Pardaev Xurshid Olimovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan tarmog‘i nomi): “Huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlashning pedagogik tizimini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.09 – Ijtimoiy pedagogika
Dessertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped4992
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari doktori, akademik Ibraimov Xolboy Ibraimovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.02.02
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Madjidova Dildora Abduxamidovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.  
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlashning pedagogik tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarning emosional rivojlanishini ta’minlovchi integrativ model dars va darsdan tashqari pedagogik jarayonda shaxsga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ta’sir texnologiyalari (“Individual tarbiyaviy marshrut” va  ijtimoiy-xulqiy trening)ni ijtimoiy-pedagogik qo‘llab-quvvatlash sub’ektlari faoliyati bilan izchil integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
huquqbuzarlikni oldini olishning pedagogik texnologiyalari o‘quvchilarda ijtimoiy mas’uliyat va o‘zini o‘zi nazorat qilishga asoslangan ijobiy xulq-atvor modellarini shakllantirishga yo‘naltirilgan profilaktik faoliyatni jamoatchilik nazorati mexanizmlari bilan tashkiliy-pedagogik jihatdan muvofiqlashtirish orqali takomillashtirilgan;
huquqbuzarlikka moyillikni kamaytirishning pedagogik-psixologik strategiyalari ijtimoiy-emosional ta’lim (SEL) imkoniyatlari asosida o‘quvchilarda o‘z xatti-harakatini anglash, empatiya, ijtimoiy javobgarlik va o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi refleksiv mashg‘ulotlar bilan sinf rahbarining individual profilaktik faoliyatini tizimlashtirish orqali takomillashtirilgan; 
huquqbuzarlikka moyillikni oldini olish samaradorligi o‘quvchilarda ijtimoiy javobgarlik va huquqiy madaniyat ko‘nikmalari shakllanganligining yuqori (ijtimoiy-huquqiy me’yorlarga ongli va barqaror rioya etishi), o‘rta (xulq-atvorida vaziyatli beqarorlik kuzatilishi) va quyi (xulqida salbiy og‘ishlar saqlanib qolishi) darajalarda aniqlashning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlashning pedagogik tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarning emosional rivojlanishini ta’minlovchi integrativ model dars va darsdan tashqari pedagogik jarayonda shaxsga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ta’sir texnologiyalari (“Individual tarbiyaviy marshrut” va  ijtimoiy-xulqiy trening)ni ijtimoiy-pedagogik qo‘llab-quvvatlash sub’ektlari faoliyati bilan izchil integratsiyalash asosida takomillashtirishga doir takliflaridan “Umumta’lim maktablarining 5-6 sinf adabiyot darslarida IT-texnologiyalarini qo‘llash metodikasi” mavzusidagi innovatsion loyiha  doirasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 28-oktyabrdagi 01-09/509-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dars va darsdan tashqari pedagogik jarayonda shaxsga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ta’sir texnologiyalarini ijtimoiy-pedagogik qo‘llab-quvvatlash sub’ektlari faoliyati bilan izchil integratsiyalashga erishilgan;
huquqbuzarlikni oldini olishning pedagogik texnologiyalari o‘quvchilarda ijtimoiy mas’uliyat va o‘zini o‘zi nazorat qilishga asoslangan ijobiy xulq-atvor modellarini shakllantirishga yo‘naltirilgan profilaktik faoliyatni jamoatchilik nazorati mexanizmlari bilan tashkiliy-pedagogik jihatdan muvofiqlashtirish orqali takomillashtirishga oid mualliflik g‘oyalaridan “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “O‘zbekiston yoshlari”, “Bolalar va biz”, “Ta’lim va taraqqiyot”, dasturlari senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi» davlat muassasasining 2026-yil 3-apreldagi 05-09-588-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda ijtimoiy mas’uliyat va o‘zini o‘zi nazorat qilishga asoslangan ijobiy xulq-atvor modellarini shakllantirishga yo‘naltirilgan profilaktik faoliyatni jamoatchilik nazorati mexanizmlari bilan muvofiqlashtirishga erishilgan;
huquqbuzarlikka moyillikni kamaytirishning pedagogik-psixologik strategiyalari ijtimoiy-emosional ta’lim (SEL) imkoniyatlari asosida o‘quvchilarda o‘z xatti-harakatini anglash, empatiya, ijtimoiy javobgarlik va o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi refleksiv mashg‘ulotlar bilan sinf rahbarining individual profilaktik faoliyatini tizimlashtirish orqali takomillashtirishga oid takliflaridan IL-9524115133-raqamli “Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilarini milliy ruhda tarbiyalashning 7 yillik differensial texnologiyasi” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 28-oktyabrdagi 01-09/509-sonli ma’lumotnomasi). Natijada,  ijtimoiy-emosional ta’lim (SEL) imkoniyatlari asosida o‘quvchilarda o‘z xatti-harakatini anglash, empatiya, ijtimoiy javobgarlik va o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi refleksiv mashg‘ulotlar bilan sinf rahbarining individual profilaktik faoliyatini tizimlashtirishga erishilgan;
huquqbuzarlikka moyillikni oldini olish samaradorligi o‘quvchilarda ijtimoiy javobgarlik va huquqiy madaniyat ko‘nikmalari shakllanganligining yuqori (ijtimoiy-huquqiy me’yorlarga ongli va barqaror rioya etishi), o‘rta (xulq-atvorida vaziyatli beqarorlik kuzatilishi) va quyi (xulqida salbiy og‘ishlar saqlanib qolishi) darajalarda aniqlashning maqsadga muvofiqligini asoslashga doir mualliflik g‘oyalaridan Navoiy, Andijon va Buxoro viloyatlaridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 7-apreldagi 04-37-1340-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda ijtimoiy javobgarlik va huquqiy madaniyat ko‘nikmalari shakllanganligining yuqori, o‘rta va quyi darajalarda aniqlashning maqsadga muvofiqligi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish