Rahmatova Feruza Yarashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tana a’zolari nomlarining leksik-semantik tadqiqi (o‘zbek va turk tillari misolida)”, 10.00.06.– Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3558.
Ilmiy rahbar: Xakimova Muhayyo Karimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01.
Rasmiy opponentlar: Galieva Margarita Rafaelovna, filologiya fanlari doktori, professor; Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek va turk tillaridagi tana a’zolari nomlarining leksik-semantik tizimini qiyosiy tahlil etish, ularning ma’no taraqqiyoti va nutqiy imkoniyatlarini aniqlash orqali somatik birliklarning milliy til tizimidagi o‘rnini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va turk tillaridagi tana a’zolarining tizimlashtirilishi va nomlanishi qiyosan o‘rganilgan, ikki til somatizmlari tizimini qiyoslash orqali nominatsiyaning farqli jihatlari geografik joylashuv, madaniy qadriyatlar bilan shartlanganligi milliy-mentallik asosida ochib berilgan;
o‘zbek va turk tillaridagi tana a’zolari nomlarining ma’no taraqqiyoti, farqli va o‘xshash jihatlari aniqlangan, somatizmlarning hosila ma’nolari nafaqat semantik jarayonlar natijasida, balki ikki xalqning milliy tafakkuri, dunyoqarashi hamda olamni idrok etish xususiyatlari bilan bog‘liq holda shakllanishi ilmiy jihatdan dalillangan;
o‘zbek va turk tillaridagi tana a’zolari nomlarining sinonimiyasini vujudga keltiruvchi omillar aniqlangan, nutqiy antonimiyada qarshilantirishdagi milliy andozalarning o‘ziga xosligi isbotlangan, “bosh”, “qo‘l”, “ko‘z”, “yurak”, “tish” kabi tana a’zolari nomlarining integral tomonlari millatlararo mushtarak tafakkur, olamni bilishdagi umumiyliklar bilan isbotlangan;
somatizm etalonli turg‘un o‘xshatishlarning nominativ, konnotativ, badiiy va milliylikni aks ettiruvchi vazifalari ikki til misolida ochib berilgan, somatizm etalonli o‘xshatishlar orqali olam manzarasining aniq nomlanishi, o‘xshatishlarning semantikasi leksema semantik strukturasidan aniqligi, konnotativligi, obrazliligi, milliy dunyoqarashni aks ettirishi hisobiga boy va murakkab ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tana a’zolari nomlarining leksik-semantik tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek va turk tillaridagi tana a’zolarining kategoriyalashtirilishi va nomlanishini qiyoslash orqali tillardagi nominatsiyaning farqli jihatlari geografik joylashuv, madaniy qadriyatlar bilan shartlanganligiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 5-avgustdagi 01/4-3435-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilidagi tana a’zolari nomlarining morfologik analizini to‘g‘ri va aniq bajarishga sezilarli darajada hissa qo‘shgan;
o‘zbek va turk tillaridagi tana a’zolari nomlaridagi ma’no taraqqiyotining farqli va o‘xshash jihatlari, metonimiya hamda u asosida shakllangan hosila ma’nolarning milliy-mental xususiyatlari kabi ilmiy materiallardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 6-noyabr 2025-yildagi 05-09-1746-son dalolatnomasi). Natijada ko‘rsatuv ssenariylarining mazmuni tana a’zolari nomlarining leksik-semantik xususiyatlariga oid ma’lumotlar bilan boyitilgan;
o‘zbek va turk tillaridagi inson tana a’zolari nomlarining sinonimiyasini vujudga keltiruvchi omillar, nutqiy antonimiyada qarshilantirishdagi milliy andozalarning o‘ziga xosligiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 5-avgustdagi 01/4-3435-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha morfoleksikonni somatizmlarning hosila ma’nolari hisobiga ham to‘ldirishga sezilarli darajada hissa qo‘shishiga oid materiallar bilan boyitilgan.
somatizm etalonli turg‘un o‘xshatishlarning nominativ, konnotativ, badiiy va milliy-mentallikni aks ettiruvchi vazifalari, somatizm etalonli o‘xshatishlar orqali olam manzarasining aniq nomlanishi, konnotativligi, obrazliligi, milliy dunyoqarashni aks ettirishiga oid tahlil va xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2022-yillarda bajarilgan A-OT-2019-10. “O‘zbek tilida neyming me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada qo‘llanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 5-avgustdagi 01/4-3434-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihada yaratilgan ta’limiy korpus bosh, qo‘l, ko‘z, yurak, tish kabi tana a’zolari nomlanishiga oid ilmiy materiallar bilan boyitilgan;