Saidov Akmal Abdulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Polipragmaziyada taloq to‘qimasida yuzaga keladigan morfometrik o‘zgarishlar” 14.00.02– Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2023.2.PhD/Tib3471.
Ilmiy rahbar: Ochilov Komil Raximovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nargiza Baxodirovna tibbiyot fanlari doktori, professor; Ishigov Ibragim Agaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tajribada yallig‘lanishga qarshi dorilar bilan polipragmaziyada oq zotsiz kalamushlar talog‘ining limfoid to‘qimalarining morfometrik holatiga ta’sirini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor polipragmaziya sharoitida, yosh dinamikasida taloq kapsulasining notekis qalinlashganligi, qizil pul`pa sinusoidal tomirlarida to‘laqonlik belgilari, tomir ichi va qizil pul`pada mahalliy gemosideroz o‘choqlari ko‘payishi asoslangan;
ilk bor kalamushlar talog‘ining oq pul`pasida periarterial limfatik membrana  yuzasining 2xil va 3xil yallig‘lanishga qarshi dori vositasi qo‘llanilgan kalamushlarda oshishi kuzatilib, 3 – 6 oyliklarda 10 – 14% oshganligi va keyingi guruhlarda pasayish kuzatilganligi, mantiy sohasi dori vositalarning soni oshib borgan sayin ular o‘lchamlarining kamayishi morfometrik ko‘rsatkichlar asosida isbotlangan;
immunogistokimyoviy usulda B - limfotsitlar taloqning oq va qizil pul`pasida o‘rta darajada ishtirok etganligi, tajribada turli yosh dinamikasida dori vositalarning soni oshib borgani sayin CD20 markyorining ekspressiyasiga ularning miqdorining kamayib borishi isbotlangan;
me’yorda T-limfotsitlar taloq to‘qimasida past darajada ishtirok etganligi va 3 oylikdan 6 oylikka oshib, 10 oylikda kamayganligi, tajribadagi 2 xil va 3 xil yallig‘lanishga qarshi dori vositasi qo‘llanilgan kalamushlarda T - limfotsitlar miqdori nazorat guruhiga qaraganda 2 xil yallig‘lanishga qarshi dori vositasi qo‘llanilgan kalamushlarda  2,3 martaga va 3 xil yallig‘lanishga qarshi dori vositasi qo‘llanilgan kalamushlarda 2,6 martaga oshib, steroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalar qo‘shilgan guruhlarda keskin kamayganligi CD3 markyorining ekspressiyasiga asosan immunogistokimyoviy usulda isbotlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Polipragmaziyada oq zotsiz kalamushlar talog‘idagi morfometrik o‘zgarishlarni tahlil qilish bo‘yicha olingan natijalarga (Soglikni Saklash Vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17iyul`dagi qarori asosida 22/50-sonli yagona xulosa) ko‘ra:  
birinchi ilmiy yangilik: birinchi marta polipragmaziya sharoitida, yosh dinamikasida taloq kapsulasining notekis qalinlashganligi, qizil pul`pa sinusoidal tomirlarida to‘laqonlik belgilari, tomir ichi va qizil pul`pada mahalliy gemosideroz o‘choqlari ko‘payishi asoslanganligi Respublika sud-tibbiy ekspertiza markazi ilmiy amaliy markazi Buxoro filiali 2023 yil 13 martdagi 17-sonli va Respublika sud-tibbiy ekspertiza markazi ilmiy amaliy markazi Navoiy filiali 2023 yil 15 martdagi 15 -son, Buxoro Viloyat patologik anatomiya byurosi 2023 yil 14-mart 18-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: polipragmaziya sharoitida laboratoriya hayvonlari talog‘ida yuzaga keladigan morfologik va morfometrik o‘zgarishlar xususiyatlarini usulining qo‘llanilishi -taloq turli hujayralarining strukturaviy o‘zgarishlarga uchrash darajasini baholash imkoninini beradi. Iqtisodiy samaradorligi:  tajribaviy polipragmaziya sharoitida olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlarini erta aniqlash va oldini olish imkonini yaratib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 50000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: birinchi marta polipragmaziya sharoitida, yosh dinamikasida taloq kapsulasining notekis qalinlashganligi, qizil pul`pa sinusoidal tomirlarida to‘laqonlik belgilari, tomir ichi va qizil pul`pada mahalliy gemosideroz o‘choqlari ko‘payishi asoslandi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor polipragmaziyada 3, 6 va 10 oylik kalamushlar oq pul`pasida periarterial limfatik membrana yuzasining 2xil va 3xil yallig‘lanishga qarshi dori vositasi qo‘llanilgan kalamushlarda oshishi kuzatilib, 3 oylikda 1,13 va 1,14-marta, 6 oylikda esa 1,10 va 1,14-marta oshganligi va keyingi guruhlarda pasayish kuzatilganligi, mantiy sohasi dori vositalarning soni oshib borgan sayin ular o‘lchamlarining kamayib borishi morfometrik ko‘rsatkichlar asosida isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika sud-tibbiy ekspertiza markazi ilmiy amaliy markazi Buxoro filiali 2023 yil 13 martdagi 17-sonli va Respublika sud-tibbiy ekspertiza markazi ilmiy amaliy markazi Navoiy filiali 2023 yil 15 martdagi 15 -son, Buxoro Viloyat patologik anatomiya byurosi 2023 yil 14-mart 18-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoy samaradorlik: polipragmaziya sharoitida bemor holatiga patogenetik yondashuv asosida davolash usullarini tanlash, dori vositalarini oqilona qo‘llash, kasallik asoratlanish ehtimolini bashoratlash, shuningdek davolash taktikasiga zarur o‘zgartirishlar kiritish orqali tibbiy samaradorlikni oshirish imkoniyatini yaratadi. Iqtisodiy samaradorlik: tajribaviy polipragmaziya sharoitida olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlarini erta aniqlash va oldini olish imkonini yaratib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 50000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: mantiy sohasi dori vositalarning soni oshib borgan sayin ularning o‘lchamlarining kamayib borishi morfometrik ko‘rsatkichlar asosida isbotlandi. 
uchinchi ilmiy yangilik: immunogistokimyoviy usulda B - limfotsitlar taloqning oq va qizil pul`pasida o‘rta darajada ishtirok etganligi, tajribada turli yosh dinamikasida dori vositalarning soni oshib borgani sayin CD20 markyorining ekspressiyasiga ularning miqdorining kamayib borishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika sud-tibbiy ekspertiza markazi ilmiy amaliy markazi Buxoro filiali 2023 yil 13 martdagi 17-sonli va Respublika sud-tibbiy ekspertiza markazi ilmiy amaliy markazi Navoiy filiali 2023 yil 15 martdagi 15 -son, Buxoro Viloyat patologik anatomiya byurosi 2023 yil 14-mart 18-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: polipragmaziya sharoitida bemor holatiga patogenetik yondashuv asosida davolash usullarini tanlash, dori vositalarini oqilona qo‘llash, kasallik asoratlanish ehtimolini bashoratlash, shuningdek davolash taktikasiga zarur o‘zgartirishlar kiritish orqali tibbiy samaradorlikni oshirish imkoniyatini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: tajribaviy polipragmaziya sharoitida olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlarini erta aniqlash va oldini olish imkonini yaratib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 50000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: shunday qilib tajriba guruhlarida dori vositalarning soni oshib borgan sayin V – limfotsitlarning miqdori kamayib borishi kuzatildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: me’yorda T-limfotsitlar taloq to‘qimasida past darajada ishtirok etganligi va 3 oylikdan 6 oylikka oshib, 10 oylikda kamayganligi, tajribadagi 2 xil va 3 xil yallig‘lanishga qarshi dori vositasi qo‘llanilgan kalamushlarda T - limfotsitlar miqdori nazorat guruhiga qaraganda 2 xil yallig‘lanishga qarshi dori vositasi qo‘llanilgan kalamushlarda  2,3 martaga va 3 xil yallig‘lanishga qarshi dori vositasi qo‘llanilgan kalamushlarda 2,6 martaga oshib, steroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalar qo‘shilgan guruhlarda keskin kamayganligi CD3 markyorining ekspressiyasiga asosan immunogistokimyoviy usulda isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika sud-tibbiy ekspertiza markazi ilmiy amaliy markazi Buxoro filiali 2023 yil 13 martdagi 17-sonli va Respublika sud-tibbiy ekspertiza markazi ilmiy amaliy markazi Navoiy filiali 2023 yil 15 martdagi 15 -son, Buxoro Viloyat patologik anatomiya byurosi 2023 yil 14-mart 18-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: polipragmaziya sharoitida laboratoriya hayvonlari talog‘ida yuzaga keladigan morfologik va morfometrik o‘zgarishlar xususiyatlarini usulining qo‘llanilishi -taloqning turli hujayralarining strukruraviy o‘zgarishlarga uchrash darajasini baholash imkoninini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tajribaviy polipragmaziya sharoitida olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlarini erta aniqlash va oldini olish imkonini yaratib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 50000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: limfotsitlarning to‘planishi ayniqsa periarterial limfatik, marginal va qizil pulpa sohalarida yaqqol namoyon bo‘ldi, bu organizmda antigen gomeostazini saqlab turish maqsadida hujayra immuniteti reaktivligining oshishini ko‘rsatdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish