Boynazarov Islom Abduxalimovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: O‘zbek va ingliz tillarida falsafiy terminlarning struktur-semantik tahlili”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.2.PhD/Fil4624
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Bekpo‘lat Umurqulov,  filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.Fil.12.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor, Gadoeva Mavluda Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbek va ingliz tillarida falsafiy terminlarning chog‘ishtirma tadqiqini amalga oshirish, o‘zbek va ingliz tillarida falsafiy terminlarning yasalish usullarini ochib berish va ularning semantik xususiyatlarini tahlil qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek va ingliz tillarida falsafiy terminlarning terminologiya va leksik tizimlar o‘rtasidagi bog‘lovchi funksiyasi metafizik, gnoseologik, antologik nazariyalar doirasida tadqiq qilinib, falsafiy terminologiyaning struktur-semantik xususiyatlari ochib berilgan;
o‘zbek va ingliz tillarida falsafiy terminlarning antonimlik xususiyatlari yaxshilik va yomonlik (virtue and vice), adolat va tengsizlik (justice and injustice) asosli terminlardan, sinonimliklari esa tillararo kalkalash yoʻli bilan bir tildan boshqa tilga kirib kelganligi tahlil qilinib, truth/haqiqat, reality/voqelik, freedom/erkinlik va liberty/erkinlik kabi ma’no nozikliklari mavjud ekvivalentlar aniqlanib, o‘zbek va ingliz tilida mazkur terminlarning ma’no farqlanishlari aniqlangan;
o‘zbek va ingliz tillarida falsafiy terminlarning struktur-derivatsion xususiyatlari tahlil qilinib, termin yasalishidagi tarixiylik omillari, terminlar yasalishidagi affiksatsiya jarayonlari o‘rganilib, ingliz tilida prefiksatsiya, o‘zbek tilida esa suffiksatsiya orqali yasalgan terminlarning salmoqdorligi dalillangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi falsafiy terminlar hosil bo‘lishining turkumli tasnifi tizimli ravishda tahlil qilinib, ikki komponentli terminlarning har ikki tilda tilda ahamiyatli ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbek va ingliz tillaridagi falsafiy terminlarning struktur-semantik tahlili bo‘yicha olingan xulosalardan:
o‘zbek va ingliz tillarida falsafiy terminlarning terminologiya va leksik tizimlar o‘rtasidagi bog‘lovchi funksiyasi metafizik, gnoseologik, antologik nazariyalar doirasida tadqiq qilinib, falsafiy terminologiyaning struktur-semantik xususiyatlari haqidagi tadqiqot natijalaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023 – yillarda amalga oshirilgan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusida amaliy grant loyihasida foydalanilgan. Natijada, o‘zbek va ingliz tillaridagi falsafiy terminlarning semantik jihatdan metafizik, gnoseologik hamda antologik nazariyalar doirasiga oid bilimlarning mukammallashuviga erishilgan;
o‘zbek va ingliz tillarida falsafiy terminlarning antonimlik xususiyatlari yaxshilik va yomonlik (virtue and vice), adolat va tengsizlik (justice and injustice) asosli terminlardan, sinonimliklari esa tillararo kalkalash yoʻli bilan bir tildan boshqa tilga kirib kelganligi tahlil qilinib, truth/haqiqat, reality/voqelik, freedom/erkinlik va liberty/erkinlik kabi ma’no nozikliklari mavjud ekvivalentlar o‘rganilib, o‘zbek va ingliz tilida mazkur terminlarning ma’no farqlanishlari haqidagi qarashlaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024 – yillarda amalga oshirilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusida innovatsion loyihasida foydalanilgan. Natijada, o‘zbek va ingliz tillaridagi falsafiy terminlarning ma’no o‘zgarishi, yangi terminlar paydo bo‘lishiga xizmat qilishi, prefiksatsiya va affiksatsiya orqali amalga oshishi haqidagi bilimlarning mukammallashuviga erishilgan;
o‘zbek va ingliz tillarida falsafiy terminlarning struktur-derivatsion xususiyatlari tahlil qilinib, termin yasalishidagi tarixiylik omillari, terminlar yasalishidagi affiksatsiya jarayonlari o‘rganilib, ingliz tilida prefiksatsiya, o‘zbek tilida esa suffiksatsiya orqali yasalgan terminlarning salmoqdorligiga oid dissertatsiyasining ilmiy yangiliklaridan ayrim dasturlar ssenariysini tayyorlashda, xususan, “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2024-2025 – yillarda efirga uzatilgan “Tarix ko‘zgusi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar ssenariylarini yozishda foydalanilgan. Natijada, og‘zaki va yozma nutqlarda hamda falsafiy kontekstda terminlarning to‘g‘ri qo‘llanilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish