Mustafaeva Saodat Burxanovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Salim Ashur she’riyatida qo‘llanilgan lingvomadaniy birliklar tadqiqi” 10.00.01 - O‘zbek tili. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2024.2.PhD/Fil 4644  
Ilmiy rahbar: Narxodjaeva Xurshida Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK raqami: DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05. 
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, dotsent Yo‘ldasheva Xolida Qo‘zievna; filologiya fanlari doktori, professor Yuldasheva Dilorom Ne’matovna.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Salim Ashur she’riyatida qo‘llanilgan madaniy tushuncha ifodalovchi birliklarni tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
til va madaniyatni o‘zaro bog‘liqlikda ochib berish, madaniy merosni saqlash, xalqlar orasidagi aloqani mustahkamlashdagi ahamiyati Salim Ashur she’riyatidagi
lingvomadaniy birliklar tahlili vositasida dalillangan;
she’riy matnda qo‘llangan ramz, etalon, metafora, paremiologik birlik, stereotip, presedent birlik kabi lingvomadaniy birliklarning guruhlari izohlangan va ularning a’zolari aniqlangan;
may, tandir, o‘choq,  lagan, so‘fi, joynamoz, sandiq, to‘n, jelak, do‘mbira, shafaq, kelin, kuyov, nikoh, to‘y, sovchi do‘ppi, chimildiq, arava, qayish kabi madaniy birliklarni lingvokulturologik ahamiyati ochib berilgan;
milliy korpusda lingvomadaniy birliklarning tizimlashtirilishi hamda badiiy matnlarni tahlil qilishning zamonaviy usullari o‘zbek tilining madaniy boyligini to‘laqonli namoyon etish imkonini berishi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada olingan ilmiy natijalar amaliyotga joriy etilgan va vakolatli muassasalar tomonidan tasdiqlangan. Jumladan, she’riy matn tarkibida uchraydigan lingvomadaniy birliklarning kommunikativ vazifasi, ijtimoiy va madaniy kontekstdagi roli, shuningdek, ular orqali ifodalangan milliy tafakkur, milliy qadriyatlar hamda ijtimoiy xulq me’yorlari chuqur tahlil qilinib, Salim Ashur ijodidagi xalqona iboralar, diniy-axloqiy mazmundagi birliklar, madaniy stereotiplar, hurmat-izzatni ifodalovchi birliklar orqali o‘zbek xalqining milliy o‘zligi va madaniy me’yorlarining badiiy nutqda ifodalanishiga oid dissertant tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosalardan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023–2024-yillarda amalga oshirilgan “2023 KA 171 Mobility Higher Education studens (Erasmus+)” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida metodik va nazariy asos sifatida foydalanilgan (Qo‘qon davlat universitetining   2025-yil 16-iyundagi 22-sonli ma’lumotnomasi).
Shuningdek, dissertatsiyada Salim Ashur ijodidagi xalqona, diniy-axloqiy birliklar hamda madaniy stereotiplar orqali milliy o‘zlik va madaniy me’yorlarning badiiy ifodasini tasniflashga oid yondashuvlardan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2020–2023-yillarda amalga oshirilgan AM-F3-201908172-raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha doirasida til birliklarini avtomatik aniqlash, funksional-pragmatik belgilash va raqamli lingvistik modellashtirish jarayonlarida nazariy asos sifatida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026 - yil 2-fevraldagi 04/1-578-sonli ma’lumotnomasi). 
Tadqiqot doirasida Salim Ashur ijodidagi she’riy matnlar asosida lingvomadaniy birliklarning mavzuviy tasnifi ishlab chiqilgan, ularning tarkibiy tuzilishi, semantik yuklamasi va kontekstual qo‘llanish xususiyatlari tahlil qilingan natijalar va asoslangan xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Badiiy kengashlari hisobot yig‘ilishlarida, to‘garaklar faoliyatida, mahorat darslarida yosh ijodkorlar bilan kitobxonlik doirasidagi amaliy loyihalarida,  milliy tilimizning Salim Ashur she’riyatida qo‘llanilgan lingvomadaniy birliklar orqali O‘zbekistonning yangi rivojlanish yo‘nalishlari va ma’naviy uyg‘onish jarayonlarida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda yordam berishi, yoshlarda Vatan haqidagi hissiyotlarni uyg‘otishga ko‘maklashishi bilan bog‘liq lingvistik nazariy qarashlarni targ‘ib etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 16-may № 32-sonli ma’lumotnomasi).
Tadqiqotda ilgari surilgan ilmiy xulosalar 2025-yil 28-aprel kuni Qashqadaryo viloyati teleradiokanalining “Oltin voha” dasturidagi “Fayzli kun” va “Qadriyat” dasturlarida efirga uzatilgan intervyu orqali ommaviy kommunikatsiya amaliyotiga tatbiq etilib, lingvomadaniy birliklarni inson omili, milliy tafakkur, madaniy muhit bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganilishi keng auditoriyaga ilmiy asosda yetkazishga xizmat qilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokanalining 2025-yil 28-apreldagi 17-05/76-sonli ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish