G‘ofurov Zarifjon Inomjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qizilo‘ngach atreziyasi aniqlangan chaqaloqlarda anesteziologik himoya usullarini takomillashtirish», 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2025.1.PhD/Tib3241.
Ilmiy rahbar: Toshboev Sherzod Olimovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.02.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Anvar Sabirdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xamraeva Gulchexra Shaxobovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Respublika Perinatal markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qizilo‘ngach atreziyasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlar xirugik amaliyotida regionar anesteziya usullarini qo‘llash orqali anesteziologik ta’minot sifatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qizilo‘ngach atreziyasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda ul`tratovush navigatsiyali ESP-blokada qo‘llanilgan mul`timodal anesteziya intraoperativ davrda gemodinamik barqarorlikni ta’minlash, shuningdek salbiy gemodinamik o‘zgarishlarni kamaytirish bilan namoyon bo‘luvchi anesteziologik himoya samaradorligi isbotlangan;
ul`tratovush navigatsiyali ESP-blokada asosidagi mul`timodal anesteziya intraoperativ davrda simpatoadrenal giperreaksiyani cheklab, opioid va ingalyasion anestetiklarga bo‘lgan ehtiyojni sezilarli qisqartirishi, shu bilan birga glyukoza va kortizol dinamikasidagi ijobiy dinamika orqali «ikkiyoqlama tejamkorlik» va neyroendokrin antistress himoya samarasini ta’minlashi aniqlangan;
ESP-blokada qo‘llanilgan sharoitda postoperativ og‘riq sindromi erta bosqichda nazoratga olinib, uning klinik ahamiyatli davomiyligi bir necha barobarga qisqarishi, opioidlarga ehtiyoj kamayishi va qisqa muddatda opioidsiz analgeziyaga erishilishi ta’minlangani aniqlangan hamda NIPS-M shkalasining kortizol va analgetik ehtiyoj bilan uzviy bog‘liqligi orqali uning klinik va prognostik ahamiyati isbotlangan;
qizilo‘ngach atreziyasi bo‘yicha o‘tkazilgan operatsiyalar anesteziologik ta’minotida ul`tratovush navigatsiyali ESP-blokadani o‘z ichiga olgan mul`timodal anesteziologik yondashuvning erta ekstubatsiyalar xissasini oshirishi, mexanik ventilyasiya davomiyligini kamaytirishi, postoperativ asoratlanish sonini kamaytirishi va yashovchanlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashi orqali klinik samaradorligi, shuningdek letal oqibatlarni kamaytiruvchi mustaqil himoya omili sifatida ahamiyati isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
QA aniqlangan chaqaloqlar anesteziologik ta’minot natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: qizilo‘ngach atreziyasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda ul`tratovush navigatsiyali ESP-blokada qo‘llanilgan mul`timodal anesteziya intraoperativ davrda gemodinamik barqarorlikni ta’minlash, shuningdek salbiy gemodinamik o‘zgarishlarni kamaytirish bilan namoyon bo‘luvchi anesteziologik himoya samaradorligi isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 yanvardagi 6i-5/u-son bilan tasdiqlangan “Chaqaloqlar ezofagoplastikasida ul`tratovushli paraaksial ESP-blokada usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 29 yanvardagi 15-son  va Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 4 fevraldagi 12-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 8 sentyabrdagi 23/38-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: intraoperatsion davrda yurak-qon tomir tizimining barqarorligi va salbiy gemodinamik tebranishlarning bartaraf etilishi chaqaloqlarda miokard ishemiyasi, ishemik-gipoksik ensefalopatiya va perfuzion buzilishlar xavfini kamaytiradi, bu holat neonatal davrda hayotiy muhim a’zolar faoliyatini asrash, markaziy asab tizimining fiziologik rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: an’anaviy total vena ichi anesteziyasi sharoitida intraoperatsion gemodinamik tebranishlarni bartaraf etish uchun qo‘shimcha vazopressorlar (dobutamin, dopamin) va volyumik qo‘llab-quvvatlash talab qilinib, bir bemor hisobida o‘rtacha qo‘shimcha farmakologik yuklama xarajati quyidagicha hisoblanadi: Cvaz = Dvaz×Tvaz×Pvaz = 0,65×4 soat×42000 so‘m = 109200 so‘m, bu erda Dvaz - vazopressor talab etish ulushi (nazorat guruhida 0,65; asosiy guruhda 0,08), Tvaz - o‘rtacha infuziya davomiyligi, Pvaz – narx/soat. Guruhlararo farq: ΔCvaz = (0,65-0,08)×4×42000 = 95760 so‘m/bemor. Inotrop preparatlar va qo‘shimcha monitoring sarfini ham hisobga olganda umumiy tejamkorlik bir bemor hisobida 142000 so‘mni tashkil etadi. Tadqiqot ko‘lami (n=91) bo‘yicha umumiy iqtisodiy samara: Sumumiy=142000×91=12922000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: ESP-blokada asosidagi mul`timodal anesteziya intraoperatsion gemodinamik barqarorlikni ta’minlab, chaqaloqlarda hayotiy muhim a’zolar perfuziyasini asraydi hamda tadqiqot ko‘lami bo‘yicha 12922000 so‘mlik iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ul`tratovush navigatsiyali ESP-blokada asosidagi mul`timodal anesteziya intraoperativ davrda simpatoadrenal giperreaksiyani cheklab, opioid va ingalyasion anestetiklarga bo‘lgan ehtiyojni sezilarli qisqartirishi, shu bilan birga glyukoza va kortizol dinamikasidagi ijobiy dinamika orqali «ikkiyoqlama tejamkorlik» va neyroendokrin antistress himoya samarasini ta’minlashi aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 yanvardagi 6i-5/u-son bilan tasdiqlangan “Chaqaloqlar ezofagoplastikasida ul`tratovushli paraaksial ESP-blokada usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 29 yanvardagi 15-son  va Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 4 fevraldagi 12-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 8 sentyabrdagi 23/38-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining tibbiy-ijtimoiy samaradorligi: qizilo‘ngach atreziyasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda ul`tratovush navigatsiyali paraaksial ESP-blokada asosidagi mul`timodal anesteziyani qo‘llash intraoperativ va postoperativ davrda notsiseptiv stressni samarali cheklash, og‘riqni erta nazoratga olish, erta ekstubatsiya ulushini oshirish, sun’iy o‘pka ventilyasiyasiga bog‘liqlikni kamaytirish hamda respirator asoratlar chastotasini pasaytirish imkoniyati bilan belgilanadi. Ushbu yondashuv chaqaloqlarda erta neonatal davrda hayotiy muhim funksiyalarning fiziologik tiklanishini tezlashtirib, reanimatsiya va statsionar bosqichdagi davolash jarayonini engillashtiradi, shuningdek yashovchanlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: mul`timodal anesteziya tarkibida ESP-blokada qo‘llanilishi dori vositalari sarfining kamayishi va intensiv terapiya resurslaridan foydalanishning optimallashishi orqali iqtisodiy jihatdan maqbul ekanligi aniqlandi. Intraoperativ va postoperativ bosqichlarda fentanil hamda sevofluran sarfining kamayishi hisobiga bir bemorga to‘g‘ri keladigan dori tejamkorligi quyidagi formula asosida hisoblandi: ΔSdori = (ΔSfn.io + ΔSfn.po + ΔSsev) - SESP; bu erda intraoperativ fentanil tejamkorligi ΔSfn.io = 54540 so‘m, postoperativ tejamkorlik ΔSfn.po = 68400 so‘m, sevofluran bo‘yicha tejamkorlik ΔSsev = 6336 so‘m va ESP-blokada uchun qo‘shimcha xarajat SESP = 27500 so‘mni tashkil etdi. Natijada bir bemorga to‘g‘ri keladigan sof iqtisodiy samara: ΔSdori = 54540+68 400+6336-27500 = 101776 so‘mga teng bo‘ldi. Shu bilan birga, erta ekstubatsiya va sun’iy o‘pka ventilyasiyasi davomiyligining kamayishi reanimatsiya bo‘limida yotish muddatini qisqartirdi, bu esa qo‘shimcha resurs tejamkorligini ta’minladi. Masalan, ARITda yotish muddatining qisqarishi hisobiga iqtisodiy samara quyidagi tarzda ifodalandi: E₁ = (t₁ - t₂)×C; bu erda t₁ va t₂ - nazorat va asosiy guruhlardagi o‘rtacha yotish muddati, C-bir kunlik reanimatsiya xarajati. Qo‘shimcha ravishda, respirator asoratlar chastotasining kamayishi intensiv terapiya va qo‘shimcha davolash xarajatlarini qisqartirishga xizmat qildi, bu esa iqtisodiy samarani E₂ = Casorat×ΔP formulasi orqali baholash imkonini berdi, bu erda Casorat-asoratni davolash qiymati, ΔP-asoratlar chastotasidagi kamayish ulushi. Natijada umumiy iqtisodiy samara: Eumumiy=ΔSdori+ E₁+E₂ ko‘rinishida ifodalanib, tadqiqot qamrovida (n=91) qo‘llanilganda jami iqtisodiy tejamkorlik: Eumumiy = 101776×91= 9261616 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: ESP-blokada asosidagi mul`timodal anesteziya nafaqat klinik natijalarni yaxshilaydi, balki dori sarfi va intensiv terapiya resurslarini optimallashtirish orqali umumiy davolash xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ESP-blokada qo‘llanilgan sharoitda postoperativ og‘riq sindromi erta bosqichda nazoratga olinib, uning klinik ahamiyatli davomiyligi bir necha barobarga qisqarishi, opioidlarga ehtiyoj kamayishi va qisqa muddatda opioidsiz analgeziyaga erishilishi ta’minlangani aniqlangan hamda NIPS-M shkalasining kortizol va analgetik ehtiyoj bilan uzviy bog‘liqligi orqali uning klinik va prognostik ahamiyati isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 yanvardagi 6i-5/u-son bilan tasdiqlangan “Chaqaloqlar ezofagoplastikasida ul`tratovushli paraaksial ESP-blokada usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 29 yanvardagi 15-son  va Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 4 fevraldagi 12-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 8 sentyabrdagi 23/38-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining tibbiy samaradorligi NIPS-M shkalasining amaliyotga joriy etilishi mexanik ventilyasiya sharoitidagi chaqaloqlarda postoperativ og‘riqni ob’ektiv, standartlashtirilgan va dinamik kuzatuvga mos usulda baholash imkonini berishi bilan belgilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: NIPS-M shkalasi asosida postoperativ og‘riqni ob’ektiv baholash va ESP-blokada sharoitida uni maqsadli boshqarishning iqtisodiy samaradorligi farmakologik yuklama hamda qo‘shimcha sarf materiallari ehtiyojining kompleks qisqarishi bilan belgilanadi. Bunda umumiy iqtisodiy samara postoperativ davrda qo‘llanilgan opioid, qo‘shimcha analgetik va sedativ preparatlar hamda monitoring bilan bog‘liq sarflarning yig‘indi farqi orqali baholandi. Ushbu munosabat quyidagi ifoda bilan belgilandi: ΔSum = ΔSopio + ΔSpar + ΔSibu + ΔSsed + ΔSmat; bu erda ΔSum-bir bemorga to‘g‘ri keladigan umumiy iqtisodiy tejamkorlik, ΔSopio-opioidlar sarfining kamayishi, ΔSpar - paratsetamol bo‘yicha tejamkorlik, ΔSibu - ibuprofen bo‘yicha tejamkorlik, ΔSsed - sedativ vositalar sarfining qisqarishi, ΔSmat - sarf materiallari bo‘yicha tejamkorlikni ifodalaydi. Postoperativ 3 sutkalik davrda opioid xarajati opioid dozasi, o‘rtacha tana vazni va preparat narxi ko‘paytmasi yig‘indisi orqali hisoblandi: Sopio=Σ(Dsut×m×P). Shunga ko‘ra, nazorat guruhida opioid xarajati Sopio₁=(4,2+2,8+1,4)×0,5×18000=75600 so‘m, asosiy guruhda esa Sopio₂= (0,6+0,2+0,0)×0,5×18000=7200 so‘mni tashkil etdi. Demak, opioidlar bo‘yicha iqtisodiy samara ΔSopio=Sopio₁-Sopio₂ =75600-7200 = 68400 so‘m/bemorga teng bo‘ldi. Qo‘shimcha noopioid analgetiklar sarfi ham shunga mos ravishda qisqardi. Sedativ preparatlar sarfidagi farq postoperativ sedatsiya davomiyligining qisqarishi bilan belgilandi va quyidagi formula bilan ifodalandi: ΔSsed = (T₁-T₂)×Psed, bu erda T - sedatsiya davomiyligi, Psed - bir soatlik shartli xarajat. Hisoblash natijasiga ko‘ra, ΔSsed = (38 - 9)×8400 = 243600 so‘m/bemor bo‘ldi. Shu bilan birga, perfuzor kartridjlari, shprislar va qo‘shimcha og‘riq monitoringi uchun sarflanadigan materiallar bo‘yicha tejamkorlik ham qayd etildi va u ΔSmat = 32000 so‘m/bemorni tashkil etdi. Barcha komponentlar yig‘indisi asosida postoperativ og‘riqsizlantirish bo‘yicha umumiy iqtisodiy samaraΔSum = 68 400+116000+128000+243 600+32000 = 588000 so‘m/bemor ekanligi aniqlandi. Ushbu ko‘rsatkichni tadqiqot qamroviga tatbiq etish uchun umumiy iqtisodiy samara Eum=588000×91=53508000 so‘mni tashkil qildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qizilo‘ngach atreziyasi bo‘yicha o‘tkazilgan operatsiyalar anesteziologik ta’minotida ul`tratovush navigatsiyali ESP-blokadani o‘z ichiga olgan mul`timodal anesteziologik yondashuvning erta ekstubatsiyalar xissasini oshirishi, mexanik ventilyasiya davomiyligini kamaytirishi, postoperativ asoratlanish sonini kamaytirishi va yashovchanlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashi orqali klinik samaradorligi, shuningdek letal oqibatlarni kamaytiruvchi mustaqil himoya omili sifatida ahamiyati isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 yanvardagi 6i-5/u-son bilan tasdiqlangan “Chaqaloqlar ezofagoplastikasida ul`tratovushli paraaksial ESP-blokada usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 29 yanvardagi 15-son  va Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 4 fevraldagi 12-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 8 sentyabrdagi 23/38-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining tibbiy-ijtimoiy samaradorligi: ESP-blokada asosidagi mul`timodal anesteziyaning klinik ustunligi chaqaloqlarda erta ekstubatsiya ulushini oshirish, sun’iy o‘pka ventilyasiyasi davomiyligini qisqartirish hamda ventilyator-assotsiatsiyalangan pnevmoniya va reintubatsiya kabi jiddiy asoratlarni sezilarli kamaytirish orqali erta neonatal o‘lim ko‘rsatkichini 1,5 barobarga kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: ESP-blokada asosidagi mul`timodal anesteziyaning iqtisodiy samaradorligi reanimatsiya bosqichida resurslardan foydalanishning optimallashishi va umumiy davolash xarajatlarining qisqarishi bilan belgilanadi. Xususan, reanimatsiya bo‘limida yotish muddatining qisqarishi hisobiga tejamkorlik ΔSarit=(Darit₁ - Darit₂)×Tarit = (11,2 - 4,6)×110000 = 726000 so‘m/bemorni tashkil qildi, bu erda Darit - ARITda yotish kunlari, Tarit - bir koyko-kun qiymati. Ushbu ko‘rsatkich ESP-blokada sharoitida intensiv terapiya resurslariga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli kamayganini ko‘rsatadi. Postoperativ asoratlar bo‘yicha xarajatlar ham alohida baholandi. Ventilyator-assotsiatsiyalangan pnevmoniya chastotasining kamayishi ΔSvap = (f₁ - f₂)×Ckurs= (0,296 - 0,054)×558000 = 135036 so‘m/bemor (bu erda f - asoratlar chastotasi, Ckurs - davolash kursi qiymati), reintubatsiyalar ulushining kamayishi hisobiga: ΔSreint = (0,130 - 0,027)×288000 = 29664 so‘m/bemor iqtisodiy tejamkorlik ta’minlandi. Umumiy davolash xarajatlari qiyosiy tahlilida nazorat va asosiy guruhlar o‘rtasidagi farqlanishga ko‘ra an’anaviy anesteziyaga nisbatan mul`timodal ESP-blokada sharoitida davolash 1,43 marta arzonroq amalga oshirilgan. Yashovchanlik ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq inkremental samaradorlik ko‘rsatkichi: ICER=(TC₂-TC₁)/(E₂-E₁) = -810600/19,0 = - 42663 so‘m/%, manfiy qiymatga ega bo‘lishi ESP-blokada asosidagi yondashuvning «dominant strategiya» ekanini, ya’ni bir vaqtning o‘zida ham arzonroq, ham samaraliroq usul ekanini ko‘rsatadi. Tadqiqot ko‘lami bo‘yicha umumiy iqtisodiy samara: Sumum=ΔTC×n=810600×91=73764600 so‘m ni tashkil etdi. Xulosa: ESP-blokada asosidagi mul`timodal anesteziya reanimatsiya resurslari sarfini kamaytirishi va klinik ustunlik bilan bir qatorda farmakoekonomik dominantlikni ham ta’minlab, chaqaloqlarda qizilo‘ngach atreziyasi bo‘yicha anesteziologik ta’minotning standart protokoliga kiritilishga to‘liq asos yaratadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish