Bekchanova Nilufar Baltaboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tabiiy fanlarni o‘qitishda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodkorligini shakllantirish metodikasi” 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4568
Ilmiy rahbar: Pedagogika fanlari doktori, professor Raximov Atanazar Karimovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.V.38.03raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengash
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Gulruhsor Surxoniddinovna pedagogika fanlari doktori, professor, Baxodirova Umida Baxodirovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy fanlarni o‘qitishda bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish asosida ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodkorligini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari ijodiy faoliyatga qo‘yiladigan talablarni real muammoli vaziyatlarga optimal koordinatsiyalash, fanlararo integrativ mazmunga plastiklik, adaptivlik atributlarining o‘zaro ta’sirini intellektual-strategik maqsadlarga mos korreksion pedagogik baholash asosida aniqlashtirishgan;
tabiiy fanlarni o‘qitishda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilar ijodkorligi dunyoqarashni rivojlantirish va yangilik yaratishga o‘rgatish jarayonini tahliliy prognostik monitoring qilishning bosqichli algoritmiga muvofiq didaktik adaptativ loyihalash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitishning metodik tizimi tabiiy kompetentlik elementlarini o‘qitishning kreativlik va kollaborativlik modellariga talqinli interpretatsiyalash, amaliy-tadqiqotga yo‘naltirishning difrensiallashgan alternativ vositalarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodkorligini shakllantirish samaradorligi faol va barqaror rivojlanishini ijodiy erkinlikka asoslangan faoliyatini qo‘llab quvvatlovchi kreativ o‘quv muhitini yaratish, kasbiy-hayotiy kontekstda ijorkorlikni refleksiv va diagnostik baholashga izchiligini ta’minlash asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Tabiiy fanlarni o‘qitish mobaynida talabalarni ijodkorlik faolligini rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida: bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodkorligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari kognitiv, motivatsion-faoliyatli, qayta o‘zgartirish, kreativlikka xos original g‘oyalarni ilgari surish, nostandart fikrlash, fikrning moslashuvchanligi kabi sifatlar bilan qayta aloqasining identivligini, fanlararo o‘zaro aloqadorlikni amaliy-funksional, refleksiv, korreksion integratsiyalash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Tabiiy fanlar nazariyasi va metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son qarori, 377785-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalar ijodkorligini rivojlantirishda tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonidan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim tizimida tabiiy fanlarni o‘qitishning nazariya va amaliyot integratsiyasi jarayonida talabalarni ijodkorlikka yo‘naltirishning didaktik modelining amaliy komponenti motivatsion, rivojlantiruvchi, tashxis bosqichlari asosida semantik, tahliliy prognostik, tashkiliy protsessual, monitoring faoliyatlarining bosqichli algoritmiga adaptativ loyihalash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari uchun “Mutaxassislikka kirish” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son qarori, 55146-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalar ijodkorligini rivojlantirishda interfaol o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida ijodiy faoliyatni tashkil etishning metodik tizimiga tabiiy savodxonlik, kuzatuvchanlik, ijodiy tasavvur, kreativ fikrlash elementlarini talabalarning innovatsion faoliyatiga adaptiv didaktika tamoyil sifatida kiritish, tabiiy fanlar ta’limini tashkil etishda bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodkorlikka yo‘naltirishning didaktik ta’minoti, amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan differensial ta’lim muhitida, o‘quv-tadqiqotchilik kompetensiyasiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari uchun “Tabiiy fanlar nazariyasi va metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son qarori, 377785-raqamli guvohnoma). Natijada, tabiiy fanlarni o‘qitish mobaynida talabalarning ijodkorligini rivojlantirishga doir didaktik imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan.