Muxamedjanova Sarvara Fatxitdinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxta tozalagichining kolosnikli panjarasi konstruksiyasini takomillashtirib tozalash samaradorligini oshirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.02.03–“Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5664.
Ilmiy rahbar: Tuychiev Timur Ortikovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSC.03/2025.27.12.T.21.01.
Rasmiy opponentlar: Baxadirov G‘ayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor; Abdugaffarov Xusniddin Jurabekovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta tozalash korxonalarida mavjud yirik iflosliklardan tozalash uskunasining kolosnikli panjarasi konstruksiyasini takomillashtirish asosida tozalash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yirik iflosliklardan tozalash uskunasining asosiy arrachali barabani ostidagi kolosnikli panjaraning takomillashtirilgan konstruksiyasi paxta bo‘lakchalarini kolosniklarga borib urilishida ta’sir etuvchi kuchlarini hisoblash asosida ishlab chiqilgan;
tozalash jarayonida iflosliklar bilan qo‘shilib ketayotgan paxta bo‘lakchalari miqdorini kamaytiruvchi yirik iflosliklardan tozalash uskunasining regeneratsiya barabani ostidagi kolosnikli panjarasining konstruksiyasi takomillashtirilgan;
paxta oqimining massa, zichlik, tezlik va bosim parametrlarining kolosnik konstruktiv o‘zgaruvchilariga bog‘lanishining matematik modelini ishlab chiqish asosida, kolosnik diametri va oraliq masofasining normal bosim kuchiga ta’sir qonuniyatlari aniqlangan;
kolosniklarning turli shakllari va geometrik parametrlarini paxtani tozalash texnologiyasida bosqichma-bosqich qo‘llash asosida paxta oqimida bosim kuchi taqsimotining ratsional qiymatlari va tozalash samaradorligini oshganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxtani yirik iflosliklardan tozalash uskunasining kolosnikli panjaralarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tavsiya etilayotgan kolosnikli panjaralari turli diametrda va oraliq masofalarda hamda arrachali baraban bilan kolosnikli panjaralarda har xil oraliq masofasi o‘rnatilgan kolosnikli panjaraning takomillashtirilgan konstruksiyasi Buxoro Zarxal teks MChJ da joriy etilgan (O‘zbekiston respublikasi “O‘zto‘qimachilik sanoat” uyushmasining 2025-yil 18-avgustdagi 03/25- 2288 sonli ma’lumotnomasi). Natijada IV nav paxta dastlabki ishlanganda tozalash samardorligi 5,2 %ga oshib, tola tarkibidagi ifloslik va nuqsonlar miqdorini kamaytirish orqali tolaning sinfi “o‘rta”dan “yaxshi” sinfga ko‘tarilishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish