Jo‘raev Sherali G‘ulom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoroda muzey ishining shakllanish asoslari va rivojlanish bosqichlari (XX asr 20-80-yy.)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tar1301
Ilmiy rahbar: To‘raev Halim Hojievich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.08.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rahimov Komiljon Rahmatovich - tarix fanlari doktori (DSc), professor; Robert Valievich Almeev - tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1920-1980-yillarda Buxoroda muzey ishining shakllanish jarayoni asoslari va rivojlanish bosqichlari tarixiy ilmiy ahamiyati hamda muzey faoliyatining mintaqa madaniy merosini saqlashdagi rolini ko‘rsatib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro muzey ishi tarixining yangi tizimlashtirilgan tahlili amalga oshirilishi natijasida 1920-1980-yillargacha bo‘lgan davrda muzeyning shakllanishi va rivojlanishi uch asosiy bosqichga ajratilib, uning ilm-fan va madaniyatdagi o‘rni, fond materiallarining soni ortishi, ilmiy xodimlar tarkibining takomillashuvi shu davrda muzeyning 10 dan ortiq muzeylar (Ermitaj davlat muzeyi, Moskvadagi Inqilob muzeyi, Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi, Toshkentdagi San’at muzeyi, shuningdek Tomsk, Novokuznesk, Novosibirsk shaharlaridagi muzeylar) bilan aloqalar o‘rnatilish va xodimlar tomondan amalga oshirilgan ilmiy ekspedisiyalar faoliyatiga bog‘liq bo‘lganligi isbotlangan;
Muzeyning shakllanishida ikki mingga yaqin artefaktlarni jamlagan sobiq amirlik kolleksiyasining muhim ahamiyat kasb etganligi (eski inventar bo‘yicha №1 dan boshlangan), shuningdek, O‘z MA, Buxoro viloyat arxivida saqlanayotgan Buxkomstarisga oid 100 dan ortiq arxiv hujjatlari va fotosuratlar, yangi muzeydagi dastlabki kolleksiyalarning etnografiya, arxeologiya va qimmatbaho buyumlar (1059 dona) kabi yo‘nalishlarga bo‘lingani va 1932-yildan boshlab muzeyda taxminiy fondi mingdan ortiq sharq qo‘lyozmalari kutubxonasi faoliyatining ilmiy ahamiyati dalillangan;
“Qushbegi arxivi”ning ilk bor Buxoro muzeyida ilmiy jihatdan o‘rganilib, muomalaga kiritilgani (1920-yilda qisman, 1931-yilda 70 mingdan ortiq hujjatlar topilgan, muzeyda maxsus bo‘lim tuzilgan), muzey xodimlarining arxiv hujjatlarini o‘rganish jarayoni va turkumlarga ajratishi, xususan, arxeolog V.A.Shishkin va sharqshunos F.B.Rostopchinning bu boradagi faoliyatlari, shuningdek, R.B.Kanskiyning ilmiy jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan shaxsiy arxivi (o‘z davrining olimlari bilan olib borgan yozishmalari, muzeyning mavzuviy-ekspozision rejalari)ning tarixiy qiymati va Buxoro tarixini o‘rganishdagi ahamiyati ochib berilgan;
XX asr 60-80-yillarida Buxoro muzeyi ilmiy faoliyatining rivojlanishi (bu davrda B.A.Kazakov, G‘.N.Qurbonov, H.H.To‘raev muzey eksponatlariga asoslangan nomzodlik dissertatsiyalarining himoya qilinishi, Butunittifoq bo‘yicha o‘tkazilgan “Bartold o‘qishlari”da ishtiroki, “Arab yozuvidagi qo‘lyozmalarni o‘rganish ilmiy markazi” va muzeyning “Iz istorii kul`turnogo naslediya” to‘plamining tashkil etilishi, 150 dan ortiq davriy matbuotdagi chiqishlar, 10 dan ortiq nashrlar), muzey fondlarining tartiblanishi, hududdagi 10 dan ortiq tarixiy-me’moriy obidalarning muzeylashtirilishi, ayniqsa, 1980-yillarda Respublikadagi hech bir viloyat muzeyi Buxoro muzeyi kabi ilmiy-akademik natijalarga erisha olmagani dalillan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Buxoro muzeyining tarixi, tashkil topish va rivojlanish bosqichlari tarixiy asoslarini tahlil qilish natijasida quyidagilar amaliyotga joriy qilingan:
Buxoro muzey ishi tarixining yangi tizimlashtirilgan tahlili amalga oshirilishi natijasida 1920-1980-yillargacha bo‘lgan davrda muzeyning shakllanishi va rivojlanishi uch asosiy bosqichga ajratilib, uning ilm-fan va madaniyatdagi o‘rni, fond materiallarining soni ortishi, ilmiy xodimlar tarkibining takomillashuvi shu davrda muzeyning 10 dan ortiq muzeylar (Ermitaj davlat muzeyi, Moskvadagi Inqilob muzeyi, Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi, Toshkentdagi San’at muzeyi, shuningdek Tomsk, Novokuznesk, Novosibirsk shaharlaridagi muzeylar) bilan aloqalar o‘rnatilish va xodimlar tomondan amalga oshirilgan ilmiy ekspedisiyalar faoliyatiga bog‘liq bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston madaniy merosi – Yangi Renessans poydevori” V xalqaro kongressini tashkillashtirishda keng foydalanildi (O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining 2025-yil 17-iyuldagi 49-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo’llanilishi Buxoro muzeyi tarixi va moddiy madaniy merosini asrash, unga doir bilimlarni takomillashtirishga xizmat qilgan.
Muzeyning shakllanishida ikki mingga yaqin artefaktlarni jamlagan sobiq amirlik kolleksiyasining muhim ahamiyat kasb etganligi (eski inventar bo‘yicha №1 dan boshlangan), shuningdek, O‘z MA, Buxoro viloyat arxivida saqlanayotgan Buxkomstarisga oid 100 dan ortiq arxiv hujjatlari va fotosuratlar, yangi muzeydagi dastlabki kolleksiyalarning etnografiya, arxeologiya va qimmatbaho buyumlar (1059 dona) kabi yo‘nalishlarga bo‘lingani va 1932-yildan boshlab muzeyda taxminiy fondi mingdan ortiq sharq qo‘lyozmalari kutubxonasi faoliyati doir materiallardan “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Boqiy obidalar”, “Ko‘hna manzillar”, “Ekspedisiya”, “Sayohatnoma”, “Bir eksponat tarixi”, “Yangi talqin” ko’rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2025-yil 25-iyuldagi 01-33/559-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar muzey eksponatlari va kolleksiyalarini o‘rganish, moddiy va yozma manbalar bilan jamoatchilikni tanishtirishda ilmiy asos vazifasini o’tagan.
“Qushbegi arxivi”ning ilk bor Buxoro muzeyida ilmiy jihatdan o‘rganilib, muomalaga kiritilgani (1920-yilda qisman, 1931-yilda 70 mingdan ortiq hujjatlar topilgan, muzeyda maxsus bo‘lim tuzilgan), muzey xodimlarining arxiv hujjatlarini o‘rganish jarayoni va turkumlarga ajratishi, xususan, arxeolog V.A.Shishkin va sharqshunos F.B.Rostopchinning bu boradagi faoliyatlari, shuningdek, R.B.Kanskiyning ilmiy jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan shaxsiy arxivi (o‘z davrining olimlari bilan olib borgan yozishmalari, muzeyning mavzuviy-ekspozision rejalari)ning tarixiy qiymati va Buxoro tarixini o‘rganishdagi ahamiyati borasidagi ma’lumotlardan Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi Tarix ilmiy bo‘limida “Noyob osori-atiqa to‘plovchi muzey fidoyilari” nomli ko‘rgazma tashkil qilinib, amaliyotga joriy qilindi. (O’zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 28-avgustdagi 04-05/3442-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriylantirilishi Buxoro muzeyi fondlarini tartiblash, tarixiy-me’moriy obidalarni muzeylashtirish masalalarini tizimlashtirishga va asosli ma’lumotlarning vujudga kelishiga xizmat qildi.
XX asr 60-80-yillarida Buxoro muzeyi ilmiy faoliyatining rivojlanishi (bu davrda B.A.Kazakov, G‘.N.Qurbonov, H.H.To‘raev muzey eksponatlariga asoslangan nomzodlik dissertatsiyalarining himoya qilinishi, Butunittifoq bo‘yicha o‘tkazilgan “Bartold o‘qishlari”da ishtiroki, “Arab yozuvidagi qo‘lyozmalarni o‘rganish ilmiy markazi” va muzeyning “Iz istorii kul`turnogo naslediya” to‘plamining tashkil etilishi, 150 dan ortiq davriy matbuotdagi chiqishlar, 10 dan ortiq nashrlar), muzey fondlarining tartiblanishi, hududdagi 10 dan ortiq tarixiy-me’moriy obidalarning muzeylashtirilishi, ayniqsa, 1980-yillarda Respublikadagi hech bir viloyat muzeyi Buxoro muzeyi kabi ilmiy-akademik natijalarga erisha olmagani kabi asosli ma’lumotlar “Mahalla” teleradiokanali DM “Mahalla” radiosining “Moziy manzarasi” eshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi. (O’zbekiston Respublikasi “Mahalla” teleradiokanali DM “Mahalla” radiosining 2025-yil 12-avgustdagi 03-10-17-3815-son ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliyotga joriy qilinishi muzeyga virtual sayohatlarni amalga oshirishni rivojlantirishga xizmat qildi.