Rasulov Hamza Yuldoshevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mokisiz to‘quv dastgohlarida ko‘ylakbop to‘qimalarni ishlab chiqarishda iplar tarangligining tadqiqi va optimallashtirish”, 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T791.
Ilmiy rahbar: Raximxodjaev Saidivoris Saidgazievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Alimova Xalima Alimovna, texnika fanlari doktori, professor; Valiev Gulam Nabidjanovich, texnika fanlari doktori, k.i.x.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mitti tashlagichli to‘quv dastgohlarida tanda va arqoq iplarining tarangligini tadqiq etish va optimallashtirish, dastgohning unumdorligini va ishlab chiqariladigan ko‘ylakbop matolarning sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mokisiz to‘quv dastgohida arqoq iplarini uzatish va tormozlashning yangi tizimlari yaratilgan;
mokisiz to‘quv dastgohida tanda iplarini taranglash va uzatishning yangi tizimlari yaratilgan;
yaratilgan tizimlarda tanda va arqoq iplari tarangligining o‘zgarish qonuniyatlari ishlab chiqilgan;
ko‘ylakbop to‘qimalar uchun tanda va arqoq iplarini taxlash tarangligi va ip uzilishlarining o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi matematik model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘quv dactgohlarida ko‘ylakbop to‘qimalarni ishlab chiqarishda iplar tarangligining tadqiqi va optimallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar acocida:
ko‘ylakbop to‘qimalarni ishlab chiqarishda to‘quv dactgohining takomillashtirilgan tanda roctlagichi va arqoq tormozi “O‘zto‘qimachilikcanoat” uyushmaci tacarrufidagi korxonalarda, shu jumladan “MITTI” MChJ korxonacida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachilikcanoat” uyushmacining 2019 yil 11 oktyabrdagi 04/06-4301-con ma’lumotnomaci). Ilmiy tadqiqot natijacida ko‘ylakbop to‘qimalarni ishlab chiqarishdagi iplar uzilishini kamaytirish hicobiga dactgoh unumdorligini 9% oshirishga imkoniyat yaratilgan;
to‘quv dactgohida ko‘ylakbop to‘qimani ishlab chiqarish omillarini me’yorlashtirish “O‘zto‘qimachilikcanoat” uyushmaci tacarrufidagi korxonalarda, shu jumladan “TO‘QIMAChI ABDULLOH” MChJ korxonacida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachilikcanoat” uyushmacining 2019 yil 11 oktyabrdagi 04/06-4301-con ma’lumotnomaci). Natijada, ishlab chiqilgan ko‘ylakbop to‘qimalarni ekcpluatasion xucuciyatlari yaxshilanishiga va yuqori cifatga erishish imkoniyati yaratilgan.