 foizdan 20–25 foizga, mehnat xarajatlari hisobidan umumiy tannarxning 15–20 foizga kamayishi, jamoaviy lizing orqali texnikadan foydalanish investisiya yukini 3–4 barobar pasayishi natijasida mahsulot yo‘qotishlari 10–15 foizga kamayib, xo‘jaliklarda rentabellik darajasini 25–30 foizga oshirish imkonini bergan;
Jizzax viloyatida piyoz etishtirish rivojlanishini baholashga qaratilgan, hududiy ekin maydonlari taqsimoti va hosildorlik dinamikasini inobatga oluvchi ko‘p ssenariyli prognoz modeli asosida 2025–2030-yillar uchun quyi, optimal va yuqori o‘sish sur’atlarini qamrab olgan prognoz parametrlari Jizzax viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi piyozchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Fermerlari kengashining 2026-yil
12-yanvar №01/09-0014-son ma’lumotnomasi). Natijada 2025–2030-yillarda Jizzax viloyatida piyoz etishtirish hajmi barqaror o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lishi, optimal ssenariyda yillik o‘sish sur’atlari o‘rtacha 9–10 foiz atrofida bo‘lishi asoslangan.