Ismatov Davron Raxmidjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda bank biznes modeli”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Xalqaro universitet
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Berdiyarov Baxriddin Tovasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahar filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bank biznes modeli orqali tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bank faoliyati samaradorligini oshirish, operatsion xarajatlarni optimallashtirish, risklarni diversifikatsiya qilish va raqamli texnologiyalar orqali daromadlilik ko‘rsatkichlarini barqaror oshirishda banklarning raqamli infrastrukturasini kengaytirish va kapital rentabelligini oshirish prinsiplarini birlashtiruvchi gibrid bank biznes-modeli taklif etilgan;
kredit siyosatini iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan holda optimallashtirishda pul bozori foiz stavkalarining vaqt bo‘yicha kechikkan qiymatlari kredit foizlariga barqaror va statistik jihatdan ahamiyatli ijobiy ta’sir asosida pul bozori foizi kredit foizining asosiy determinanti ekanligini aniqlangan;
bank kreditlarining real sektorni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini, hamda kredit impulsining qisqa va uzoq muddatli iqtisodiy ta’sirini aniqlashda bank kreditlari va ishlab chiqarish o‘rtasidagi dinamik o‘zaro bog‘liqliklarni baholash asosida bank biznes-modelini optimallashtirish asoslangan;
sun’iy intellektga asoslangan raqamli kredit platformasining o‘zaro integratsiyalashuvini ifodalovchi gibrid bank biznes-modeli asosida tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish va bank tizimi barqarorligini ta’minlashning 2030 yilga qadar prognoz ssenariylari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. bank biznes modelining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bank faoliyati samaradorligini oshirish, operatsion xarajatlarni optimallashtirish, risklarni diversifikatsiya qilish va raqamli texnologiyalar orqali daromadlilik ko‘rsatkichlarini barqaror oshirishda banklarning raqamli infrastrukturasini kengaytirish va kapital rentabelligini oshirish prinsiplarini birlashtiruvchi gibrid bank biznes-modeliga doir taklifi O‘zsanoatqurilishbank ATB faoliyatiga joriy etilgan (ATB O‘zsanoatqurilishbankning 2026-yil 12 martdagi 46-son ma’lumotnomasi). Natijada, bank tizimining raqamli infrastruktura hisoblangan POS-terminallar 428 foiz o‘sish, mobil banking 400 foiz o‘sishga va kapital rentabelligini ROE 12,6 foizdan 15,2 foizga oshirishga erishilgan;
kredit siyosatini iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan holda optimallashtirishda pul bozori foiz stavkalarining vaqt bo‘yicha kechikkan qiymatlari kredit foizlariga barqaror va statistik jihatdan ahamiyatli ijobiy ta’sir asosida pul bozori foizi kredit foizining asosiy determinanti ekanliginiga doir taklifi O‘zsanoatqurilishbank ATB faoliyatiga joriy etilgan (ATB O‘zsanoatqurilish-bankning 2026-yil 12 martdagi 46-son ma’lumotnomasi). Natijada, pul bozori foizining bir foiz punktiga o‘sishi kredit foizini 0,687 foiz punktiga oshirishi va ikkinchi lag qiymati ham ahamiyatli ijobiy ta’sirga ega, koeffisient 0,345 bo‘lishi strukturaviy vektorli avtoregressiya modeli orqali aniqlangan;
bank kreditlarining real sektorni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini, hamda kredit impulsining qisqa va uzoq muddatli iqtisodiy ta’sirini aniqlash maqsadida bank kreditlari va ishlab chiqarish o‘rtasidagi dinamik o‘zaro bog‘liqliklarni baholash asosida bank biznes-modelini optimallashtirishga doir taklifi O‘zsanoatqurilishbank ATB faoliyatiga joriy etilgan (ATB O‘zsanoat-qurilishbankning 2026-yil 12 martdagi 46-son ma’lumotnomasi). Natijada, bank krediti va ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi dinamik munosabatlarni SVAR modeli yordamida empirik baholash asosida kredit hajmi bir foizga oshishi keying chorakdan YaIMni 0,34 foizga oshirish, bank kreditlari foizining bir foizga oshishi YaIM hajmini -0,41 foizga pasaytirish, hamda kredit hajmi bir foizlik impulsining YaIMga ikkinchi chorakda maksimal 0,42 foiz ta’sir ko‘rsatishi va uzoq muddatli kumulyativ ta’sirning saqlanib qolishi asosida bank kreditlari orqali tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning kvantitativ parametrlari va bank biznes-modelini optimallashtirishning ekonometrik asoslari ishlab chiqilgan;
sun’iy intellektga asoslangan raqamli kredit platformasining o‘zaro integratsiyalashuvini ifodalovchi gibrid bank biznes-modeli asosida 2030 yilga qadar tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish va bank tizimi barqarorligini ta’minlashning prognoz ssenariylariga doir taklifi O‘zsanoatqurilishbank ATB faoliyatiga joriy etilgan (ATB O‘zsanoatqurilish-bankning 2026-yil 12 martdagi 46-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan gibrid bank biznes-modeli asosida 95 foiz ehtimollik bilan 2030 yilga borib tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash hajmi 234,5 trln so‘mdan 400 trln so‘mdan ortiq darajaga etkazish, kafolatlangan kreditlar ulushini 23,4 foizdan 55 foizgacha kengaytirish, o‘rtacha kredit foiz stavkasini 22,3 foizdan 12,8–13,5 foizgacha pasaytirishga doir optimal prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.