Qayumov Alisher Tojievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Chingizxon istilosining Movarounnahr aholisi tamadduniga salbiy ta’siri”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1099.
Ilmiy rahbar: Tursunov Djavli Narzullaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Tar.12.01.
Rasmiy opponentlar: Qabulov Eshbolta Atamuratovich, tarix fanlari doktori, professor; Xoliyorov To‘lqin Chorshanbievich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Chingizxon bosqinining Movarounnahr aholisi madaniy taraqqiyotiga ta’sirining ijtimoiy–iqtisodiy oqibatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Mo‘g‘ullarning yashirin tarixi”, “Argasun–xurchi haqida hikoya”, “Etim bolaning Chingizxonning to‘qqiz oluklari bilan suhbati”, “Uch yuzta tayjuit bilan uchrashuvi”, Sagan Sesenning “Erdeniyn tobchi”, Lama olimi Lubsan Danzanning “Altan tobchi”, muallifi noma’lum bo‘lgan “Shara tuji” kabi asarlar Chingizxon shaxsi va davlat boshqaruvini yoritib beruvchi yangi tarixiy ma’lumotlar ekanligi aniqlangan; 
Xorazmshohlar davlatida hukmron doiralar tomonidan dehqonlar va shaharliklarga nisbatan joriy etilgan yuqori soliq to‘lovlari xalqning asosli e’tirozlariga sabab bo‘lganligi, qang‘li hamda qipchoq qabilalarining fitnalari Xorazmshoxlar davlatining inqiroziga olib kelganligi ochib berilgan; 
Tarixiy va ilmiy adabiyotlar hamda ilmiy muomalaga kiritilmagan qo‘lyozmalar asosida Movarounnahrda chingiziylar hokimiyatining to‘la o‘rnatilishi, uning milliy o‘zlik, etnik tarkib hamda antropologik qiyofasiga ko‘rsatgan jiddiy ta’siri yoritib berilgan; 
Chingiziy xonlarning Movarounnahr va Sharqiy Turkistonda siyosiy hokimiyatga kelishi, davlat boshqaruv tizimida qilingan o‘zgarishlar, soliq siyosati, ko‘chmanchi qabilalarning o‘troq hayotga o‘tishi tufayli aholining “jeta” va “qoraunas” kabi guruhlarga ajralib qolganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chingizxon istilosining Movarounnahr aholisi tamadduniga salbiy ta’siri misolida o‘zbek davlatchiligi tarixini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
“Mo‘g‘ullarning yashirin tarixi”, “Argasun–xurchi haqida hikoya”, “Etim bolaning Chingizxonning to‘qqiz orluklari bilan suhbati”, “Uch yuzta tayjuit bilan uchrashuvi”, muallifi noma’lum bo‘lgan “Shara tuji”, Sagan Sesenning “Erdeniyn tobchi”, Lama olimi Lubsan Danzanning “Altan tobchi” kabi asarlari Chingizxon shaxsi va davlat boshqaruvini yoritib beruvchi yangi tarixiy ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Tadqiqot” ko‘rsatuvi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Tadqiqot” ko‘rsatuvi asosida taqdim etilgan 2021 yil 3 dekabrdagi 01-40-1810-son ma’lumotnomasi). Natijalar, Movarounnahrning mo‘g‘ullar davri tarixini yangi manbalar asosida o‘rganish va ilmiy jihatdan tahlil qilishga xizmat qilgan.
Xorazmshohlar davlatida hukmron doiralar tomonidan dehqonlar va shaharliklarga nisbatan joriy etilgan yuqori soliq to‘lovlari xalqning asosli e’tirozlariga sabab bo‘lganligi, qang‘li hamda qipchoq qabilalarining fitnalari Xorazmshoxlar davlatining inqiroziga olib kelganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Tadqiqot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Tadqiqot” ko‘rsatuvi asosida taqdim etilgan 2021 yil 3 dekabrdagi 01-40-1810-son ma’lumotnomasi). Natijalar, xorazmshohlar davlatining ijtimoiy-siyosiy ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlarning keng ilmiy jamoatchilik o‘rtasida yoyilishiga xizmat qilgan;
Tarixiy va ilmiy adabiyotlar hamda ilmiy muomalaga kiritilmagan qo‘lyozmalar asosida Movarounnahrda chingiziylar hokimiyatining to‘la o‘rnatilishi, uning milliy o‘zlik, etnik tarkib hamda antropologik qiyofasiga ko‘rsatgan jiddiy ta’siri to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining ish faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 18-oktyabrdagi № 01-22/1129-son ma’lumotnomasi). Natijalar, mo‘g‘ullar hukmronligi davrida Movarounnahrdagi etnik jarayonlar bilan bog‘liq tarixiy manbalarni yanada chuqurroq tadqiq etishga xizmat qilgan;
Chingiziy xonlarning Movarounnahr va Sharqiy Turkistonda siyosiy hokimiyatga kelishi, davlat boshqaruv tizimida qilingan o‘zgarishlar, soliq siyosati, ko‘chmanchi qabilalarning o‘troq hayotga o‘tishi tufayli aholining “jeta” va “qoraunas” kabi guruhlarga ajralib qolganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 18-oktyabrdagi № 01-22/1129-son ma’lumotnomasi). Natijalar, mo‘g‘ullar hukmronligi davrida Movarounnahrdagi boshqaruv tizimi, soliq siyosati va ko‘chmanchi qabilalar hayotuda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar chuqurroq o‘rganishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish