Gafurova Dilshoda Ramazanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarini innovatsion boshqarishning ilmiy-metodologik asoslarini takomillashtirish”, 08.00.13-“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Iqt725.
Ilmiy maslahatchi: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.I.23.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Eshov Mansur Po‘latovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Teshabaev To‘lqin Zakirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Gulyamov Saidasror Saidahmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Oliy ta’lim muassasalarini innovatsion boshqarishning ilmiy-metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oliy ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyat” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ta’lim, ilmiy-tadqiqot, moliyaviy-iqtisodiy jarayonlar, xalqaro hamkorlik hamda raqamli transformatsiya yo‘nalishlarini tizimli uyg‘unlashtirishga asoslangan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va boshqa ilg‘or innovatsion vositalardan kompleks foydalanish orqali universitetlarning barqaror rivojlanishi, global raqobatbardoshligi va milliy iqtisodiyotga integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan, strategik boshqaruvga yo‘naltirilgan uzlyuksiz jarayon sifatida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida xalqaro reyting indikatorlari asosida normativlar va strategik qaror qabul qilish asoslari tizimining ta’lim muhiti yo‘nalishiga ko‘ra quyi, o‘rta va yuqori me’yorlari tegishli ravishda talaba-o‘qituvchi nisbati (25:1; 20:1; 15:1), xalqaro akkreditatsiya dasturlari ulushi (≥ 20%; ≥ 30%; ≥ 50%), innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan auditoriyalar (≥ 50%; ≥ 70%; ≥ 90%), talabalar qoniqish indeksi (≥ 70%; ≥ 80%; ≥ 90%) indikatorlari bo‘yicha miqdoriy chegaralari taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalarini innovatsion boshqarishda baholash vositasi sifatidagi QS, THE va ARWU xalqaro reytinglar indikatorlarining muallif yondashuviga ko‘ra strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun navigator sifatida qo‘llanish metodologiyasi taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalarida innovatsion boshqaruvning tashkiliy, moliyaviy, ilmiy, ta’limiy, raqamli, xalqaro va ijtimoiy yo‘nalishlarini o‘zaro bog‘liq, moslashuvchan va integratsiyalashgan tizim sifatida tashkil etishni nazarda tutuvchi innovatsion faoliyatni boshqarishning adaptiv-ekotizim mexanizmi strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish, resurslarni taqsimlash va innovatsion rivojlanishni ta’minlovchi tizim yaratuvchi omil sifatida takomillashtirilgan;
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyat IBI modeli asosida innovatsion boshqaruvni pessimistik, realistik va optimistik ssenariylarda 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarini innovatsion boshqarishning ilmiy-metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oliy ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyat” tushunchasining iqtisodiy mazmunini ta’lim, ilmiy-tadqiqot, moliyaviy-iqtisodiy jarayonlar, xalqaro hamkorlik hamda raqamli transformatsiya yo‘nalishlarini tizimli uyg‘unlashtirishga asoslangan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va boshqa ilg‘or innovatsion vositalardan kompleks foydalanish orqali universitetlarning barqaror rivojlanishi, global raqobatbardoshligi va milliy iqtisodiyotga integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan, strategik boshqaruvga yo‘naltirilgan uzlyuksiz jarayon sifatida takomillashtirishga oid nazariy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Tashkiliy xulq” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 9 iyuldagi 258-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda oliy ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyat tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalarida xalqaro reyting indikatorlari asosida normativlar va strategik qaror qabul qilish asoslari tizimining ta’lim muhiti yo‘nalishiga ko‘ra quyi, o‘rta va yuqori me’yorlari tegishli ravishda talaba-o‘qituvchi nisbati (25:1; 20:1; 15:1), xalqaro akkreditatsiya dasturlari ulushi (≥ 20%; ≥ 30%; ≥ 50%), innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan auditoriyalar (≥ 50%; ≥ 70%; ≥ 90%), talabalar qoniqish indeksi (≥ 70%; ≥ 80%; ≥ 90%) indikatorlari bo‘yicha miqdoriy chegaralari taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026 yil 26 fevraldagi 02/01-01-136-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarida xalqaro reyting indikatorlari asosida normativlar va strategik qaror qabul qilish bo‘yicha miqdoriy chegaralarni takomillashtirish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalarini innovatsion boshqarishda baholash vositasi sifatidagi QS, THE va ARWU xalqaro reytinglar indikatorlarining muallif yondashuviga ko‘ra strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun navigator sifatida qo‘llanish metodologiyasi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026 yil 26 fevraldagi 02/01-01-136-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xalqaro reytinglar indikatorlarining strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun navigator sifatida qo‘llanish metodologiyasi takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida innovatsion boshqaruvning tashkiliy, moliyaviy, ilmiy, ta’limiy, raqamli, xalqaro va ijtimoiy yo‘nalishlarini o‘zaro bog‘liq, moslashuvchan va integratsiyalashgan tizim sifatida tashkil etishni nazarda tutuvchi innovatsion faoliyatni boshqarishning adaptiv-ekotizim mexanizmi strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish, resurslarni taqsimlash va innovatsion rivojlanishni ta’minlovchi tizim yaratuvchi omil sifatida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026 yil 26 fevraldagi 02/01-01-136-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida innovatsion faoliyatni boshqarishning adaptiv-ekotizim mexanizmini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyat IBI modeli asosida innovatsion boshqaruvni pessimistik, realistik va optimistik ssenariylarda 2030 yilgacha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026 yil 26 fevraldagi 02/01-01-136-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyat innovatsion boshqaruvni pessimistik, realistik va optimistik ssenariylariga ko‘ra prognoz ko‘rsatkichlarini baholash imkoni yaratilgan.