Suyunov Abdug‘ani Shavkat o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gruntli to‘g‘onlarning ustuvorligi va kuchlanganlik holatini gruntdagi filtratsiyani hisobga olgan holda baholash (Ayoqchi gruntli to‘g‘oni misolida)”, 05.09.06- Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T6043
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Mirsaidov Mirziyod Mirsaidovich, O‘zR FA akademigi, t.f.d., professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat muhandislik va agrotexnoligiyalar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03./2025.27.12.T.14.02 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Raxmatov Norqobil, texnika fanlari nomzodi, dotsent Umarxonov Sa’dillaxon Ismatullaevich  
Yetakchi tashkilot – Buxoro davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Gruntli to‘g‘onlarning bir jinsli va bir jinssizligini hisobga olgan holda turli tashqi ta’sirlar natijasida ulardagi qiyaliklarning ustuvorligi va kuchlanganlik holatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gruntli to‘g‘onning kuchlanganlik holati va mustahkamligini ishonchli baholash uchun uning konstruktiv xususiyatlarini to‘liq inobatga oluvchi takomillashtirilgan matematik model, zamonaviy hisoblash usuli va samarali algoritmi ishlab chiqilgan;
gruntli to‘g‘onning seysmik jarayonlar ta’sirida kuchlanganlik holati va ustuvorligi inshootning konstruktiv bir jinsli va bir jinssizligini, suv omborini suv bilan to‘ldirish jarayonini inobatga olib to‘g‘on tanasida yuzaga keladigan kuchlanish va deformatsiyalarning hisoblash usuli takomillashtirilgan;
gruntli to‘g‘onning turli tashqi kuchlar ta’siridagi noturg‘un majburiy tebranishlari va mustahkamligi, uning konstruktiv bir jinsli va bir jinssizligi asosida tebranish jarayonida hosil bo‘ladigan dinamik kuchlanish va deformatsiyalarni chuqur tahlil qilish, inshootning umumiy barqarorligi va ishonchliligini aniqlashning algoritmlari ishlab chiqilgan;
statik kuchlar ta’sirida gruntli to‘g‘onning mustahkamligi mavjud kriteriyalar asosida baholangan va ushbu konstruktiv echim uchun ustuvorlik etarli darajada taminlanganligi ya’ni to‘g‘on tanasida hosil bo‘ladigan vertikal va gorizontal kuchlanishlar, kesilish (siljish) kuchlari hamda deformatsiyalar taqsimoti aniqlanib, ularning ruxsat etilgan chegaraviy qiymatlar bilan solishtirma tahlili asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
-gruntli to‘g‘onlarning ustuvorligi va kuchlanganlik holatini gruntdagi filtarsiyani hisobga olgan holda baholashning matematik modeli va hisoblash usuli “Amu-Qashqadaryo ITHB” da joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 14-oktyabrdagi 04/19-5520-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanish holatlari, mustahkamligini baholash imkoniyati yaratilgan;
-gruntli to‘g‘onlarning ustuvorligi va kuchlanganlik holatini baholash Ayoqchi suv ombori gruntli to‘g‘oni uchun “Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligi va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi” da joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 14-oktyabrdagi 04/19-5520-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, gruntli to‘g‘onlarning mustahkamligini baholash imkoniyatini berishi ko‘rsatib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish