Sidiqova Shahnoza Kamoliddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik davri o‘zbek hikoyalari syujetining poetik o‘ziga xosligi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3359
Ilmiy rahbar: Hamraev Komiljon O‘lmasovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01.
Rasmiy opponentlar: Yaqubov Islomjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Bahriddinova Dildora Bahriddinovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: hikoyaning janriy tadrijida badiiy syujetning o‘rni, uning nazariy kriteriylarini aniqlash, istiqlol davri o‘zbek hikoyalari syujetida dinamiklik, konsentriklik, metaforiklik muammolarini yoritish hamda badiiy syujetning hikoya strukturasidagi vazifasi, uning badiiy uslub va kompozisiya bilan poetik munosabatini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillik davri o‘zbek hikoyalarida badiiy syujetning o‘rni, tarixiy omillari, poetik tadriji sharq nasri namunalari kontekstida tekshirilib, kichik janr syujetining realistik, mifologik, ma’rifiy, rivoyaviy motivlar tizimi, qoliplovchi vazifasi, bayon shakllari ertak, afsona, xalq qissasi, eposi va klassik asarlar tarkibidagi hikoyatlar misolida dalillangan;
hikoya syujetining turlari, spesifik xususiyati ilmiy-nazariy jihatdan dalillanib, xronologik, konsentrik, retrospektiv, assotsiativ syujet tiplarining struktur qurilishi hamda subektiv, obektiv, avtobiografik, monologik, dramatik bayon shakllarining kompozision sathdagi badiiy vazifasi ochib berilgan;
zamonaviy o‘zbek hikoyalarida badiiy syujet va kompozisiyaning poetik munosabati asoslanib, A.A’zam asarlarida dinamiklik, konsentriklik, ichki dialog, sahnaviylik, halqasimon bayon shakli, A.Yo‘ldoshda esa realistik, fantastik, dedektiv, sentimental syujet unsurlarining hikoya strukturasidagi badiiy vazıfası ilmiy asoslangan;
Ulug‘bek Hamdam hikoyalarida badiiy syujet tiplari, voqelikni metaforik ifodalash yo‘sini, yo‘l, tush, idilliya, rivoya, sentimental turkum hikoyalarining uslubiy orıgınallıgı hamda poetik ko‘chim, majoziy tasvir, aqliy mushohadaning epik talqini aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik davri o‘zbek hikoyalari syujetining poetik o‘ziga xosligi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mustaqillik davri o‘zbek hikoyalarida badiiy syujetning o‘rni, tarixiy omillari, poetik tadriji sharq nasri namunalari kontekstida o‘rganilib, kichik janr syujetining realistik, mifologik, ma’rifiy, rivoyaviy motivlar tizimi, qoliplovchi vazifasi, bayon shakllari ertak, afsona, xalq qissasi, eposi va klassik asarlar tarkibidagi hikoyatlar misolida dalillanganiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan IL-402104474 raqamli “Bolalaradabiyoti.uz” elektron platformasi va uning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada faydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 3-sentyabr 01/4-3919-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek hikoyasi syujetining tarixiy asosi, genezisi, janriy tadriji, taraqqiyot bosqichlarida folklorga xos ertakchilik, hikoyachilik, qissachilik an’analarining aks etishiga doir xulosalar elektron platforma materiallarini boyitishga xizmat qilgan;
hikoya syujetining turlari, spesifik xususiyati, ilmiy-nazariy talqini tadqiq etilib, xronologik, konsentrik, retrospektiv, assotsiativ syujet tiplarining struktur qurilishi hamda subektiv, obektiv, avtobiografik, monologik, dramatik bayon shakllarining kompozision sathdagi badiiy vazifasiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 14-fevraldagi 04/1-555-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek hikoyachiligi takomilida badiiy syujetning o‘rni, uning poetik vazifasi, original talqini, hikoyada badiiy syujet kompozisiyasining namoyon bo‘lish usullariga oid ilmiy xulosalar elektron platforma materiallarini boyitgan;
zamonaviy o‘zbek hikoyalarida badiiy syujet va kompozisiyaning poetik munosabati tahlilga tortilib, A.A’zam asarlarida dinamiklik, konsentriklik, ichki dialog, sahnaviylik, dramatik tasvir, halqasimon bayon shakli, A.Yo‘ldoshda esa realistik, fantastik, dedektiv, sentimental syujet unsurlarining hikoya strukturasidagi badiiy funksiyasiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 20-fevraldagi 04/1-634-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy o‘zbek nasrida Ahmad A’zam, Abduqayum Yo‘ldosh, Ulug‘bek Hamdam hikoyalarining o‘rni, janr xususiyatlari, badiiy syujet tiplari, voqelikni metaforik idroklash yo‘sini tadqiqi, bugungi zamonaviy o‘zbek hikoyalarida an’anaviy syujet va obrazlarning yangicha talqiniga oid ilmiy xulosalardan elektron platforma materiallarini tayyorlashda foydalanilgan;
U.Hamdam hikoyalarida badiiy syujet tiplari, voqelikni metaforik ifodalash yo‘sini, yo‘l, tush, idilliya, rivoya, sentimental turkum hikoyalarining uslubiy o‘ziga xosligi hamda poetik ko‘chim, majoziy tasvir, yashirin ma’no, aqliy mushohadaning epik talqiniga oid ilmiy-nazariy xulosalardan “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Afsona va haqiqat” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasi 2025-yil 1-martdagi 01-30/152-son ma’lumotnomasi). Natijadan, mustaqillik davri o‘zbek hikoyalarida realistik, fantastik, dedektiv, sentimental syujet yetakchilik qilishiga oid ilmiy xulosalardan dastur uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni boyitilgan.