Abilova Zulfiya Jalgasbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamli ta’lim sharoitida umumta’lim maktab ingliz tili o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4950
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Y.B.Ro‘ziev
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti. PhD.03/2025.27.12.Ped.08.05
Rasmiy opponentlar: Qo‘ldoshev Rustambek Avezmurodovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Isakova Nodira Azamovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Raqamli ta’lim sharoitida umumta’lim maktab ingliz tili o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablari ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari nutqda noverbal va supersegmental til birliklarini qo‘llash, mobil gadjetlardan foydalanish, ta’lim sohasining qamrovini mustaqil aniqlash hamda USB drayverlarini qo‘llash usullari (refleksiya sinergiyasi, zaruriy motivlar) bilan integratsiyalash yordamida aniqlashtirilgan;
raqamli Treasure Hunt, Subject Sampler va WebQuest texnologiyalari asosida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli bilim va ko‘nikmalarni barqaror kognitiv tuzilmalarga integratsiya qilish hamda o‘zgaruvchan ta’lim muhitida adaptiv kompetensiyani shakllantirishga yo‘naltirilgan tarkibiy komponentlar (communication, collaboration, creativity, critical thinking) asosida takomillashtirilgan;
ingliz tili fanining lingvodidaktik va psixopedagogik xususiyatlari yordamida raqamli ta’lim sharoitida ingliz tilini o‘qitishning zamonaviy avlod ehtiyojlariga moslashtirishga yo‘naltirilgan integrativ-differensial metodika Onlayn muloqot, Blog va Wiki raqamli texnologiyalarini qo‘llash asosida ishlab chiqilgan;
raqamli ta’lim muhitida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini baholash mazmuni kasbiy faoliyatga moslashuvchanlik darajalari hamda shaxsiy sifatlarning (kasbiy-intellektual, tashkiliy-kommunikativ, emotsional-irodaviy) tavsifi asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli ta’lim sharoitida umumta’lim maktab ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
umumta’lim maktab ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari, nutqda noverbal va supersegmental til birliklarini qo‘llash, mobil gadjetlardan foydalanish, ta’lim sohasining qamrovini mustaqil aniqlash hamda USB drayverlarini qo‘llash asosida takomillashtirishga oid takliflar “English book for studens” nomli o‘quv metodik qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 29 fevraldagi 11-05-949104 raqamli dalolatnomasi). Natijada umumtaʼlim maktab ingliz tili o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish imkoni kengaytirilgan. 
ingliz tili o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodlari, matni visual va etilishi dizayini bilan uyg‘unlashtirish, xotirada fiksatsiya qilish, o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashish xamda boshqa madaniyat va mentalitet vakillari bilan erkin muloqatga bosqichma-bosqich tayyorlash asosida takomillashtirishga oid takliflar I-XT-O-19929 ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9 sinflari uchun aniq bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyihasini amalga oshirishda foydalanildi (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 29 fevraldagi 11-05-949104 raqamli dalolatnomasi). Natijada ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodlarini takomillashtirish samaradorligi oshgan.
ingliz tilini o‘qitish raqamli avlodning ehtiyojlariga moslashtirish texnologiyasi o‘quvchining pozisityasini o‘qituvchining pozisiyasiga o‘zgartirish, mustaqil ishlardan takroriy foydalanish orqali chet tilini ravon o‘zlashtirish hamda avlodlarning qiziqishi va aqliy tafakkurini jarayonlarning paralleligiga mos raqamli texnologiyalarni integrasiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “English book for studens” nomli o‘quv metodik qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 29 fevraldagi 11-05-949104 raqamli dalolatnomasi). Natijada umumtaʼlim maktablarda o‘qitish raqamli avlodning ehtiyojlariga moslashtirish texnologiyalarini takomillashtirish imkonini yaratgan. 
Chet tillarni o‘rganish jarayonida multimedia va raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligi nutqni to‘gʻri shakllantirish, ma’lumotlarni optimal dekodlash, ijtimoiy hayotga integrasiyalanishi hamda yozma nutq, internet va axborotning vizual dizaynini uygʻunlashtirish asosida takomillashga oid tavsiyalar  I-XT-O-19929  raqamli “Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9 sinflari uchun aniq bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 29 fevraldagi 11-05-949104 raqamli dalolatnomasi). Natijada chet tilini o‘qitish jarayonida multimedia va raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorlik darajasini aniqlashga erishgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish