Mamadjanov Alisher Muratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy xavfsizlik kontekstida axborot xavfsizligi muammolarini o‘rganish”  09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fal1063
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.F.22.01
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:  Nemat Sobirovich Sobirov falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: falsafa fanlar doktori, dotsent Haydaraliev Shuhrat Abdulazizovich, falsafa fanlari doktori, professor Musaev Fahriddin Abdusattarovich.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy xavfsizlik kontekstida axborot xavfsizligi muammolarini o‘rganishning ijtimoiy-falsafiy omillarini ochib berishdan iborat 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
jamiyatning madaniy immunitetini shakllantiruvchi (qadriyat, meros, ahloq va tarbiya) tamoyillarni rivojlantirish, “milliy xavfsizlik” kontekstida axborot-psixologik xavfsizlik tizimini mustahkamlashi orqali, boshqaruvda ochiq va yopiq “axborot xavfsizligi” ni ta’minlab, jamiyatning ijtimoiy-madaniy  konseptiga relyativistik ta’siri falsafiy asoslangan; 
jamiyatda milliy xavfsizlikni ta’minlashning axborot-psixologik tizimini takomillashtirish, axborot xavfsizligi kontekstida va milliy manfaatlar uyg‘unligini ta’minlash orqali, an’anaviy qadriyatlar universallashuvini belgilovchi salbiy gomogen xususiyatlarni oldini olishi ochib berilgan; 
davlatning milliy axborot-psixologik xavfsizligini shakllantirish, axborot xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi ob’ektiv (globalizatsiya, texnogen taraqqiyot) va sub’ektiv (idrok, tafakkur, dunyoqarash) omillarga bog‘liqligi sababli, milliy va xorijiy tajriba integratsiyasiga asoslangan dialektik konsolidatsiyaga (axborot xavfsizligini mustahkamlash va rivojlantirish) erishish, jamiyat barqarorligini ta’minlovchi zaruriyat ekanligi ilmiy asoslangan; 
jamiyatda “erkin va shaffof axborot almashinuv muhiti”ni yaratish, axborot xavfsizligi kontekstida gnoseologik (erkin axborot, muloqot qobiliyati, savodxonlik) va aksiologik (madaniy plyurializm, muloqot madaniyati, hurmat va bag‘rikenglik) jihatlariga funksional ijobiy ta’siri ochib berilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. milliy xavfsizlik kontekstida axborot xavfsizligi muammolarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida: 
jamiyatning madaniy immunitetini shakllantiruvchi (qadriyat, meros, ahloq va tarbiya) tamoyillarni rivojlantirish, “milliy xavfsizlik” kontekstida axborot-psixologik xavfsizlik tizimini mustahkamlashga doir ilmiy aklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasining 2023-2024-yillarda o‘tkazilgan xarbiy ta’lim, tarbiya va ilm-fanga oid targibot faoliyatida tadbiq etiladigan “milliy xavfsizlik” va “axborot xavfsizligi” tushunchalarining mazmun-mohiyati va konseptual asoslari bilan tanishish, tadqiq orqali milliy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida axborot xavfsizlik tizimini tushuntirishda, axborot yordamida faol kurashishning ochiq va yopiq shakllari bilan tanshish, imkoniyatlari va samaradorligini oshirish kabi masalalarini ishlab chiqishda (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasining 2024 yil 23 apreldagi 482-sonli ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada, boshqaruvda ochiq va yopiq “axborot xavfsizligi” ni ta’minlashning relyativistik ta’siri va axborotning ochiq va yopiq shakllaridan foydalanish imkoniyatlarini ochib berishga xizmat qilgan;  
jamiyatda milliy xavfsizlikni ta’minlashning axborot-psixologik tizimini takomillashtirish, axborot xavfsizligi kontekstida va milliy manfaatlar uyg‘unligini ta’minlashga doir taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborotkommunikatsiya texnologiyalari instituti tomonidan 2022-2024- yillarda bajarilgan “DLP” shifrli amaliy loyihasi doirasida ilmiy tadqiqot ishini olib borish va loyiha bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarishda keng (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari instituti 2024 yil 5 fevraldagi № 10/849-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada, “DLP” shifrli amaliy loyihasining ilmiy-amaliy ahamiyatini oshirishga va takomillashtirishga xizmat qilgan; 
davlatning milliy axborot-psixologik xavfsizligini shakllantirish, axborot xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi ob’ektiv (globalizatsiya, texnogen taraqqiyot) va sub’ektiv (idrok, tafakkur, dunyoqarash) omillarga bog‘liq bo‘lib sababli, milliy va xorijiy tajriba integratsiyasiga asoslangan dialektik konsolidatsiyaga (axborot xavfsizligini mustahkamlash va rivojlantirish) erishishga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston telekanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiy eshtirishlari” muxarriyati  tomonidan taerlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari sssenariylarini tayyorlashda (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Uzbekiston teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiy eshtirishlari” muxarriyatining 2022 yil 30 apreldagi 04-36-572-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada, jamiyat taraqqiyotining barqarorlashtiruvchi, nazorat qiluvchi hamda tartibga soluvchi funksional asoslarini mantiqiy dalillashga xizmat qilgan;
milliy xavfsizlik kontekstida axborot xavfsizligi ta’minlashga asos bo‘luvchi “erkin va shaffof axborot almashinuv muhiti” ni yaratishning gnoseologik va aksiologik xususiyatlarini aniqlashga doir yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborotkommunikatsiya texnologiyalari instituti tomonidan 2022-2024- yillarda bajarilgan “DLP” shifrli amaliy loyihasi doirasida ilmiy tadqiqot ishini olib borish va loyiha bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarishda keng (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari instituti 2024 yil 5 fevraldagi № 10/849-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada, amaliy tadqiqot loyihasining ilmiy-amaliy ahamiyatini oshirishga va yanada takomillashtirish va jamiyat barqarorligini ta’minlashning tizimli-funksional tamoyil asosida ochib berishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish