Usmanov Mirg‘ulom Xoshim O‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Sanoat usulida dorivor o‘simliklarni qayta ishlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish, 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt1661
Ilmiy rahbar: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti:
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.03
Rasmiy opponentlar: Rixsimbaev Odiljon Qobiljonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Eshonqulov Jamoliddin Saporboy o‘g‘li, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya institute.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dorivor o‘simliklarni sanoat usulida qayta ishlashda tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish va samaradorlikni oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuv asosida dorivor o‘simliklarni sanoat usulida qayta ishlash jarayonlarining iqtisodiy mazmuni ishlab chiqarish, qayta ishlash va realizatsiya bosqichlarining o‘zaro integratsiyalashgan tizimi sifatida aniqlashtirilib, ushbu jarayonlarda qo‘shilgan qiymatni shakllantirish va samaradorlikni oshirishga xizmat qiluvchi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlar takomillashtirilgan;
dorivor o‘simliklarni qayta ishlash sanoatida ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi tashkiliy, iqtisodiy va institutsional omillar tizimli tahlil qilinib, ularning korxona faoliyati natijadorligiga ta’sir darajAasini kompleks baholash asosida aniqlash yondashuvi ishlab chiqilgan;
dorivor o‘simliklarni qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarish samaradorligini baholashga xizmat qiluvchi ko‘rsatkichlar tizimi aniqlashtirilib, resurslardan foydalanish samaradorligi, tannarx, foyda va rentabellik ko‘rsatkichlari asosida kompleks baholash metodikasi ishlab chiqilgan;
dorivor o‘simliklarni qayta ishlash sanoatida ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar asosida ko‘p omilli ekonometrik model ishlab chiqilib, ishlab chiqarish hajmi, tannarx va foyda ko‘rsatkichlarining o‘zgarish tendensiyalari hamda 2030-yilgacha bo‘lgan rivojlanish prognozlari ilmiy asosda shakllantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat usulida dorivor o‘simliklarni qayta ishlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalar amaliyotga joriy etildi, jumladan:
uslubiy yondashuvga ko‘ra dorivor o‘simliklarni qayta ishlash sanoatida ishlab chiqarish samaradorligini baholashga yo‘naltirilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish modeli ishlab chiqilib, “HEMPFARM JV” MChJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi”ning 2026-yil 12-martdagi 01-06-30-2331-son ma’lumotnomasi). Mazkur modelni amaliyotga tatbiq etish natijasida ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi integral ko‘rsatkich 0,61 darajadan 0,78 darajaga oshgan, xomashyo yo‘qotishlari 12,4 foizga kamaygan, ishlab chiqarish tannarxi o‘rtacha 9,6 foizga pasaygan, mehnat unumdorligi 1,3 barobarga oshgan hamda tayyor mahsulot realizatsiyasi hajmi 14,2 foizga ko‘paygan;
dorivor o‘simliklarni qayta ishlash sanoatida tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni bosqichma-bosqich joriy etishga yo‘naltirilgan metodologik yondashuv ishlab chiqilib, “HEMPFARM JV” MChJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi”ning 2026-yil 12-martdagi 01-06-30-2331-son ma’lumotnomasi). Mazkur yondashuv asosida ishlab chiqarish tizimi rivojlanishining “boshlang‘ich”, “o‘sish”, “integratsiyalashgan” va “ilg‘or” bosqichlari shakllantirilgan bo‘lib, uning amaliy qo‘llanilishi natijasida ishlab chiqarishni rejalashtirish aniqligi 21 foizga oshgan, ishlab chiqarishdagi uzilishlar 16,7 foizga qisqargan, xomashyo ta’minoti barqarorlashgan hamda ishlab chiqarish hajmi o‘rtacha 13,9 foizga oshgan;
dorivor o‘simliklarni qayta ishlash sanoatida ishlab chiqarish samaradorligini prognozlashga yo‘naltirilgan ko‘p omilli ekonometrik model ishlab chiqilib, korxona faoliyatida qo‘llanilgan (“O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi”ning 2026-yil 12-martdagi 01-06-30-2331-son ma’lumotnomasi). Mazkur model asosida ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar aniqlanib, 2026-yilgacha bo‘lgan istiqbolda ishlab chiqarish hajmini 1,25 barobarga oshirish, tannarxni 10–12 foizga kamaytirish hamda sof foydani 20–24 foizga oshirish imkoniyatlari prognoz qilingan va amaliy rejalashtirish jarayonida foydalanilgan;
dorivor o‘simliklarni qayta ishlash sanoatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan strategik va tashkiliy-iqtisodiy takliflar paketi ishlab chiqilib, uning asosida besh bosqichli amaliy yo‘l xaritasi shakllantirilgan hamda “HEMPFARM JV” MChJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi”ning 2026-yil 12-martdagi 01-06-30-2331-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida xomashyo yo‘qotishlari 11,8 foizga kamaygan, ishlab chiqarish tannarxi o‘rtacha 10,5 foizga pasaygan, mahsulot realizatsiyasi hajmi 15,6 foizga oshgan hamda korxona rentabellik darajasi 1,2 barobarga ko‘tarilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish