Gafurov Abduvoitjon Xuseynovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi):
“Tez tibbiy yordam xizmat samaradorligini raqamli texnologiyalar asosida ta’minlash”, 08.00.16 - “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya.
Dissertatsiya mavzu ro‘yhatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3369
Ilmiy rahbar: Kadirov Abdumalik Matkarimovich iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Tashkent International University DSc.03/2025.27.12.I.30.01 raqamli Ilmiy Kengashi.
Rasmiy opponentlar:
Norov Akmal Ro‘zimamatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Xusanov Ulug‘bek Nishonovichlar, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida tez tibbiy yordam xizmati samaradorligii boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
operatsion xarajatlar kamayishi hamda sog‘liqni saqlash tizimining umumiy iqtisodiy samaradorligi yuksaltirilishda tez tibbiy yordam avtotransport vositalarini harakatlarini onlayn rejimda nazorat qilinishini nazarda tutuvchi GPS-trekerlar va radioaloqa vositalari orqali avtomatlashgan boshqaruv tizimi ishlab chiqilgan;
resurslar taqsimoti samaradorligi, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning hududiy filiallaridagi tez tibbiy yordamning yagona vertikal boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha boshqaruv mexanizmi ishlab chiqilgan;
tez tibbiy yordam xizmatidagi brigadalar sonining me'yor darajasi asosida real vaqt rejimidagi operativ ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda xodimlarning individual va brigada kesimidagi mehnat samaradorligini monitoring tizimi orqali kompleks baholash mexanizmi ishlab chiqilgan;
tez tibbiy yordam xizmatining raqamlashtirilgan ma’lumotlar bazasini boshqarishning metodik yondashuvi asosida real vaqt rejimida bemor haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish imkoniyatlarini kengaytiruvchi MedData 103 raqamli platformasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida tez tibbiy yordam xizmat samaradorligini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
operatsion xarajatlar kamayishi hamda sog‘liqni saqlash tizimining umumiy iqtisodiy samaradorligi yuksaltirilishda tez tibbiy yordam avtotransport vositalarini harakatlarini onlayn rejimda nazorat qilinishini nazarda tutuvchi GPS-trekerlar va radioaloqa vositalari orqali avtomatlashgan boshqaruv tizimi ishlab chiqishga doir taklifi Respublika tez tibbiy yordam markaziga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-oktyabrdagi 02-10/2753/A-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maxsus avtomashinalar soni 2020 yilga nisbatan 2024 yilda 35,8% ga oshib, jami 3255 ta transport vositasining 2891 tasi GPS bilan jihozlanishi hisobiga chaqiriqlarga chiqish vaqti 17% ga qisqartirilib, yo‘l harakati optimallashtirilishi orqali yonilg‘i sarfi kamayishi, transportdan foydalanish samaradorligi va xizmat sifati oshishi hamda aholi qoniqish darajasining ortishi orqali tizimning iqtisodiy samaradorligi ta’minlangan;
resurslar taqsimoti samaradorligi, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning hududiy filiallaridagi tez tibbiy yordamning yagona vertikal boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha boshqaruv mexanizmiga doir taklifi Respublika tez tibbiy yordam markaziga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-oktyabrdagi 02-10/2753/A-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, chaqiruvni qabul qilish vaqti 6–8 daqiqadan 1–2 daqiqagacha, brigadaga uzatish vaqti 10–20 daqiqadan 1–2 daqiqagacha qisqarishi, boshqaruv qarorlarini qabul qilish tezligi 25% ga oshishi, tez tibbiy yordam mashinasining etib borish va xizmat ko‘rsatishni boshlash vaqti 20–30 daqiqadan 12–15 daqiqagacha kamayishi hamda kechikish holatlari 15% dan 8–9% gacha pasayishi orqali resurslar taqsimoti samaradorligi va tizimning umumiy iqtisodiy samaradorligi oshirilishi ta’minlangan;
tez tibbiy yordam xizmatidagi brigadalar sonining me'yor darajasi asosida real vaqt rejimidagi operativ ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda xodimlarning individual va brigada kesimidagi mehnat samaradorligini monitoring tizimi orqali kompleks baholash mexanizmiga doir taklifi Respublika tez tibbiy yordam markaziga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-oktyabrdagi 02-10/2753/A-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tez tibbiy yordam xizmatlarini raqamlashtirish va GPS monitoring asosida integrallashgan indikatorlar orqali faoliyatni baholash mexanizmi ishlab chiqilib, chaqiriqqa etib borish vaqti, bajarilgan chaqiriqlar soni, ish yuklamasi va xizmat sifati ko‘rsatkichlarini tizimli tahlil qilish imkoniyati yaratilgani hamda 2 872 ta brigada tomonidan o‘rtacha 4% qo‘shimcha ish yuklamasi hisobiga xizmat qamrovi kengayib, tizimning umumiy iqtisodiy samaradorligi va foydalanish imkoniyati sezilarli darajada oshirilgan;
tez tibbiy yordam xizmatining raqamlashtirilgan ma’lumotlar bazasini boshqarishning metodik yondashuvi asosida real vaqt rejimida bemor haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish imkoniyatlarini kengaytiruvchi MedData 103 raqamli platformasi Respublika tez tibbiy yordam markaziga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-oktyabrdagi 02-10/2753/A-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, MedData 103 platformasini joriy etishlishi bemor ma’lumotlarini avtomatik yig‘ish va tahlil qilish hamda qaror qabul qilish jarayonlarini raqamlashtirish orqali qog‘oz aylanmasi 70% ga qisqartirilib, ma’lumotlarni qayta ishlash vaqti kamaytirilishi, real vaqt rejimida axborot almashinuvi va nazoratni ta’minlash hisobiga boshqaruv samaradorligi hamda tizimning umumiy iqtisodiy samaradorligi oshirilishiga erishilgan.