Xamroeva Shahzoda Ikromovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillari badiiy diskursida muallif mushohadasi voqelanishining kognitiv aspekti”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.2.PhD/Fil360.
Ilmiy rahbar: Normurodova Nozliya Zarilovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01.
Rasmiy opponentlar: Galieva Margarita Rafaelovna, filologiya fanlari doktori, professor, Lutfullaeva Durdona Esonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek va ingliz tillaridagi badiiy diskurs asosida muallif mushohadasining tipologiyasi hamda voqelanishiga doir kognitiv aspektning o‘ziga xosligini belgilovchi turli mental jarayonlar, bilim strukturalari va lisoniy majmuyini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muallif mushohadasi zamonaviy lingvistik yo‘nalishlarning fundamental tamoyillari asosida o‘zbek va ingliz badiiy matnlari materiallari chog‘ishtirma tarzda tekshirilib, uning kognitiv model sifatidagi maqomi qiyosiy tahlil asosida dalillangan;
muallif mushohadasiga xos mustaqil mazmunga egalik, konseptual ahamiyat, polifunksionallik, uslubiy belgilanganlik, axborotni ilgari surish va milliy olam manzarasini aks ettiruvchi aksiologik qadriyatlarni mujassam etish kabi xususiyatlar tahlili uning semantik-uslubiy, lingvokognitiv va lingvomadaniy verballashgan darajalarida namoyon bo‘lishi asoslangan;
o‘zbek va ingliz badiiy diskursida muallif mushohadasining estetik, uslubiy, kognitiv, madaniy shuningdek, kognitiv-kommunikativ, kognitiv-stilistik, kognitiv-pragmatik va hissiy-estetik vazifalarni amalga oshirishi orqali ko‘p funksiyali lingvistik hosila ekanligi aniqlangan;
o‘zbek va ingliz badiiy diskursida mushohada muallif individual olam manzarasining muhim tarkibiy komponenti bo‘lib, u umuminsoniy hamda milliy o‘ziga xos madaniy qadriyatlarni aks ettiruvchi, shuningdek konseptual va aksiologik jihatdan muhim axborotni uzatuvchi madaniy model sifatida namoyon bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillari badiiy diskursida muallif mushohadasi voqelanishining kognitiv aspekti tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
muallif mushohadasi zamonaviy lingvistik yo‘nalishlar asosida o‘zbek va ingliz badiiy matnlari materiallari asosida chog‘ishtirma tarzda tekshirilib, uning kognitiv model sifatidagi maqomi qiyosiy tahlil asosida dalillanganligi haqidagi xulosadan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022–2023-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti 2025- yil 8-noyabrdagi 01/6-5403-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron platforma o‘zbek va ingliz badiiy matnlari asosida ishlab chiqilgan qiyosiy lingvokognitiv tahlil modullari bilan boyitilgan;
muallif mushohadasiga xos avtosemantiklik, konseptual ahamiyat, ko‘p funksionalilik, uslubiy markerlanganlik, axborotni ilgari surish xususiyati hamda milliy olam manzarasini aks ettiruvchi aksiologik qadriyatlarni mujassam etish kabi belgilarning semantik-uslubiy, lingvokognitiv va lingvomadaniy verballashuv darajalarida namoyon bo‘lishi asoslanganligi haqidagi xulosadan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022–2023-yillarda bajarilgan IL-52 tur-21091433 raqamli “O‘zbek milliy madaniyatiga xos atamalarga oid maqolalar bazasini yaratish (Vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida)” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti 2025- yil 8-noyabrdagi 01/6-5402-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha mazmuni muallif mushohadasining lingvomadaniy va aksiologik talqiniga oid nazariy izohlar bilan to‘ldirilgan;
o‘zbek va ingliz badiiy diskursida muallif mushohadasining estetik, uslubiy, kognitiv, madaniy, shuningdek, ikkilamchi kognitiv-kommunikativ, kognitiv-stilistik, kognitiv-pragmatik hamda hissiy-estetik funksiyalarni bajarishi aniqlanganligi haqidagi xulosadan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 4-yanvarda tasdiqlangan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi doirasida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 2025-yil 5-noyabrdagi 10/729-son ma’lumotnomasi). Natijada targ‘ibot materiallariga muallif mushohadasining ko‘p funksiyali tabiatini yorituvchi ilmiy-uslubiy tahlillar asosida olingan xulosalar kiritilgan;
o‘zbek va ingliz badiiy diskursida mushohadaning muallif individual olam manzarasining muhim tarkibiy qismi sifatida, umuminsoniy va milliy madaniy qadriyatlarni ifodalovchi hamda konseptual va aksiologik jihatdan ahamiyatli axborotni uzatuvchi madaniy model darajasida asoslab berilganligi haqidagi xulosadan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” radiokanalining “Tadqiqot” eshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” radiokanali 2025-yil 04- noyabrdagi 14-05-156-son ma’lumotnomasi). Natijada eshittirish mazmuni muallif individual olam manzarasini aks ettiruvchi lingvokognitiv va lingvomadaniy talqinlar bilan boyitilgan.