Abduraxmanov Dilmurod Arslonbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Xorazm vohasi qayrag‘och (Ulmus) avlodi daraxtlarining entomofaunasi (fitofag va entomofaglari), morfologiyasi va ekologik xususiyatlari”, 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/B1024.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ikram Iskandarovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Xorazm Ma’mun akademiyasi, PhD.05/2025.27.12.B.25.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaeva Gulnara Saidarifovna, biologiya fanlari doktori, professor; Do‘schanov Umar Egamberdievich biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori;
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm vohasi qayrag‘och biosenozida mavjud asosiy fitofag va entomofag vakillari tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari, tarqalishi va zararlanish sabalarining asosiy omillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm vohasi qayrag‘och entomofaunasining zamonaviy holati tahlil qilinib, 5 turkum, 14 oila, 33 urug‘ga mansub 50 tur va 1 ta kenja tur ilk bor aniqlangan;
O‘zbekiston faunasi uchun ilk bor qayrag‘och sharq po‘stloxo‘r qo‘ng‘izi (Scolytus orientalis) turi qayd etilib, morfo-biologik tahlili tavsiflangan;
Scolytus orientalis turining mt DNK ni COI sohasiga tegishli nukleotidlar ketma ketligi molekulyar-genetik tasniflangan va morfologik xulosalari tasdiqlanib, filogenetik aloqalari ochib berilgan;
Ulmus entomofaunasining ozuqa spektori va biotsenotik aloqalari ochib berilgan, oziqlanishiga ko‘ra, fitofaglar 40 turni va entomofagla 11 turni tashkil etishi aniqlangan;
Xorazm vohasi qayrag‘och entomofaunasining hayotiy shakllari asoslangan va biotoplarda tarqalishi aniqlangan;
Ulmus daraxtini Aeolesthes sarta, Xanthogaleruca luteola va boshqa fitofaglar tomonidan zararlanishining asosiy omillari va sabablari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm vohasi qayrag‘och (Ulmus) turkumi daraxtlarining entomofaunasi (fitofag va entomofaglari), morfologiyasi va ekologik xususiyatlari yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Scolytus orientalis turining mitoxondrial COI nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlari Biotexnologik axborotlar milliy markazi GenBanki bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazi, https://ncbi.nlm.nih.gov/genbank/flatfile_chanGES/). Natijada, Scolytus orientalis - SUB15505575 Scolytus orientalis PX055711 inventar raqami olingan va u xalqaro miqyosda Scolytus urug‘i vakillarining tarqalish areallarini molekulyar darajada aniqlash imkonini bergan;
Shimoli-G‘arbiy O‘zbekiston hududlaridan (shujumladan Xorazm viloyatidan) yig‘ilgan qayrag‘och entomofaunasiga mansub 3 turkum, 8 oila, 21 urug‘, 4 ta kenja urug‘ga tegishli 31 tur O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining “Zoologiya kolleksiyasi” noyob obektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025 yil 16 iyundagi 4/1255-1482-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu kolleksiya namunalari Shimoliy-g‘arbiy O‘zbekiston tabiiy landshaftlari va agrobiosenozi hududlari bo‘yicha hasharotlar fondini boyitgan va ular populyasiyalari tarqalishining zamonaviy holatini baholash, turli landshaftlarda tarqalishi va ekologiyasini o‘rganishda hamda zararini bartaraf etish, shuningdek shu sohaga oid interfaol atlas tayyorlash imkoniyatini bergan.