Abatov Ruslan Kuatbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning individual ta’lim traektoriyasini loyihalashning pedagogik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped9784.
Ilmiy rahbar: Kurbaniyazova Zamira Kalbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.09.01
Rasmiy opponentlar: Ibraximov Sanjar Urunbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning individual ta’lim traektoriyasini loyihalashning pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarning individual ta’lim traektoriyasini loyihalashning tashkiliy-pedagogik aspektlari konseptual rekonstruksiya, funksional hamkorlikka muvofiq mazkur jarayonni dinamik tizim sifatida ifoda etadigan strukturaviy tipologiyani ishlab chiqish asosida aniqlashtirilgan;
kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning individual ta’lim traektoriyasini loyihalash jarayoni differensial, shaxsga yo‘naltirilgan va kompetensiyaviy yondashuvlarning integratsiyasiga muvofiq tarzda diagnostik mezonlar va indikatorlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning individual ta’lim traektoriyasini loyihalashga doir diagnostik modelning texnologik bloki birlamchi, oraliq va yakuniy bosqichlarga muvofiq tarzda mazkur jarayonning raqamli fasilitatsiyasiga asoslangan pedagogik algoritmni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning individual ta’lim traektoriyasini loyihalashning ADDEC (analytical diagnostic, design, evaluation and correction) texnologiyasi moslashuvchan va akmeologik ta’sir hisobiga nochiziqli harakatning bifurkatsion darajasini minimallashtirish tizimini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning individual ta’lim traektoriyasini loyihalashning pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
talabalarning individual ta’lim traektoriyasini loyihalashning tashkiliy-pedagogik aspektlarini konseptual rekonstruksiya, funksional hamkorlikka muvofiq mazkur jarayonni dinamik tizim sifatida ifoda etadigan strukturaviy tipologiyani ishlab chiqish asosida aniqlashtirishga doir takliflar “Classroom investigation” nomli o‘quv qo‘llanmasining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 316-son buyrug‘i, 296781-raqamli guvohnoma). Natijada, individual ta’lim traektoriyasini didaktik loyihalash mazmuni takomillashtirilgan;
kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning individual ta’lim traektoriyasini loyihalash jarayonini differensial, shaxsga yo‘naltirilgan va kompetensiyaviy yondashuvlarning integratsiyasiga muvofiq tarzda diagnostik mezonlar va indikatorlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil uchun moʻljallangan “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 18-dekabrdagi AA-03/3773-son ma’lumotnomasi). Natijada,  oliy ta’lim tashkilotlarida tashqi va mahalliy akademik mobillikni yo‘lga qo‘yish hamda xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etishning ilmiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalarning individual ta’lim traektoriyasini loyihalashga doir diagnostik modelning texnologik blokini birlamchi, oraliq va yakuniy bosqichlarga muvofiq tarzda mazkur jarayonning raqamli fasilitatsiyasiga asoslangan pedagogik algoritmni ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Classroom investigation” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 316-son buyrug‘i, 296781-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning individual ta’lim traektoriyasini loyihalashga doir diagnostik ta’minotni takomillashtirishga erishilgan;
talabalarning individual ta’lim traektoriyasini loyihalashning ADDEC  texnologiyasini moslashuvchan va akmeologik ta’sir hisobiga nochiziqli harakatning bifurkatsion darajasini minimallashtirish tizimini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil uchun moʻljallangan “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 18-dekabrdagi AA-03/3773-son ma’lumotnomasi). Natijada, professional va oliy ta’limda individuallashtirilgan oʻquv jarayonini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish