Sharopov Farrux Furqat o‘g‘lining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy va professional ta’lim uzviyligi muhitida sun’iy intellekt vositasida texnik sohaga oid fanlarni o‘qitish metodikasi” 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B-2026.1 PhD/Ped 7285
Ilmiy rahbar: Siddiqova Sadoqat G‘afforovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.T.16.05 raqamli bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Olimov Shirinboy Sharofovich Buxoro davlat universiteti, pedagogika fanlari doktori, professor, ixtisoslik shifri 13.00.01;
Ibragimov Ulug‘bek Murodilloevich Buxoro davlat texnika universiteti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, ixtisoslik shifri 13.00.02.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: oliy va professional ta’lim uzviyligi muhitida sun’iy intellekt vositasida texnik sohaga oid fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy va professional ta’lim uzviyligi muhitida sun’iy intelekt yordamida texnik fanlarni o‘qitishdagi mavjud pedagogik muammolar asosida ta’lim metodikasini takomillashtirishning zamonaviy pedagogik shart-sharoitlari hamda o‘quvchi va talabalarning texnik kompetensiyalarni samarali shakllantirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar aniqlashtirilgan;
texnik fanlarni o‘qitishda “Blended Learning”, “Aks fikr laboratoriyasi”, “SMART modeli”, “Edubreak” va “Ekspert guruhlar” metodlari yordamida o‘quv jarayonini loyihalashning didaktik imkoniyatlari raqamli ta’lim texnologiyalarni qo‘llashning tashkiliy-tuzilmaviy modeli ishlab chiqilgan;
oliy va professional ta’limda sohaga oid fanlarni o‘qitishda SI-SimLab, SI va VR trening simulyasiyalarini qo‘llash orqali o‘quvchi va talabalarning texnik kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi ta’lim jarayonini vizuallashtirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchi va talabalarning texnik kompetensiyalarini shakllantirishda sun’iy intellekt (Sloyd.ai, Skybox AI (Blockade Labs), Inworld AI, ChatGPT) texnologiyalaridan foydalanish samaradorlik ko‘rsatkichlari adaptiv, progressiv va integrativ baholash mezonlari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy va professional ta’lim uzviyligi muhitida sun’iy intellekt vositasida texnik sohaga oid fanlarni o‘qitish metodikasiga oid tadqiqot natijalari asosida:
oliy va professional ta’lim uzviyligi muhitida sun’iy intelekt yordamida texnik fanlarni o‘qitishdagi mavjud pedagogik muammolar asosida ta’lim metodikasini takomillashtirishning zamonaviy pedagogik shart-sharoitlari hamda o‘quvchi va talabalarning texnik kompetensiyalarni samarali shakllantirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlarga oid taklif va tavsiyalari respublikadagi professional ta’lim muassasalarida “40720306-Neft va gazni qayta ishlash” kasbi va 60721100- Neft va neft gazni qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlov yo‘nalishlari o‘quv ta’minotini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 19-dekabrdagi 02/01-01-606-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy va professional ta’lim muassasalarida 60721100- Neft va neft gazni qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi va professional ta’lim “40720306-Neft va gazni qayta ishlash” kasbi tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish imkonini bergan;
texnik fanlarni o‘qitishda “Blended Learning”, “Aks fikr laboratoriyasi”, “SMART modeli”, “Edubreak” va “Ekspert guruhlar” metodlari yordamida o‘quv jarayonini loyihalashning didaktik imkoniyatlari raqamli ta’lim texnologiyalarni qo‘llashning tashkiliy-tuzilmaviy modeli asosida “Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi” fani ma’ruza mashg‘ulotlarini sun’iy intellekt vositasida o‘qitish metodikasi nomli o‘quv qo‘llanma” yaratilgan va o‘quv jarayonida qo‘llanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-avgustdagi 02/01-01-325-sonli hamda 2025-yil 19-dekabrdagi 02/01-01-606-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, oliy va professional ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirish imkonini bergan;
oliy va professional ta’limda sohaga oid fanlarni o‘qitishda SI-SimLab, SI va VR trening simulyasiyalarini qo‘llash orqali o‘quvchi va talabalarning texnik kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi ta’lim jarayonini vizuallashtirishga ustuvorlik berish hamda o‘quvchi va talabalarning texnik kompetensiyalarini shakllantirishda sun’iy intellekt (Sloyd.ai, Skybox AI (Blockade Labs), Inworld AI, ChatGPT) texnologiyalaridan foydalanish samaradorlik ko‘rsatkichlari adaptiv, progressiv va integrativ baholash mezonlari asosidagi ilmiy xulosalaridan “ECAMPUZ — ERASMUS-EDU-2022-CBHE: European World Talent Camp for Uzbekistan Scientiss in Food Science and Technology” nomli loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 19-dekabrdagi 02/01-01-606-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, oliy va professional ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini baholashning metodik tizimii takomillashtirish imkonini bergan.