Raxmonov G‘ayrat Ismatulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish”, 08.00.05 - “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4368.
Ilmiy rahbar: Shakarov Qulmat Ashurovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.09/2025.27.12.T.01.02.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinova Kamola Alisherovna – Iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Abirova Nargiza Shavkatbek qizi – Iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti. Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish samaradorligini yo‘llarini takomillashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni tashish sifatini baholash maqsadida iqtisodiy kategorial komponentlariga ega jihatlar orqali temir yo‘l poezdida yo‘lovchilarni tashish xizmatlari sifatini ko‘p bosqichli kompleks baholash tarkibi va mezonlari tizimlashtirildi hamda unga ko‘ra I_j= yo‘lovchining talabini o‘zgarish indeksi I_j>2,2 foizni tashkil etishi muvofiqligi aniqlandi;
temir yo‘l transportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish hamda uning samaradorligini oshirishga qaratilgan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish “Qiymat inversiyasi” freymvorkini ishlab chiqish orqali xizmatlar diversifikatsiyasini, segmentlarni mutanosib tarzda amalga oshirish mexanizmlari taklif etildi;
yo‘lovchilarining poezddagi qulayliklar uchun qilgan xarajatini invariant tahliliga ko‘ra skoring, lending hamda reilbenking uchun “Tashkiliy arxitektura” strategiyasini qo‘llash mexanizmini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Kredit elka” leveraji takomillashtirildi;
yo‘lovchining sayohat qilishiga talabi xizmatlar diversifikatsiyasi trend modeliga ko‘ra 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan va unga ko‘ra daromadning 2026-yil yakuniga qadar 10712,3 mlrdni tashkil etishi istiqbolli asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni tashish sifatini baholash maqsadida iqtisodiy kategorial komponentlariga ega jihatlar asosida temir yo‘l poezdida yo‘lovchilarni tashish xizmatlari sifatini ko‘p bosqichli kompleks baholash tarkibi va mezonlarining tizimlashtirilishi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi 2025-yil 5-martdagi 4/2620-sonli ma’lumotnoma). Natijada, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish faoliyatida Ij=yo‘lovchining talabini o‘zgarish indeksi Ij>2,2 foizni tashkil etgan;
temir yo‘l transportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish hamda uning samaradorligini oshirishga qaratilgan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish “Qiymat inversiyasi” ning freymvorkini ishlab chiqish asosida xizmatlar diversifikatsiyasi va segmentlarni mutanosib tarzda taqsimlashni amalga oshirish mexanizmi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi 2025-yil 5-martdagi 4/2620-sonli ma’lumotnoma). Natijada, yo‘lovchining sayohat qilish talabi 2024-yilning birinchi yarim yilligi mobaynida 0,8 foizga oshgan;
yo‘lovchilarining poezddagi qulayliklar uchun qilgan xarajatini invariant tahliliga ko‘ra skoring, lending hamda reilbenking uchun “tashkiliy arxitektura” strategiyasini qo‘llash mexanizmini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “kredit elka” leveraji “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi 2025-yil 5-martdagi 4/2620-sonli ma’lumotnoma). Natijada “O‘zbekiston Temir yo‘llari” AJning xarajatlarni qoplash darajasi 1,6 foizga oshgan.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning samaradorligini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlar 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognozi trend modeliga ko‘ra daromadning 2030-yilga qadar 969,53 mln so‘mga oshishi, shuningdek mazkur ko‘rsatkich 2024-yil yakunida 10712,3 mlrdni tashkil etdi (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi 2025-yil 5-martdagi 4/2620-sonli ma’lumotnoma)