Naimov Olim Yunusovichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Parkinson kasalligida psixoemotsional buzilishlar va ularni korreksiya qilish yo‘llari», 14.00.03 - Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3812.
Ilmiy rahbar: Matmurodov Rustambek Jumanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.04.
Rasmiy opponentlar: Raimova Malika Muxamedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Parkinson bilan og‘rigan bemorlarda psixoemotsional buzilishlarni o‘rganish va ularni korreksiya qilishni takomillashtirishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Parkinson kasalligida psixoemotsional buzilishlar kasallikning klinik shakllari, bosqichlari, shuningdek bemorlar yoshi va jinsi bo‘yicha solishtirilib, akinetik-rigid shakliga nisbatan titroq va aralash shakllari, dastlabki bosqichlariga nisbatan kechki bosqichlari o‘rta darajadagi xavotirlik va depressiya, shuningdek motor buzilishlar kuchayishi sababli og‘ir darajadagi apatiyalar bilan namoyon bo‘lishi aniqlangan;
Parkinson kasalligida bemorlarning hayot sifati ko‘rsatkichlari xavotirlikka nisbatan depressiya, depressiyaga nisbatan apatiya, shuningdek xavotirlik, depressiya va apatiyalarning birga kelishi sababli o‘zaro teskari korrelyasion bog‘liqlikka ega ekanligi isbotlangan;
Parkinson kasalligida psixoemotsional buzilishlar bemorlar qon zardobi tarkibidagi TNF-b konsentratsiyasi bilan xavotirlik, depressiya va apatiyalarning komorbidligi sababli to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligi asoslangan;    
 olingan klinik-nevrologik, neyropsixologik, va immunologik tekshirishlar asosida Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda psixoemotsional buzilishlarni differensial yondashuv orqali korreksiya qilish yo‘llari takomillashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Parkinson kasalligida psixoemotsional buzilishlar va ularni korreksiya qilish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
birinchi ilmiy yangilik: Parkinson kasalligida psixoemotsional buzilishlar kasallikning klinik shakllari, bosqichlari, shuningdek bemorlar yoshi va jinsi bo‘yicha solishtirilib, akinetik-rigid shakliga nisbatan titroq va aralash shakllari, dastlabki bosqichlariga nisbatan kechki bosqichlari o‘rta darajadagi xavotirlik va depressiya, shuningdek motor buzilishlar kuchayishi sababli og‘ir darajadagi apatiyalar bilan namoyon bo‘lishi “Parkinson kasalligida psixoemotsional buzilishlar va ularni korreksiya qilish yo‘llari” mavzusidagai uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan (Toshkent davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 27 oktyabrdagi 105-25/726-t-son ma’lumotnomasi). Olingan ma’lumotlar Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini  rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasiga amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining №31/10 17 dekabr 2025 yildagi xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Parkinson kasalligida psixoemotsional buzilishlarni erta aniqlash, ularning og‘irlik darajasini baholash va individual korreksiya choralarini tanlashda klinik samaradorlikni oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu usul tadbiq etilgunga qadar bemorlarning xastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik kunlarining o‘rtacha soni 10 kunni tashkil etgan; taklif etilgan diagnostik usulidan foydalanish natijasida Einv = (2676000-868800) x (20-12) x 0,712 x 59 = 45320000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Parkinson kasalligida psixoemotsional buzilishlarni erta aniqlash, ularning og‘irlik darajasini baholash va individual korreksiya choralarini tanlash moddiy xarajatlar miqdorini 45320000 so‘m iqtisod qilishga olib kelgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: Parkinson kasalligida bemorlarning hayot sifati ko‘rsatkichlari xavotirlikka nisbatan depressiya, depressiyaga nisbatan apatiya, shuningdek xavotirlik, depressiya va apatiyalarning birga kelishi sababli o‘zaro o‘zaro teskari korrelyasion bog‘liqlikka ega ekanligi Parkinson kasalligida psixoemotsional buzilishlar va ularni korreksiya qilish yo‘llari” mavzusidagai uslubiy tavsiyanomada o‘z aksini topgan (Toshkent davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 27 oktyabrdagi 105-25/726-t-son ma’lumotnomasi). Olingan ma’lumotlar Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini  rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasiga amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining №31/10 17 dekabr 2025 yildagi xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorlar qon zardobi tarkibidagi TNF-α konsentratsiyasining baholanishi yordamida psixoemotsional buzilishlarning og‘ir asoratlari, shuningdek, o‘lim va nogironlikni kamaytirib, bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshirgan. Iqtisodiy samaradorligi: Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorlar qon zardobi tarkibidagi TNF-α konsentratsiyasining baholanishi kasallikni kechishi va oqibatini yaxshilash, oldini olish, prognoz qilish, bemorlar hayot tarzini uzaytirish moddiy xarajatlar miqdorini 45320000 so‘m iqtisod qilishga olib kelgan. Xulosa: taklif etilgan usulning qo‘llanilishi natijasida bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini moddiy xarajatlar miqdorini 37,6% ga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: Parkinson kasalligida psixoemotsional buzilishlar bemorlar qon zardobi tarkibidagi TNF-α konsentratsiyasi bilan xavotirlik, depressiya va apatiyalarning komorbidligi sababli to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligi “Parkinson kasalligida psixoemotsional buzilishlar va ularni korreksiya qilish yo‘llari” mavzusidagai uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan (Toshkent davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 27 oktyabrdagi 105-25/726-t-son ma’lumotnomasi). Olingan ma’lumotlar Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini  rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasiga amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining №31/10 17 dekabr 2025 yildagi xulosasi). Ijtimoiy samaradlorligi: ushbu belgilarini erta aniqlash, kasallikni kechishi va oqibatini yaxshilash, oldini olish, prognoz qilish, bemorlar hayot tarzini uzaytirish olib kelgan. Iqtisodiy samaradorligi: xarajat-samaradorlik koeffisienti (XSK) quyidagicha ifodalanishi mumkin: XSK = effekt/xarajat=Cyil/Z = 50310000/4632975 = 10,86. Bu erda Cyil – amalga oshirish hajmi uchun hisoblangan diagnostika usullarini o‘rtacha yillik tejash qiymati; Z – Parkinson kasalligida psixoemotsional buzilishlar va ularni korreksiya qilish yo‘llari algoritmini ishlab chiqish, joriy etish va amalga oshirish xarajatlarining narxi. Xulosa: Parkinson kasalligida psixoemotsional buzilishlar, jumladan xavotirlik, depressiya va apatiyalarning komorbidligi  bemorlar qon zardobi tarkibidagi TNF-α konsentratsiyasi bilan kuchli to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligi ilmiy asoslash ushbu belgilarini erta aniqlash, kasallikni kechishi va oqibatini yaxshilash, oldini olish, prognoz qilish, 1 nafar  bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 10,86 barobar iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: olingan klinik-nevrologik, neyropsixologik, va immunologik tekshirishlar asosida Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda psixoemotsional buzilishlarni differensial yondashuv orqali korreksiya qilish yo‘llari takomillashtirilganligi “Parkinson kasalligida psixoemotsional buzilishlar va ularni korreksiya qilish yo‘llari” mavzusidagai uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan (Toshkent davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 27 oktyabrdagi 105-25/726-t-son ma’lumotnomasi). Olingan ma’lumotlar Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini  rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasiga amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining №31/10 17 dekabr 2025 yildagi xulosasi). Ijtimoiy samradorligi: Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda psixoemotsional buzilishlarga differensial yondashuv mezonlari va ularni korreksiya qilish takomillashtirish orqali erta nogironlikning oldini olish, bemorlarning mehnatga layoqatsizlik kunlarining sonini qisqartirish, hamda hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilashga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda xavotir va depressiya belgilarini aniqlash har bir bemor uchun byudjet mablag‘larini 1000000 - 1200000 so‘mga tejaydi. Xulosa: Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda psixoemotsional buzilishlarga differensial yondashuv mezonlari va ularni korreksiya qilish takomillashtirish orqali erta nogironlikning oldini olish, bemorlarning mehnatga layoqatsizlik kunlarining sonini qisqartirish, hamda hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilashga moddiy xarajatlar miqdorini 37,6% kamayishiga olib kelgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish