Izzaev G‘ayrat Jo‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yashirin iqtisodiyotni moliya-soliq vositalari orqali kamaytirish yo‘llari” 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5022
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Ilmiy rahbar: Qiyosov Sherzod Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
PhD.03/2025.27.12.1.12.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Termiz davlat universiteti, “Moliya” kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Gadoev So‘xrob Jumaqulovich va O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi “Moliya” kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Tursunov Jahongir Pulatovichlar tavsiya etiladi.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi yashirin iqtisodiyotni moliya-soliq vositalari orqali kamaytirish mexanizmlari va chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yashirin iqtisodiyotni kamaytirishning tezkor va ta’sirchan choralari tarkibida soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) holatida yashirilgan soliq bazasi summasiga nisbatan jarima miqdorini 20 foizdan 30 foizga oshirish orqali yashirin aylanmaga sanksiyalarning ta’sirchanligini kuchaytirish taklifi asoslangan;
yashirin iqtisodiyot darajasini kamaytirishning soliq ma’muriyatchiligi samarali vositalari va ular ta’sirchanligini tushumni to‘liq rasmiylashtirmaslik, nazorat-kassa texnikasini qo‘llamaslik yoki chek bermaslik kabi holatlar uchun alohida moliyaviy jarimalar qo‘llash orqali moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash yo‘llari ishlab chiqilgan;
aholini bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari orqali uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi doirasida uning moliyaviy ta’minoti kafolatlarining yangi manbai sifatida daromadlar shaffofligi va soliq intizomini kuchaytirish orqali yashirin iqtisodiyotni bartaraf etishning soliq omillari ta’sirchanligini oshirish asoslangan;
xorijiy kreditlardan foydalanish amaliyotida davlat moliyaviy xavfsizligini ta’minlash kafolatlarini mustahkamlash maqsadida markazlashgan investisiyalar umumiy hajmida davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlarning ishtiroki ulushini
50 foizdan oshirmaslik taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotni moliya-soliq vositalari orqali kamaytirish yo‘llari bo‘yichaga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
yashirin iqtisodiyotni kamaytirishning tezkor va ta’sirchan choralari tarkibida soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) holatida yashirilgan soliq bazasi summasiga nisbatan jarima miqdorini 20 foizdan 30 foizga oshirish orqali yashirin aylanmaga sanksiyalarning ta’sirchanligini kuchaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-son Qonunida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 12-martdagi 41-7-4613-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi natijasida, 2023-2024-yillar davomida davlat hisobiga Soliq kodeksi bo‘yicha – yuridik shaxslar va yakka tartibdagi korxonalarga qo‘llanilgan moliyaviy sanksiyalar orqali 14,1 mlrd. so‘m, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi bo‘yicha - ushbu yuridik shaxslarning mansabdor shaxslariga jarimalar tarzida 4,8 mlrd. so‘m mablag‘ undirildi, yashirin iqtisodiyotning ulushini 14,8 foizga kamaytirishga erishilgan;
yashirin iqtisodiyot darajasini kamaytirishning soliq ma’muriyatchiligi samarali vositalari va ular ta’sirchanligini tushumni to‘liq rasmiylashtirmaslik, nazorat-kassa texnikasini qo‘llamaslik yoki chek bermaslik kabi holatlar uchun alohida moliyaviy jarimalar qo‘llash orqali moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston-2030 Strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonidagi “Fiskal barqarorlikni ta’minlash va davlat majburiyatlarini samarali boshqarish” nomli
46-maqsaddagi 2030-yilgacha erishilishi lozim bo‘lgan - “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish orqali soliq bazasini qo‘shimcha kengaytirish imkoniyatidan foydalanish” bandida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 12-martdagi 41-7-4613-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi natijasida 2024-yildan boshlab yashirin iqtisodiyot darajasini hisoblash aniqligining 25 foizga ortishi, soliq bazasini qo‘shimcha 14,7 foizga kengaytirish imkoniyati yaratildi hamda 2030-yilda
2023-yildagiga nisbatan rasmiy bandlik darajasini 1,8 marta oshirish, soliq bazasini 2,0 barobar kengaytirish imkoniyatlarini yaratish va ta’minlash ko‘zda tutilgan;
aholini bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari orqali uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi doirasida uning moliyaviy ta’minoti kafolatlarining yangi manbai sifatida daromadlar shaffofligi va soliq intizomini kuchaytirish orqali yashirin iqtisodiyotni bartaraf etishning soliq omillari ta’sirchanligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 12-martdagi 41-7-4613-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi bilan xalqaro va mahalliy fond birjalarida “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJning ipoteka obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish uchun kompaniyaning ustav fondi 100 mln AQSh dollari ekvivalentiga etkazilishi ta’minlangan va bunda, ipoteka obligatsiyalarini joylashtirish hisobiga jalb qilingan mablag‘lar ipoteka kreditlari uchun resurs sifatida banklarga joylashtirilishi, 2026 yilgacha ipoteka kreditlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslar daromadlari bazasidan ipoteka kreditlari qaytarilishi bilan bog‘liq xarajatlarning soliq bazasidan chiqarilishi tartibi joriy etilgan;
xorijiy kreditlardan foydalanish amaliyotida davlat moliyaviy xavfsizligini ta’minlash kafolatlarini mustahkamlash maqsadida markazlashgan investisiyalar umumiy hajmida davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlarning ishtiroki ulushini 50 foizdan oshirmaslik taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №459-sonli Qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 12-martdagi 41-7-4613-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilish davlat qarzlarini samarali boshqarish, soliq imtiyozlarining ta’sirchan, barqaror va kafolatli tizimi orqali xorijiy kreditlarni samarali jalb etish va ularni manzilli hamda davlat investision siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq maqsadli taqsimlash imkoniyatlarini oshirgan.
Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi tijorat banklarida muammoli kreditlarni boshqarishda ijobiy natijalarga erishish mumkin.