Latipov Baxrom Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘krak bezi saratoni va o‘smaning mikromuhiti: morfologik va prognostik jihatlari, davolash usulini tanlash», 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2021.1.PhD/Tib1710.
Ilmiy rahbar: Gafur-Axunov Mirza-Ali Aliyorovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.06.01.
Rasmiy opponentlar: Alimxodjaeva Lola Tel`manovna tibbiyot fanlari doktori, professor; O‘lmasov Firdavs G‘ayratovich tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘krak bezi saratonida o‘sma mikromuhitining morfologik va immunogistokimyoviy jihatlarini tahlil qilish va davolash taktikasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘krak bezi saratonida o‘sma mikromuhitidagi to‘la hujayralar zichligi o‘smaning immunogistokimyoviy turlariga bog‘liq ravishda miqdoriy baholandi va ularning agressiv uch karra manfiy va HER2-pozitiv nolyuminal molekulyar fenotiplarda 2–4 barobar yuqori bo‘lishi morfologik jihatdan asoslangan;
o‘smani qon-tomirlar bilan ta’minlovchi mikroangiogenezda CD34-pozitiv endoteliy bilan to‘la hujayralar soni o‘rtasidagi bog‘liqlik ilk bor aniqlandi va to‘la hujayralar zichligi oshishi bilan CD34-pozitiv tomirlar miqdori 10–15 tadan 30–35 tagacha o‘sib, o‘smaning angiogen potensiali kuchayishi isbotlangan;
ko‘krak bezi saratonining turli lyuminal tiplarida o‘sma mikromuhitidagi to‘la hujayralar zichligi va CD34-angiogenez o‘zgarishlarining yashovchanlik ko‘rsatgichiga ta’siri birinchi marta kompleks baholandi va agressiv uch karra manfiy, HER2-pozitiv nolyuminal turlarida mikromuhit faolligining prognostik ahamiyati yuqoriligi aniqlangan;
o‘smani davolash taktikasiga o‘sma mikromuhitining morfologik faolligi, to‘la hujayralar zichligi va CD34-pozitiv angiogenez holatini inobatga olish zarurligi birinchi marta asoslandi va ushbu mezonlar ko‘krak bezi saratonida prognostik ahamiyatga egaligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘krak bezi saratonida o‘sma mikromuxitining ahamiyati,  morfologik va prognostik jihatlari, davolash usulini tanlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: birinchi marta ko‘krak bezi saratonida o‘sma mikromuhitidagi to‘la hujayralar zichligi o‘smaning immunogistokimyoviy turlariga bog‘liq ravishda miqdoriy baholandi va ularning agressiv uch karra manfiy va HER2-pozitiv nolyuminal molekulyar fenotiplarda 2–4 barobar yuqori bo‘lishi morfologik jihatdan asoslanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi olimlar kengashining 29.10.2025 yildagi yig‘ilishi 55-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Ko‘krak bezi xavfli o‘smalari mikromuhitida immunogistokimyoviy markerlarni aniqlash va ularning prognostik ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot onkologiya va radiologiya markazining Qashqadaryo filialining 2025 yil 6 noyabrdagi  105T-sonli hamda ushbu markazning Samarqand viloyati filialining 2025 yil 5 noyabrdagi 52i-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 dekabrdagi №31/52-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ko‘krak bezi saratonida o‘sma mikromuhitidagi to‘la hujayralar zichligini immunogistokimyoviy turlar kesimida miqdoriy baholash agressiv uch karra manfiy va HER2-pozitiv nolyuminal fenotiplarni erta identifikatsiya qilish imkonini yaratadi. Ushbu yondashuv yuqori xavfli guruh bemorlarini dastlabki bosqichda ajratib olish, prognozni individuallashtirish va davolash taktikasini optimal tanlashga xizmat qiladi. To‘la hujayralar zichligining 2–4 barobar oshishi bilan tavsiflanuvchi molekulyar turlarni aniqlash klinik qaror qabul qilish ishonchliligini oshirib, bemorlarni o‘z vaqtida maqsadli marshrutlashtirish, agressiv kechuvchi holatlarda intensiv terapiyani ertaroq boshlash hamda past xavfli bemorlarda ortiqcha davolash aralashuvlarini cheklash imkonini beradi. Natijada residiv va metastaz xavfini kamaytirish, hayot sifati va yashovchanlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga erishiladi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘sma mikromuhitining to‘la hujayralar zichligi asosida xavf guruhlari bo‘yicha stratifikatsiya qilish hamda individual davolash taktikasini tanlash qo‘shimcha tekshiruvlar, samarasiz terapiya va asossiz davolash aralashuvlari sonini qisqartirish imkonini berdi. O‘tkazilgan iqtisodiy hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur yondashuvni qo‘llash natijasida bir nafar bemor uchun o‘rtacha 3300000 so‘m iqtisodiy samara ta’minlandi. Xulosa: ko‘krak bezi saratonida o‘sma mikromuhitidagi to‘la hujayralar zichligini immunogistokimyoviy turlar bilan bog‘liq holda baholash agressiv fenotiplarni erta aniqlash, klinik qaror qabul qilishni individuallashtirish hamda asossiz davolash aralashuvlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Ushbu yondashuv har bir bemorga o‘rtacha 3300000 so‘m iqtisodiy samara ta’minlab, mazkur ilmiy yangilikning yuqori ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘smani qon-tomirlar bilan ta’minlovchi mikroangiogenezda CD34-pozitiv endoteliy bilan to‘la hujayralar soni o‘rtasidagi bog‘liqlik ilk bor aniqlandi va to‘la hujayralar zichligi oshishi bilan CD34-pozitiv tomirlar miqdori 10–15 tadan 30–35 tagacha o‘sib, o‘smaning angiogen potensiali kuchayishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi olimlar kengashining 29.10.2025 yildagi yig‘ilishi 55-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Ko‘krak bezi xavfli o‘smalari mikromuhitida immunogistokimyoviy markerlarni aniqlash va ularning prognostik ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot onkologiya va radiologiya markazining Qashqadaryo filialining 2025 yil 6 noyabrdagi  105T-sonli hamda ushbu markazning Samarqand viloyati filialining 2025 yil 5 noyabrdagi 52i-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 dekabrdagi №31/52-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: CD34-pozitiv mikroangiogenez va o‘sma mikromuhitidagi to‘la hujayralar zichligi o‘rtasidagi bog‘liqlikning aniqlanishi ko‘krak bezi saratonida o‘smaning agressiv biologik potensialini erta bosqichda baholash imkonini beradi. Ushbu yondashuv angiogen faolligi yuqori bo‘lgan bemorlarni xavf guruhiga ajratish, ularda residiv va metastaz rivojlanish ehtimolini oldindan prognoz qilish hamda davolash taktikasini individuallashtirishga xizmat qiladi. Mikromuhit komponentlarini kompleks baholash orqali asossiz target va antiangiogen terapiya tayinlash holatlari kamayadi, bemorlarning to‘g‘ri marshrutlashtirilishi ta’minlanadi va davolash samaradorligi oshadi. Iqtisodiy samaradorligi: CD34-pozitiv tomirlar zichligi va to‘la hujayralar faolligini hisobga olgan holda xavfli fenotiplarni erta aniqlash orqali samarasiz davolash sxemalarini cheklash, qo‘shimcha instrumental tekshiruvlar hamda asossiz target terapiya xarajatlarini kamaytirish imkoni yaratildi. O‘rtacha hisobda bir nafar bemor uchun iqtisodiy samara 2450000 so‘mni tashkil etadi, bu ishlab chiqilgan yondashuvning klinik amaliyot uchun iqtisodiy jihatdan maqbul ekanligini ko‘rsatadi. Xulosa: Ko‘krak bezi saratonida CD34-pozitiv mikroangiogenez va to‘la hujayralar zichligini integral baholash agressiv o‘smalarni erta aniqlash, prognozni individuallashtirish hamda davolash taktikasini optimallashtirish imkonini beradi. Mazkur yondashuv har bir bemor uchun o‘rtacha 2450000 so‘m iqtisodiy samara ta’minlab, uning yuqori ijtimoiy va amaliy ahamiyatga egaligini tasdiqlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: ko‘krak bezi saratonining turli lyuminal tiplarida o‘sma mikromuhitidagi to‘la hujayralar zichligi va CD34-angiogenez o‘zgarishlarining yashovchanlik ko‘rsatgichiga ta’siri birinchi marta kompleks baholandi va agressiv uch karra manfiy, HER2-pozitiv nolyuminal turlarida mikromuhit faolligining prognostik ahamiyati yuqoriligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi olimlar kengashining 29.10.2025 yildagi yig‘ilishi 55-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Ko‘krak bezi xavfli o‘smalari mikromuhitida immunogistokimyoviy markerlarni aniqlash va ularning prognostik ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot onkologiya va radiologiya markazining Qashqadaryo filialining 2025 yil 6 noyabrdagi  105T-sonli hamda ushbu markazning Samarqand viloyati filialining 2025 yil 5 noyabrdagi 52i-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 dekabrdagi №31/52-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ko‘krak bezi saratonining turli lyuminal tiplarida o‘sma mikromuhitidagi to‘la hujayralar zichligi va CD34 orqali baholangan angiogenez o‘zgarishlarining yashovchanlik ko‘rsatgichiga ta’sirini kompleks tahlil qilish agressiv fenotiplarni erta aniqlash imkonini berdi. Ushbu yondashuv orqali uch karra manfiy va HER2-pozitiv nolyuminal turlarda prognozni oldindan baholash, yuqori xavfli bemorlarni alohida guruhlarga ajratish hamda individual davolash algoritmlarini shakllantirish imkoniyati kengaydi. Mikromuhit faolligini hisobga olgan holda klinik qaror qabul qilish bemorlarning to‘g‘ri marshrutlashtirilishiga, residiv va metastazlarning oldini olishga hamda davolash natijalarini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: mikromuhitning morfologik faolligi asosida xavf guruhlarini aniqlash orqali samarasiz davolash sxemalarini cheklash, ortiqcha instrumental tekshiruvlar va asossiz target terapiya xarajatlarini kamaytirishga erishildi. O‘rtacha hisobda bir nafar bemor uchun iqtisodiy samara 2100000 so‘mni tashkil etadi, bu taklif etilgan prognostik yondashuvning klinik amaliyot uchun iqtisodiy jihatdan maqbul ekanligini ko‘rsatadi. Xulosa: ko‘krak bezi saratonida lyuminal tiplar kesimida o‘sma mikromuhitining (to‘la hujayralar zichligi va CD34-angiogenez) yashovchanlikka ta’sirini kompleks baholash agressiv turlarni erta prognoz qilish, davolash taktikasini individuallashtirish va klinik qarorlarni optimallashtirish imkonini beradi. Mazkur yondashuv har bir bemor uchun o‘rtacha 2100000 so‘m iqtisodiy samara ta’minlab, uning yuqori ijtimoiy va amaliy ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘smani davolash taktikasiga o‘sma mikromuhitining morfologik faolligi, to‘la hujayralar zichligi va CD34-pozitiv angiogenez holatini inobatga olish zarurligi birinchi marta asoslandi va ushbu mezonlar ko‘krak bezi saratonida prognostik ahamiyatga egaligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi olimlar kengashining 29.10.2025 yildagi yig‘ilishi 55-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Ko‘krak bezi xavfli o‘smalari mikromuhitida immunogistokimyoviy markerlarni aniqlash va ularning prognostik ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot onkologiya va radiologiya markazining Qashqadaryo filialining 2025 yil 6 noyabrdagi  105T-sonli hamda ushbu markazning Samarqand viloyati filialining 2025 yil 5 noyabrdagi 52i-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 dekabrdagi №31/52-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘sma mikromuhitining morfologik faolligi, to‘la hujayralar zichligi va CD34-pozitiv angiogenez holatini davolash taktikasini tanlashda hisobga olish ko‘krak bezi saratonida individual terapevtik yondashuvni shakllantirish imkonini berdi. Ushbu mezonlar asosida bemorlarni prognoz bo‘yicha stratifikatsiya qilish, agressiv kechuvchi holatlarda davoni erta kuchaytirish hamda past xavfli guruhlarda ortiqcha agressiv terapiyadan voz kechish imkoni yaratildi. Bu yondashuv klinik qarorlarning asosliligini oshirib, residiv va asoratlar xavfini kamaytiradi, bemorlarning hayot sifati yaxshilanishiga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘sma mikromuhiti ko‘rsatkichlariga tayanilgan individuallashtirilgan davolash algoritmini joriy etish qimmat target preparatlarini asossiz qo‘llashni cheklash, samarasiz davolash sikllari va qayta gospitalizatsiyalar sonini qisqartirish imkonini berdi. O‘tkazilgan iqtisodiy hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur yondashuvni qo‘llash natijasida bir nafar bemor uchun o‘rtacha 3300000 so‘m iqtisodiy samara ta’minlandi. Xulosa: ko‘krak bezi saratonida o‘sma mikromuhitining morfologik faolligi, to‘la hujayralar zichligi va CD34-pozitiv angiogenezni hisobga olgan holda davolash taktikasini individuallashtirish klinik samaradorlikni oshirish, asossiz terapevtik aralashuvlarni kamaytirish va prognozni yaxshilashga xizmat qiladi. Ushbu yondashuv har bir bemor uchun o‘rtacha 3300000 so‘m iqtisodiy samara ta’minlab, uning yuqori ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish