Abdullaeva Irodaxon Xayrulla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijodiy kompetentliligini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9480.
Ilmiy rahbar: Ruzikulova Nigora Shuxratovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Juraevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Abdug‘aniev Ozod Tursunbaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogik ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt integratsiyasining metodik tizimini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijodiy kompetentliligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari ijodkor shaxs sifatlarini ta’lim mazmuniga maqsadli integratsiyalashda o‘quv jarayonida o‘z-o‘zini anglash va ijodiy faollik jarayonlarining proporsional barqarorligini izchil ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijodiy kompetentliligini rivojlantirish jarayoni motivatsion-kognitiv, kognitiv-ijodiy, ijodiy-faoliyatli bosqichlarning natijador ta’sirchanligini variativ muvofiqlashtirishda shaxsiy rivojlanish imkoniyatlarining pragmatik tasnifi va ijodiy fikrlash yaxlitligini frontal ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijodiy kompetentliligini rivojlantirish modeli rivojlantiruvchi ta’limning tadbiqiy jihatlarini aniqlashga ko‘ra ilmiy va pedagogik ijod funksiyalarini ierarxik aniqlashtirishda intellektual jarayonlarga ongli munosabatni moslashuvchan kreativ muhitga muvofiq tarkib toptirishning amaliy natijadorligiga erishish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijodiy kompetentliligini rivojlantirish samaradorligi pedagogik faoliyatni loyihalashga doir ijodiylikka ustuvorlik berishda individual va guruhiy “ijodkorlik makoni”ning o‘zaro bog‘liq elementlarining meta va quyi tizimlardagi harakatini bosqichma-bosqich faollashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijodiy kompetentliligini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijodiy kompetentliligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini ijodkor shaxs sifatlarini ta’lim mazmuniga maqsadli integratsiyalashda o‘quv jarayonida o‘z-o‘zini anglash va ijodiy faollik jarayonlarining proporsional barqarorligini izchil ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 30-iyundagi 11-05-7597/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijodiy kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlashga sharoit yaratilgan.
oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijodiy kompetentliligini rivojlantirish jarayoni motivatsion-kognitiv, kognitiv-ijodiy, ijodiy-faoliyatli bosqichlarning natijador ta’sirchanligini variativ muvofiqlashtirishda shaxsiy rivojlanish imkoniyatlarining pragmatik tasnifi va ijodiy fikrlash yaxlitligini frontal ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 30-iyundagi 11-05-7597/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijodiy kompetentliligini rivojlantirishning didaktik mazmuni boyitilgan.
oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijodiy kompetentliligini rivojlantirish modelini rivojlantiruvchi ta’limning tadbiqiy jihatlarini aniqlashga ko‘ra ilmiy va pedagogik ijod funksiyalarini ierarxik aniqlashtirishda intellektual jarayonlarga ongli munosabatni moslashuvchan kreativ muhitga muvofiq tarkib toptirishning amaliy natijadorligiga erishish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 30-iyundagi 11-05-7597/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijodiy kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlashga imkoniyat yaratilgan.
oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijodiy kompetentliligini rivojlantirish samaradorligini pedagogik faoliyatni loyihalashga doir ijodiylikka ustuvorlik berishda individual va guruhiy “ijodkorlik makoni”ning o‘zaro bog‘liq elementlarining meta va quyi tizimlardagi harakatini bosqichma-bosqich faollashtirish orqali takomillashtirishga oid takliflar “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 30-iyundagi 11-05-7597/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijodiy kompetentliligini rivojlantirishning ta’sirchan mexanizmlarini amalga tatbiq etish samaradorligi oshgan.