Xomidov Qaxxorali Qurbonali o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda turistik majmualar faoliyatini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Iqt729
Ilmiy maslahatchi: Saidov Mash’al Samadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.11.03
Rasmiy opponentlar: Ochilov Akram Odilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raximov Anvar Norimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismoilov Akmal Maqsudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turistik majmualar faoliyatini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “turistik-innovatsion majmua” tushunchasining iqtisodiy mazmuni hududning turistik resurslaridan maksimal daromad va minimal ekologik yuk mezonlari bo‘yicha optimal foydalanish, bosqichli marketing strategiyasini yaratish va joriy etish hamda turizm tashkilotlarining funksional-geografik konsentratsiyasi asosida dam olish ehtiyojlarini qondirish va hududiy raqobatbardoshlikni oshirish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
«ChIMYoN», «NIHOL», «CRISTAL RESORT», «TIBET MOUNS FLORA» va «ZOMIN» turistik muassasalarining resurs salohiyati tabiiy resurslar mavjudligi (vazn 0,25), infratuzilma qamrovi (0,20), xizmat ko‘rsatish sifati (0,20), ekologik tozalik (0,15) hamda boshqaruv samaradorligi (0,20) mezonlari bo‘yicha 0–10 ballik shkalada kompleks baholashning integral indekslar mos ravishda 5,072; 6,103; 4,018; 4,417; 4,814 ni tashkil etgani va «NIHOL» sanatoriysining ko‘rsatkichi umumiy o‘rtacha qiymatdan 1,218 ballga (24,9%) yuqori ekanligi ilmiy asoslangan;
turistik majmualar faoliyatini strategik subekt va obektni aniqlash, boshqaruv funksiyalari va usullarini tanlash, resurs ta’minotini tizimlashtirish, moliyaviy usullarni tanlash hamda prognozlashga asoslangan KBI va ROI samaradorlik indeksi orqali baholash bo‘yicha xizmat hajmini 18,6% ga, foydani 22,4% ga oshirish hamda xizmatlardan qoniqish 3,2 dan 4,1 ballga (5 ballik shkalada) ko‘tarilishiga qaratilgan taklif ilmiy asoslangan;
turistik majmualar boshqaruv faoliyatida moliyaviy-iqtisodiy dastaklardan foydalanishning integral ko‘rsatkichi (I=∑_(i=1)^6▒w_i ⋅x_i^"norm" ) bo‘yicha dastaklarning ta’sir intensivligi〖 (x〗_1), raqamli xizmatlar ulushi〖 (x〗_2), dastaklar joriy etilgan bo‘linmalar ulushi (x_3) –, moliyaviy-iqtisodiy dastaklarni o‘zgartirishdagi lag kechikishi〖 (x〗_4), o‘zgartirish vaqtining kechikishi 〖(x〗_5), dastaklarning ta’sir qilish ehtimolligi (x_6) ko‘rsatkichlari min-maks usulida 0–1 oralig‘ida normallashtirib aniqlanadigan vazn koeffisientlari (w_1=0,20;w_2=0,25;w_3=0,05;w_4=0,15;w_5=0,15;w_6=0,20) orqali hisoblangan integral ko‘rsatkich qiymati 0,72 dan 0,89 gacha oshgani ilmiy asosangan;
turistik majmualarda amalga oshirilgan investisiyalar hajmi, mamlakat ichidagi turizm iste’moli, mamlakat ichidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri turizm taklifi va turistik majmualarga yillik tashrif buyuruvchilari sonining tarmoq yalpi mahsuloti hajmiga ta’sirini ifodalovchi ko‘p omilli ARIMA modeli asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri turizmda yaratilgan yalpi ichki mahsulot hajmining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda turistik majmualar faoliyatini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “turistik-innovatsion majmua” tushunchasining iqtisodiy mazmuni hududning turistik resurslaridan maksimal daromad va minimal ekologik yuk mezonlari bo‘yicha optimal foydalanish, bosqichli marketing strategiyasini yaratish va joriy etish hamda turizm tashkilotlarining funksional-geografik konsentratsiyasi asosida dam olish ehtiyojlarini qondirish va hududiy raqobatbardoshlikni oshirish nuqtai nazaridan takomillashtirilganligi bo‘yicha ilmiy yangilik nazariy-uslubiy materiallardan Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Turizm va mehmonxona xizmatlari iqtisodiyoti” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil “9”-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda doimiy ravishda yangilanib boruvchi kompleks boshqaruv tizimi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “turistik-innovatsion majmua” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
«ChIMYoN», «NIHOL», «CRISTAL RESORT», «TIBET MOUNS FLORA» va «ZOMIN» turistik muassasalarining resurs salohiyati tabiiy resurslar mavjudligi (vazn 0,25), infratuzilma qamrovi (0,20), xizmat ko‘rsatish sifati (0,20), ekologik tozalik (0,15) hamda boshqaruv samaradorligi (0,20) mezonlari bo‘yicha 0–10 ballik shkalada kompleks baholashning integral indekslar mos ravishda 5,072; 6,103; 4,018; 4,417; 4,814 ni tashkil etgani va «NIHOL» sanatoriysining ko‘rsatkichi umumiy o‘rtacha qiymatdan 1,218 ballga (24,9%) yuqori ekanligi ilmiy asoslanganligi bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 24-noyabrdagi 03-10-17-12050-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida sohada faoliyat ko‘rsatuvchi turistik majmualarning resurs salohiyatini boshqaruv samaradorligini kompleks baholash ko‘rsatkichlari chegaralarini 7 ta konsentratsiyalangan vazifalar asosida optimallikka erishilgan va muvozanatli rivojlantirish strategiyalarini shakllantirish aniqligi 11-13 % ga ortgan;
turistik majmualar faoliyatini strategik subekt va obektni aniqlash, boshqaruv funksiyalari va usullarini tanlash, resurs ta’minotini tizimlashtirish, moliyaviy usullarni tanlash hamda prognozlashga asoslangan KBI va ROI samaradorlik indeksi orqali baholash bo‘yicha xizmat hajmini 18,6% ga, foydani 22,4% ga oshirish hamda xizmatlardan qoniqish 3,2 dan 4,1 ballga (5 ballik shkalada) ko‘tarilishiga qaratilgan taklif ilmiy asoslanganligi bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 24-noyabrdagi 03-10-17-12050-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida yuqori turistik majmualar resurs salohiyatiga ega hududlarda mavjud nisbiy ustunliklardan kelib chiqib, shahar va tumanlarning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini turistik majmualar faoliyati dominantligi asosida ta’minlash yo‘nalishidagi taraqqiyot strategiyalari ishlab chiqilgan;
turistik majmualar boshqaruv faoliyatida moliyaviy-iqtisodiy dastaklardan foydalanishning integral ko‘rsatkichi (I=∑_(i=1)^6▒w_i ⋅x_i^"norm" ) bo‘yicha dastaklarning ta’sir intensivligi〖 (x〗_1), raqamli xizmatlar ulushi〖 (x〗_2), dastaklar joriy etilgan bo‘linmalar ulushi (x_3) –, moliyaviy-iqtisodiy dastaklarni o‘zgartirishdagi lag kechikishi〖 (x〗_4), o‘zgartirish vaqtining kechikishi 〖(x〗_5), dastaklarning ta’sir qilish ehtimolligi (x_6) ko‘rsatkichlari min-maks usulida 0–1 oralig‘ida normallashtirib aniqlanadigan vazn koeffisientlari (w_1=0,20;w_2=0,25;w_3=0,05;w_4=0,15;w_5=0,15;w_6=0,20) orqali hisoblangan integral ko‘rsatkich qiymati 0,72 dan 0,89 gacha oshgani ilmiy asosanganligi bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 24-noyabrdagi 03-10-17-12050-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida turistik majmualar boshqaruv faoliyatida moliyaviy-iqtisodiy dastaklaridan foydalanish asosidagi faoliyatni boshqarish natijadorligi 9-12% ga ortgan;
turistik majmualarda amalga oshirilgan investisiyalar hajmi, mamlakat ichidagi turizm iste’moli, mamlakat ichidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri turizm taklifi va turistik majmualarga yillik tashrif buyuruvchilari sonining tarmoq yalpi mahsuloti hajmiga ta’sirini ifodalovchi ko‘p omilli ARIMA modeli asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri turizmda yaratilgan yalpi ichki mahsulot hajmining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlar ishlab chiqilganlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 24-noyabrdagi 03-10-17-12050-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida turizm sohasi uchun o‘rta va uzoq muddatli davrga maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqildi va uni amalga oshirish vazifalarini optimal tashkil etish aniqligi ortgan.