Kamalov Maksetbay Nizamatdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasida lizing xizmatlari bozorini rivojlanishning mexanizmlari va ustuvor yo‘nalishlari”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3433.
Ilmiy rahbar: Salaev San’atbek Kamilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.I.04.12.
Rasmiy opponentlar: Musagaliev Ajiniyaz Jumagulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xudoyarov Lochinbek Baxramovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida lizing xizmatlari bozorini rivojlantirish mexanizmlari va ustuvor yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalari lizingi 18 ta pozisiyaga ko‘ra tabaqalashgan guruhlari asosida yaqin istiqbolda mintaqa hududlarida agrar sohani rivojlantirishda lizing xizmatlari bozorini yo‘naltirishning mahsulot va hududlar kesimidagi segmentlari asoslangan;
LXBni rivojlantirishning ilg‘or xorijiy tajribasiga asoslangan holda, jumladan raqamli va Smart texnologiyalarni qo‘llagan holda kichik biznes sektori, qishloq xo‘jaligida “yashil” lizingni qo‘llashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mintaqada LXBning tashkiliy-iqtisodiy omillari qiyosiy tahlili va LXB sub’ektlarining sotsiologik so‘rovlari natijalariga ko‘ra LXBni, jumladan onlayn savdolar orqali aqlli texnologiyalarga ko‘ra rivojlantirish kabi takliflar asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida lizing xizmatlari bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga ko‘ra, lizing xizmatlari bozorining 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida lizing xizmatlari bozorini rivojlantirish mexanizmlari va ustuvor yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mintaqada qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalari lizingi 18 ta pozisiyaga ko‘ra tabaqalashgan guruhlari asosida yaqin istiqbolda mintaqa hududlarida agrar sohani rivojlantirishda lizing xizmatlari bozorini yo‘naltirishning mahsulot va hududlar kesimidagi segmentlari bo‘yicha tavsiyalar “O‘zagrolizing” AJ Qoraqalpog‘iston filiali faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zagrolizing” AJ Qoraqalpog‘iston filialining 2025 yil 22 dekabrdagi 11-02-24/632-son ma’lumotnomasi). Taklif LXBni takomillashtirishga va mintaqada qishloq xo‘jaligini samarali rivojlantirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida lizing xizmatlari bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga ko‘ra lizing xizmatlari bozorining 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif “O‘zagrolizing” AJ Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasida LXBni rivojlantirish Strategiyasini” ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zagrolizing” AJ Qoraqalpog‘iston filialining 2025 yil 22 dekabrdagi 11-02-24/632-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasida LXBning istiqbolda rivojlantirishning qo‘shimcha imkoniyatlarini ochib berishga muayyan darajada xizmat qilgan;
LXBni rivojlantirishning ilg‘or xorijiy tajribasiga asoslangan holda jumladan, raqamli va Smart texnologiyalarni qo‘llagan holda kichik biznes sektori, qishloq xo‘jaligida “yashil” lizingni qo‘llashning maqsadga muvofiqligi taklifi “O‘zagrolizing AJ Qoraqalpog‘iston filiali faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zagrolizing” AJ Qoraqalpog‘iston filialining 2025 yil 22 dekabrdagi 11-02-24/632-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotda qo‘llanilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasida LXBning istiqbolda diversifikatsion rivojlanishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
mintaqada LXBning tashkiliy-iqtisodiy omillari qiyosiy tahlili va LXB sub’ektlarining sotsiologik so‘rovlari natijalariga ko‘ra LXBni onlayn savdolar orqali aqlli texnologiyalar asosida rivojlantirish takliflari “O‘zagrolizing” AJ Qoraqalpog‘iston filiali faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zagrolizing” AJ ning Qoraqalpog‘iston filialining 2025 yil 22 dekabrdagi 11-02-24/632-son ma’lumotnomasi). Taklif mintaqada LXB mavjud muammolarini bartaraf etish va sohaga oid istiqbolli chora-tadbirlarni asoslashga muayyan darajada xizmat qilgan.