Nurutdinova Zuhra Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirishda innovatsion boshqaruv mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2646.
Ilmiy rahbar: Toshboev Abduraim Abdujabborovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.08/2025.27.12.I.03.03.
Rasmiy opponentlar: i.f.d., professor Abdiev Murat Juratovich va i.f.d., dotsent Yuldasheva Nilufar Abduvohidovna
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirishda innovatsion boshqaruv mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiya va amaliy takliflar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiqxona xo‘jaliklarida innovatsion boshqaruvni joriy etish darajasini aniqlash uchun kompleks indikatorlar tizimi ishlab chiqilgan hamda hududlarning raqamli-texnologik tayyorgarligini baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv taklif etilgan;
issiqxona sektorida inson kapitalini rivojlantirish va boshqaruv samaradorligini oshirish maqsadida agronomlarni sertifikatlash va uzlyuksiz malaka oshirishning tashkiliy-boshqaruv mexanizmi ilmiy jihatdan asoslangan;
issiqxona xo‘jaliklarida fermer–xaridor–eksportchi o‘rtasidagi axborot oqimlarini integratsiyalash, bozor talabi va ishlab chiqarish parametrlarini real vaqt rejimida tahlil qilish hamda optimal boshqaruv qarorlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi ma’lumotlarga asoslangan raqamli boshqaruv modeli ishlab chiqilgan;
innovatsion boshqaruv mexanizmini takomillashtirish hamda raqamli va innovatsion texnologiyalarni joriy etish asosida issiqxona xo‘jaliklarini 2030 yilgacha rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Issiqxona xo‘jaliklarini innovatsion boshqaruv asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
issiqxona xo‘jaliklarida innovatsion boshqaruvni joriy etish darajasini baholashning kompleks indikatorlar tizimi hamda hududlarning raqamli-texnologik tayyorgarligini aniqlash bo‘yicha uslubiy yondashuv Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlarida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 9-iyul 05/06-04-369-son ma’lumotnomasi). Natijada issiqxona xo‘jaliklarida an’anaviy boshqaruv modelidagi zaif jihatlarni aniqlash, ishlab chiqarish samaradorligi va resurs tejamkorlik darajasini kompleks baholash imkoniyati yaratildi;
issiqxona sektorida inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan agronomlarni sertifikatlash va uzlyuksiz malaka oshirishning tashkiliy-boshqaruv mexanizmi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlarida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 9-iyul 05/06-04-369-son ma’lumotnomasi). Natijada agronomlar kasbiy kompetensiyalari oshirilib, mahsulot sifati yaxshilanishi, ishlab chiqarish xarajatlari qisqarishi hamda sohani ichki resurslar asosida barqaror rivojlantirish imkoniyati kengaydi;
issiqxona xo‘jaliklarida fermerlar, xaridorlar va eksportchilar o‘rtasida axborot almashinuvini tashkil etish va bozor shaffofligini oshirishga qaratilgan raqamli kommunikatsiya yondashuvi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlarida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 9-iyul 05/06-04-369-son ma’lumotnomasi). Natijada bozor talabini aniqlash, ichki bozor sig‘imini baholash, ilmiy asoslangan ekin joylashtirish va eksport geografiyasini kengaytirish bo‘yicha asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatlari kengaytirildi;
innovatsion boshqaruv mexanizmini takomillashtirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish asosida issiqxona xo‘jaliklarini 2030 yilgacha rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlarida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 9-iyul 05/06-04-369-son ma’lumotnomasi). Natijada an’anaviy boshqaruvga nisbatan mahsulot etishtirish hajmini 5 foizgacha, ichki bozor ta’minotini 15,7 foizga, eksport hajmini 20,2 foizga oshirish hamda 2030 yilga kelib sabzavot va ildizli mevalar eksportini 138 foizga, mevalar va yong‘oqlar eksportini 137 foizga, qayta ishlangan mahsulotlar eksportini 148 foizga oshirish imkoniyatlari asoslandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish