Qosimov Sardor Dimurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda infratuzilma salohiyatidan samarali foydalanish yo‘llari (Andijon viloyati misolida)”, 
08.00.15–“Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2345
Ilmiy rahbar: Ermatov Akmaljon Adxamovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon universiteti, PhD.03/2025.27.12.I.25.01
Rasmiy opponentlar: Umarova Guzal G‘ayratovna, iqtisodiyot fanlari doktori  (DSc) professor; Boymirzaev Dilmurod Nematovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda infratuzilma salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznesni rivojlantirishda infratuzilmadan samarali foydalanishga qaratilgan tashkiliy-iqtisodiy  mexanizm “infratuzilma salohiyatini baholash”, “kichik biznes ehtiyojlarini aniqlash”, “resurslarni taqsimlash va integrasiya qilish”, “foydalanish samaradorligi monitoringi” va “natijalar asosida rivojlantirish” bosqichlari asosida takomillashtirilgan;
infratuzilma obektlari va kichik biznes subektlari o‘rtasidagi hududiy moslikni baholash imkonini beruvchi interaktiv GAT (Geografik axborot tizimi) texnologiyalariga asoslangan “Kichik biznes uchun infratuzilmaviy moslik xaritasi” dasturiy modeli ishlab chiqilgan;
kichik biznes subektlarining innovatsion faolligiga ta’sir etuvchi raqamli infratuzilmaning rivojlanganlik darajasini “past” (0≤〖RII〗_yil≤0,35), “o‘rta” (0,36≤〖RII〗_yil≤0,60), “rivojlangan” (0,61≤〖RII〗_yil≤0,80) va “yuqori” (0,81≤〖RII〗_yil≤1,00) indikatorlari asosida baholash uslubiyoti taklif etilgan;
kichik biznes subektlariga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma obektlari miqdorini ortishini kichik biznes subektlarini ko‘payishiga ijobiy ta’sirini ekonometrik model asosida baholash orqali Andijon viloyatida kichik biznes subektlari soni o‘zgarishining 2030-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda infratuzilma salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy takliflar asosida:
kichik biznesni rivojlantirishda infratuzilmadan samarali foydalanishga qaratilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm “infratuzilma salohiyatini baholash”, “kichik biznes ehtiyojlarini aniqlash”, “resurslarni taqsimlash va integrasiya qilish”, “foydalanish samaradorligi monitoringi” va “natijalar asosida rivojlantirish” bosqichlari asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyasi O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining 2026-yil 28-fevraldagi 05/24-899-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi infratuzilma salohiyatini tizimli baholash, mavjud resurslardan foydalanishdagi nomutanosibliklar va samarasiz yo‘nalishlarni aniqlash, infratuzilma xizmatlarini tadbirkorlar talabiga moslashtirish, ularni maqsadli va manzilli rivojlantirish, resurslarni oqilona taqsimlash hamda integrasiya qilish imkoniyatlarini yaxshilashga xizmat qilgan;
infratuzilma obektlari va kichik biznes subektlari o‘rtasidagi hududiy moslikni baholash imkonini beruvchi interaktiv GAT (Geografik axborot tizimi) texnologiyalariga asoslangan “Kichik biznes uchun infratuzilmaviy moslik xaritasi” dasturiy modeli O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining 2026-yil 28-fevraldagi 05/24-899-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi hududlarni infratuzilma bilan ta’minlanganlik darajasini, resurslar joylashuvi va biznes ehtiyojlari o‘rtasidagi nomutanosibliklarni tez aniqlash, tadbirkorlar uchun yangi biznes subektlarini joylashtirishda eng maqbul hududlarni tanlash imkoniyatlarini yaxshilab, davlat boshqaruv organlari uchun infratuzilma obektlarini rivojlantirish bo‘yicha maqsadli, ishonchli investisiya qarorlarini qabul qilinishiga xizmat qilgan;
kichik biznes subektlarining innovasion faolligiga ta’sir etuvchi raqamli infratuzilmaning rivojlanganlik darajasini “past” (0≤〖RII〗_yil≤0,35), “o‘rta” (0,36≤〖RII〗_yil≤0,60), “rivojlangan” (0,61≤〖RII〗_yil≤0,80) va “yuqori” (0,81≤〖RII〗_yil≤1,00) indikatorlari asosida baholash uslubiyoti O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining 2026-yil 28-fevraldagi 05/24-899-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi raqamli infratuzilmani hududlar va tarmoqlar kesimida aniq taqqoslash, raqamlashtirish darajasini qaysi hududlarda pastligini aniqlash, raqamli infratuzilma bilan innovasion faollik o‘rtasidagi uzviylikni tahlil qilish imkoniyati yaxshilanib, hududlar kesimida infratuzilma darajasiga qarab maqsadli dasturlar va imtiyozlarga asoslangan differensial siyosat yuritishga, rivojlanish dinamikasini monitoring qilish hamda tezkor, samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishga xizmat qilgan;
kichik biznes subektlariga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma obektlari miqdorini ortishini kichik biznes subektlarini ko‘payishiga ijobiy ta’sirini ekonometrik model asosida baholash orqali Andijon viloyatida kichik biznes subektlari soni o‘zgarishining 2030-yilga qadar prognoz parametrlari bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining 2026-yil 28-fevraldagi 05/24-899-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi infratuzilma va tadbirkorlik o‘rtasidagi aniq miqdoriy bog‘liqlikni, infratuzilmalar bo‘yicha investisiyalar qaytimini aniqlash, hududlar kesimida investisiya siyosatini optimallashtirish, qaysi turdagi infratuzilma biznes rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatishini ilmiy baholash, 2030-yilga qadar kichik biznes subektlari sonini o‘sish dinamikasini aniq ko‘rsatkichlar asosida bashoratlash imkoniyatlarini kengaytirib, tadbirkorlik va unga zarur infratuzilma o‘rtasidagi nomutanosibliklarni oldini olishga qaratilgan maqsadli dasturlarni loyihasini tayyorlashga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish