Kaipbekov Paraxat Konisbaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Covershenstvovanie organizatsionno ekonomicheskogo mexanizma upravleniya transportnimi uslugami (na primere Respubliki Karakalpakstan)”, 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” va 08.00.13 – “Menejment” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt6001.
Ilmiy rahbar: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.I.04.12.
Rasmiy opponentlar: Djurabaev Otabek Djurabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ollanazarov Bekmurod Davlatmurodovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: transport xizmatlarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumlashtirilgan moliyaviy-iqtisodiy, ekologik, texnik, innovatsion va kadrlar ko‘rsatkichlari asosida transport xizmatlarini boshqarish darajasini integral baholash uslubiyotini “past daraja” (Oint < 0,2), “o‘rtachadan past daraja” (0,2 < Oint < 0,39), “o‘rtacha” (0,4 < Oint < 0,59), “o‘rtachadan yuqori” (0,6 < Oint < 0,79), “yuqori daraja” (0,8 < Oint < 1) miqdoriy chegaralarida baholash orqali takomillashtirish asoslangan;
avtomobilda yuklarni xalqaro tashishga xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni mahalliy avtotashuvchilar o‘rtasida taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tizimini mazkur ruxsatnomalarni bosqichma-bosqich chegarada yoki hududlarda berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish orqali takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
transport xizmatlarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini Transport nazorati inspeksiyasi tashkiliy tuzilmasida sohada yagona uslubiy yondashuvni shakllantirish, nazorat jarayonlarini me’yoriy-uslubiy jihatdan ta’minlash, tarkibiy va hududiy bo‘linmalar amaliyotini bir xillashtirish imkonini beruvchi metodologiya bo‘limini tashkil etish orqali takomillashtirish asoslangan;
transport xizmatlari asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarini hisobga oluvchi panel` ma’lumotlar modeli asosida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston transport tarmog‘ini rivojlantirishning 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Transport xizmatlarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
umumlashtirilgan moliyaviy-iqtisodiy, ekologik, texnik, innovatsion va kadrlar ko‘rsatkichlari asosida transport xizmatlarini boshqarish darajasini integral baholash uslubiyotini “past daraja” (Oint < 0,2), “o‘rtachadan past daraja” (0,2 < Oint < 0,39), “o‘rtacha” (0,4 < Oint < 0,59), “o‘rtachadan yuqori” (0,6 < Oint < 0,79), “yuqori daraja” (0,8 < Oint < 1) miqdoriy chegaralarida baholash orqali takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatida qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligining 2025 yil 24 noyabrdagi 3012-son ma’lumotnomasi). Ushbu metodikadan foydalanish transport xizmatlarini boshqarish darajasini tizimli baholash imkonini bergan va shu asosda ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifati hamda boshqaruv qarorlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
avtomobilda yuklarni xalqaro tashishga xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni mahalliy avtotashuvchilar o‘rtasida taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tizimini mazkur ruxsatnomalarni bosqichma-bosqich chegarada yoki hududlarda berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 27 yanvardagi PQ-28-son qaroriga 2-ilova — O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni 2025 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da inobatga olingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligining 2025 yil 24 noyabrdagi 3012-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi avtomobilda yuklarni xalqaro tashishda xorijiy va ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish imkonini bergan;
transport xizmatlarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini Transport nazorati inspeksiyasi tashkiliy tuzilmasida sohada yagona uslubiy yondashuvni shakllantirish, nazorat jarayonlarini me’yoriy-uslubiy jihatdan ta’minlash, tarkibiy va hududiy bo‘linmalar amaliyotini bir xillashtirish imkonini beruvchi metodologiya bo‘limini tashkil etish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 27 yanvardagi PQ-28-son qaroriga 2-ilova — O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni 2025 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da inobatga olingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligining 2025 yil 24 noyabrdagi 3012-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi sohada yagona uslubiy yondashuvni shakllantirish, nazorat jarayonlarini me’yoriy-uslubiy jihatdan ta’minlash hamda tarkibiy va hududiy bo‘linmalar faoliyatini bir xillashtirish imkonini bergan;
transport xizmatlari asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarini hisobga oluvchi panel` ma’lumotlar modeli asosida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston transport tarmog‘ini rivojlantirishning 2030 yilgacha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatida qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligining 2025 yil 24 noyabrdagi 3012-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi mamlakat transport-logistika majmuasini uzoq muddatli rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini asoslash, prognozlash aniqligini oshirish hamda investisiya va infratuzilma siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash imkonini bergan.