Azimova Sayyora Toshtemirovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan tarmog‘i nomi): “Ota-onalarning farzand tarbiyasiga oid pedagogik madaniyatini rivojlantirish texnologiyalari” mavzusidagi 13.00.09 – Ijtimoiy pedagogika
Dessertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10643
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari doktori, professor Quronov Muhammadjon
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.02.02
Rasmiy opponentlar: Olimov Qaxramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Egamberdieva Nodira Melibaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ota-onalarning farzand tarbiyasiga oid pedagogik madaniyatini rivojlantirish yuzasidan samarali ijtimoiy texnologiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ota-onalarning pedagogik madaniyatini rivojlantirish metodikasi farzand tarbiyasida zamonaviy va milliy-qadriyatli ta’sir usullarini integrativ qo‘llash bilan oila, ta’lim muassasasi va ijtimoiy muhit hamkorligini ta’minlovchi pedagogik konvergensiya asosida tarbiyaviy malaka talablarini optimallashtirish orqali takomillashtirilgan;
farzand tarbiyalash madaniyatini rivojlantirish mazmuni ota-onalarning huquqiy va ijtimoiy mas’uliyatga oid bilimlarini boyitishga yo‘naltirilgan “Farzand tarbiyasida pedagogik madaniyat”, “Raqamli muhit va bola tarbiyasi” kabi mashg‘ulotlarni oila, ta’lim muassasasi, mahalla, psixolog va sinf rahbari hamkorligida tashkil etish asosida takomillashtirilgan;
ota-onalar pedagogik madaniyatini oshirishning texnologik modeli maktab tarbiyaviy hamkorligi samaradorligini ta’minlovchi pedagogik shart-sharoitlarni “Ota-onalar pedagogik maktabi”, raqamli muloqot maydoni kabi innovatsion tashkiliy shakllarga transformatsiya qilish asosida oila, ta’lim muassasasi hamda mahalla sub’ektlarining tarbiyaviy faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish orqali takomillashtirilgan;
farzand tarbiyalash madaniyatini rivojlantirish texnologiyalarining samaradorligi ota-onalarda milliy-axloqiy qadriyatlar, oilaviy munosabatlar, jazo va rag‘batni qo‘llash ko‘nikmasi rivojlanganligini yuqori (ongli, barqaror va mustaqil qo‘llay olish), o‘rta (vaziyatga bog‘liq holda qisman qo‘llay olish), quyi (tarbiyaviy ta’sir usullarini etarlicha anglamaslik va amaliyotda qo‘llay olmaslik) darajalarida aniqlash orqali baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ota-onalarning farzand tarbiyasiga oid pedagogik madaniyatini rivojlantirish texnologiyalarini ishlab chiqishga bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
ota-onalarning pedagogik madaniyatini rivojlantirish metodikasi farzand tarbiyasida zamonaviy va milliy-qadriyatli ta’sir usullarini integrativ qo‘llash bilan oila, ta’lim muassasasi va ijtimoiy muhit hamkorligini ta’minlovchi pedagogik konvergensiya asosida tarbiyaviy malaka talablarini optimallashtirish orqali takomillashtirishga oid mualliflik g‘oyalaridan mahalla ettiliklari faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi huzuridagi Mahalla akademiyasining 2025-yil 6-noyabrdagi 01-03/25-sonli dalolatnomasi). Natijada, oila, ta’lim muassasasi va ijtimoiy muhit hamkorligida farzand tarbiyasida zamonaviy va milliy-qadriyatli ta’sir usullarini integrativ qo‘llash talablarini optimallashtirishga erishilgan;
farzand tarbiyalash madaniyatini rivojlantirish mazmuni ota-onalarning huquqiy va ijtimoiy mas’uliyatga oid bilimlarini boyitishga yo‘naltirilgan “Farzand tarbiyasida pedagogik madaniyat”, “Raqamli muhit va bola tarbiyasi” kabi mashg‘ulotlarni oila, ta’lim muassasasi, mahalla, psixolog va sinf rahbari hamkorligida tashkil etish asosida takomillashtirishga oid takliflaridan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida amalga oshirilgan IL-9524115133-raqamli “Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilarini milliy ruhda tarbiyalashning 7 yillik differensial texnologiyasi” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 3-noyabrdagi 01-09/549-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ota-onalarning huquqiy va ijtimoiy mas’uliyatga oid bilimlarini boyitishga yo‘naltirilgan “Farzand tarbiyasida pedagogik madaniyat”, “Raqamli muhit va bola tarbiyasi” kabi mashg‘ulotlarni oila, ta’lim muassasasi, mahalla, psixolog va sinf rahbari hamkorligida tashkil etishga erishilgan;
ota-onalar pedagogik madaniyatini oshirishning texnologik modeli maktab tarbiyaviy hamkorligi samaradorligini ta’minlovchi pedagogik shart-sharoitlarni “Ota-onalar pedagogik maktabi”, raqamli muloqot maydoni kabi innovatsion tashkiliy shakllarga transformatsiya qilish asosida oila, ta’lim muassasasi hamda mahalla sub’ektlarining tarbiyaviy faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish orqali takomillashtirishga doir takliflaridan Toshkent shahar, Farg‘ona va Jizzax viloyatlarining umumta’lim maktablari va mahallalari faoliyatiga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 14-noyabrdagi 04-37-4851-son ma’lumotnomasi). Natijada oila, ta’lim muassasasi hamda mahalla sub’ektlarining tarbiyaviy faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish jarayoniga “Ota-onalar pedagogik maktabi”, raqamli muloqot maydoni kabi innovatsion tashkiliy shakllarni transformatsiyalashga erishilgan;
farzand tarbiyalash madaniyatini rivojlantirish texnologiyalarining samaradorligi ota-onalarda milliy-axloqiy qadriyatlar, oilaviy munosabatlar, jazo va rag‘batni qo‘llash ko‘nikmasi rivojlanganligini yuqori (ongli, barqaror va mustaqil qo‘llay olish), o‘rta (vaziyatga bog‘liq holda qisman qo‘llay olish), quyi (tarbiyaviy ta’sir usullarini etarlicha anglamaslik va amaliyotda qo‘llay olmaslik) darajalarida aniqlash orqali baholashga oid mualliflik g‘oyalaridan “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Millat va ma’naviyat”, “Bolalar va biz”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi» davlat muassasasining 2025-yil 24-oktyabrdagi 05-09-1680-sonli ma’lumotnomasi). Natijada farzand tarbiyasida ota-onalarning milliy-axloqiy qadriyatlar, oilaviy munosabatlar, jazo va rag‘batni qo‘llash ko‘nikmasi rivojlanganligini yuqori, o‘rta va quyi darajalarda aniqlashning maqsadga muvofiqligini asoslashga erishilgan.