Ostonova Sharofat Faxriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinflarda axborot-kategorik yondashuv asosida atamalarni ingliz tilida o‘rgatish orqali matematikani o‘qitish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8259
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.FM.09.04 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Fayziev Mirzaali Asfandiyorovich pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar:Mardonov Eshim Murotovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, Taylanova Shohida Zaynievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Boshlang‘ich sinflarga axborot-kategorik yondashuv asosida atamalarni ingliz tilida o‘rgatish orqali matematika fanini o‘qitish samaradorligini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich sinflarga matematik atamalarni ingliz tilida o‘rgatishning didaktik imkoniyatlari adaptiv sub’ekt-resursli muhitda SMART texnologiyalarni qo‘llanilishiga ko‘ra vizual-nutqiy komonentlarni lingvistik ko‘nikmalar orqali matematika-til bilan metokognitiv darajada integratsiyalashuvi asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarga axborot-kategorik yondashuv asosida atamalarni ingliz tilida o‘rgatish orqali matematikani o‘qitish metodikasi vizuallashtirilgan ma’lumotlarning “axborot-kategoriya-tushuncha-amal” ketma-ketligiga ko‘ra innovatsion-strategik loyihalashtirishning metorefleksiv semantikligini raqamli tafakkur ta’sirida bilingval kontekstualligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematika fanini o‘qitishda axborot-kategorik yondashuv asosida atamalarni ingliz tilida o‘rgatish didaktik modeli kognitiv-amaliy nutqiy faoliyatdagi axborotlarni lingvo-didaktik kategoriyalashning dinamikligiga ko‘ra matematik tafakkurni bilingval asosda vizuallashtiruvchi belgili tuzilmalarning konstruktlarini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarda matematik atamalarni ingliz tilida o‘rgatish samaradorligi “AKY” dasturiy vositasini fanga oid axborot-kategorial tushunchalarning vizual va nutqiy shakldagi simmulyasiyasiga ko‘ra matematik tilning lingvokognitiv darajasini raqamli tafakkur orqali semiotik transformatsiyalash orqali oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Boshlang‘ich sinflarga axborot-kategorik yondashuv asosida atamalarni ingliz tilida o‘rgatish orqali matematikani o‘qitish metodikasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
boshlang‘ich sinflarga matematik atamalarni ingliz tilida o‘rgatishning didaktik imkoniyatlari adaptiv sub’ekt-resursli muhitda SMART texnologiyalarni qo‘llanilishiga ko‘ra vizual-nutqiy komonentlarni lingvistik ko‘nikmalar orqali matematika-til bilan metokognitiv darajada integratsiyalashuvi asosida aniqlashtirishga oid takliflari “Boshlang‘ich sinflarga axborot-kategorik yondashuv asosida atamalarni ingliz tilida matematika fanini o‘qitish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan o‘quv adabiyotini ekspertizadan o‘tkazganlik natijasi bo‘yicha 2310-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axborot-kategorik yondashuv asosida atamalarni ingliz tilida matematika fani o‘rganish ko‘nikmalari kengaytirilgan;
boshlang‘ich sinflarga axborot-kategorik yondashuv asosida atamalarni ingliz tilida o‘rgatish orqali matematikani o‘qitish metodikasi vizuallashtirilgan ma’lumotlarning “axborot-kategoriya-tushuncha-amal” ketma-ketligiga ko‘ra innovatsion-startegik loyixalashtirishning metorefleksiv semantikligini raqamli tafakkur ta’sirida bilingval kontekstualligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich sinflarga axborot-kategorik yondashuv asosida atamalarni ingliz tilida matematika fanini o‘qitish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan o‘quv adabiyotini ekspertizadan o‘tkazganlik natijasi bo‘yicha 2310-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilida matematik atamalarni tushunish va qo‘llash ko‘nikmalari shakllandi. Bu esa ularning fanlararo integratsiyalashgan bilimlarni egallashiga va matematik fikrlash salohiyatining rivojlanishiga zamin yaratdi;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematika fanini o‘qitishda axborot-kategorik yondashuv asosida atamalarni ingliz tilida o‘rgatish didaktik modeli kognitiv-amaliy nutqiy faoliyatdagi axborotlarni lingvo-didaktik kategoriyalashning dinamikligiga ko‘ra matematik tafakkurni bilingval asosda vizuallashtiruvchi belgili tuzilmalarning konstruktlarini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich sinflarga axborot-kategorik yondashuv asosida atamalarni ingliz tilida matematika fanini o‘qitish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan o‘quv adabiyotini ekspertizadan o‘tkazganlik natijasi bo‘yicha 2310-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilida matematik atamalarni anglash, talaffuz qilish va qo‘llash malakalari mustahkamlandi. Shu bilan birga, ularning axborot bilan ishlash, tahlil qilish hamda fanlararo bog‘liqlikda fikrlash qobiliyatlari shakllandi;
boshlang‘ich sinflarda matematik atamalarni ingliz tilida o‘rgatish samaradorligi “AKY” dasturiy vositasini fanga oid axborot-kategorial tushunchalarning vizual va nutqiy shakldagi simmulyasiyasiga ko‘ra matematik tilning lingvokognitiv darajasini raqamli tafakkur orqali semiotik transformatsiyalashga ko‘ra oshirishga oid takliflar “Axborot-kategorik yondashuv asosida o‘qitish dasturi” nomli elektron hisoblash mashinasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
№DGU 55158 raqamli guvohnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil fikrlash, ingliz tilida ifodalash va matematik tushunchalarni mantiqan tahlil qilish ko‘nikmalari rivojlandi. Shuningdek, ularning o‘quv jarayoniga faol jalb etilishi va bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirishi ta’minlandi.