Xoliyorova Shoxista Qahraamon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida xotin-qizlarning barqaror ish bilan bandligini ta’minlash”, 08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti”, 08.00.10 – “Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti ”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2025.1.PhD/Iqt5148.
Ilmiy rahbari: Abduraxmanova Gulnora Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Fotima Hakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari bo‘ycha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarida xotin-qizlarning barqaror ish bilan bandligini ta’minlash mexanizmlarini baholash hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda bandlik” tushunchasining iqtisodiy mazmuni barqaror ish bilan bandlikni iqtisodiy, ijtimoiy va institutsional omillar uyg‘unligi natijasida shakllanadigan ko‘p qirrali jarayon sifatida talqin qilish, uning tarkibiy elementlari va o‘zaro bog‘liqligini ilmiy jihatdan tizimlashtirish orqali takomillashtirilgan; 
tadbirkorlik sohasida xotin-qizlarni barqaror ish bilan band qilish xususiyatlariga ko‘ra tashkil etiluvchi klasterli tizim kasanachilik, yakka tartibdagi tadbirkorlik va ausorsing asosida ishlovchi xotin-qizlarning mehnatini tashkil etishga maxsus yondashish orqali takomillashtirilgan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning barqaror ish bilan bandligini ta’minlash va iqtisodiy faolligini kompleks baholashga mo‘ljallangan maxsus indikatorlar tizimi sohadagi xotin-qizlar bandligining “past daraja” (45% gacha) “o‘rtacha daraja” (45-65%), “yuqori barqarorlik” (65% dan yuqori) miqdoriy chegaralarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda xotin-qizlarning barqaror ish bilan bandligiga ta’sir etuvchi omillarning chiziqli regressiya modeli asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida xotin-qizlar bandligini ta’minlashning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarida xotin-qizlarning barqaror ish bilan bandligini ta’minlash mexanizmlarini baholash hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy va amaliy takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda bandlik” tushunchasining iqtisodiy mazmuni barqaror ish bilan bandlikni iqtisodiy, ijtimoiy va institutsional omillar uyg‘unligi natijasida shakllanadigan ko‘p qirrali jarayon sifatida talqin qilish, uning tarkibiy elementlari va o‘zaro bog‘liqligini ilmiy jihatdan tizimlashtirish orqali takomillashtirish bo‘yicha nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Mehnat munosabatlari:  ish bilan bandlik” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2026-yil 29-yanvarda bo‘lib o‘tgan o‘quv-uslubiy kengashining №6/2 sonli qaroridan ko‘chirma va Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 18-apreldagi  01-06-30-3730-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda “kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda bandlik” tushunchasining takomillashgan iqtisodiy mazmuni bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
tadbirkorlik sohasida xotin-qizlarni barqaror ish bilan band qilish xususiyatlariga ko‘ra tashkil etiluvchi klasterli tizim kasanachilik, yakka tartibdagi tadbirkorlik va ausorsing asosida ishlovchi xotin-qizlarning mehnatini tashkil etishga maxsus yondashish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlikni yagona iqtisodiy ekotizimga joriy qilish va barqarorlashtirishda qo‘llanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 18-apreldagi  01-06-30-3730-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida xotin-qizlar tadbirkorligiga yo‘naltirilgan klasterli tizim mahalliy bizneslar va mikro-ishlab chiqarishlarni samarali tartibga solishga yordam berdi hamda xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish, kooperatsiya va o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish hisobiga yangi ish o‘rinlari yaratish va mavjud ish o‘rinlarini mustahkamlash ta’minlangan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning barqaror ish bilan bandligini ta’minlash va iqtisodiy faolligini kompleks baholashga mo‘ljallangan maxsus indikatorlar tizimi sohadagi xotin-qizlar bandligining “past daraja” (45% gacha) “o‘rtacha daraja” (45-65%), “yuqori barqarorlik” (65% dan yuqori) miqdoriy chegaralarini ishlab chiqish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 18-apreldagi  01-06-30-3730-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Savdo-sanoat palatasi xotin-qizlarning mehnat bozoridagi ishtirokini to‘liq monitoring qilish, aniq raqamli ma’lumotlar asosida tahlil yuritish va maqsadli chora-tadbirlarni belgilash imkoniga ega bo‘lgan;
O‘zbekistonda xotin-qizlarning barqaror ish bilan bandligiga ta’sir etuvchi omillarning chiziqli regressiya modeli asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida xotin-qizlar bandligini ta’minlashning 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 18-apreldagi  01-06-30-3730-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida istiqbolda moliyaviy resurslar, qo‘llab-quvvatlash xizmatlari, ijtimoiy kafolatlar va kadrlarni tayyorlash mexanizmlarini integratsiya qilib, unda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tashkiliy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatlari uyg‘unlashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish