Qurbonov Bekjon G‘ayrat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati tarixi (1991–2022 yy.)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tar1670.
Ilmiy rahbar: tarix fanlari doktori, professor Xasanov Akram Muminovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.11.01.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Ergasheva Yulduz Alimovna; tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim Amonov Mexrojiddin Uzbekovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi 1991–2022-yillarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimining faoliyati va rivojlanishi tarixini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi – islomning ma’rifat, adolat va bag‘rikenglikni tarannum etish, yurt tinchligi va xalq farovonligi, kelajak avlodni buyuk o‘tmish va ulug‘ ajdodlarga munosib voris qilib tarbiyalash ekanligi, shuningdek, xalqlar orasida islomning ezgulik g‘oyalarini targ‘ib etish, ma’naviy-ma’rifiy va xayriya ishlarini keng amalga oshirish, milliy merosni tadqiq etish hamda keng ommaga yetkazishdan iborat ekanligi asoslangan;
O‘zbekiston musulmonlari idorasining har bir hududiy birlikda vakillik idorasi mavjudligi, ular diniy idoraning hududiy bo‘linmasi hisoblanishi, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti, viloyatlar va Toshkent shahar vakillik idoralari nomi bilan yuritilishi, hududlardagi masjid, ziyoratgoh, jamg‘arma faoliyatini muvofiqlashtirib borish vazifalari joylardagi qoziyot va vakillik idoralari tomonidan amalga oshirilishi, qoziyot va vakilliklar diniy idoraning hududiy boshqarmalari sifatida uning manfaatlarini ifodalashi va himoya qilishi, o‘z hududida diniy-ma’rifiy faoliyatni samarali tashkil etishi dalillangan;
O‘zbekiston musulmonlari idorasi joylardagi vakillari vositachiligida aholi orasida erta turmush buzilishlari holatlarini oldini olish, jamiyatda oilalar ma’naviy farovonligini barqarorlashtirish, to‘y va diniy marosimlarni ixchamlashtirish, ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik kabi vazifalarni o‘z oldiga maqsad qilib, shu yo‘lda faoliyat ko‘rsatib kelayotganligi isbotlandi;
O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyatida aholini turli ijtimoiy-iqtisodiy, oilaviy va kundalik hayotdagi muammolarini hal qilishdagi o‘rni, turli nosog‘lom da’vatlarga qarshi raddiyalar berishi, yoshlarni to‘g‘ri e’tiqod asosida tarbiyalash va jamiyatda sog‘lom muhitni barqarorlashtirish hamda millatlar va dinlar o‘rtasida o‘zaro bag‘rikenglik tushunchalarini yoyishda tizimli ishlar amalga oshirilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati tarixini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Sovet hukumatining xalq ongiga sovet mafkurasini singdirish orqali mamlakatdagi diniy-ma’rifiy saviyasini pasaytirish borasidagi harakatlari, mintaqadan muftiylar, etuk din va davlat arboblari etishib chiqqani, sovet davri va mustaqillik yillaridagi O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati tarixi, tashkilotning yurtimiz ijtimoiy-ma’naviy hayotida tutgan o‘rni hamda kelgusida yurtimizdagi islom sivilizatsiyasi hamda diniy tashkilotlar faoliyati tarixini yoritish bo‘yicha keltirilgan tarixiy ma’lumotlardan buyurtma asosida “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 6-sentyabrdagi 02-31-991-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvda ko‘tarilgan ilmiy mulohazalar tomoshabinlarning O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati haqida yanada to‘liq tasavvurning shakllanishiga va ushbu diniy tashkilot haqida tarixiy bilimlarining oshishiga xizmat qilgan.
“O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati tarixi, manbalari, xronologik tahlili, tashkilotning yurtimiz ijtimoiy-ma’naviy hayotida tutgan o‘rni va muftiylar hayotidagi chizgilarlardan foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 6-sentyabrdagi 02-31-991-son ma’lumotnomasi). Bu esa ko‘rsatuvning yangicha ilmiy saviyada tashkil etilishida xizmat qildi.
O‘zbekistonda oilalar ma’naviy farovonligini barqarorlashtirish, to‘y va marosimlarni ixchamlashtirish, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikni targ‘ib qilish, aholini diniy savodxonligini oshirish bo‘yicha respublikaning barcha hududlarida tashkil etgan ta’lim muassasalari va muddatli o‘quv kurslarining o‘rni hamda turli buzg‘unchi yot g‘oyalarga qarshi kurashish maqsadida ularga qarshi raddiya berish, yoshlarni to‘g‘ri e’tiqod asosida tarbiyalash va jamiyatda sog‘lom muhitni barqarorlashtirish alohida ahamiyat kasb etgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi yillik rejasiga muvofiq o‘tkazilgan “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzulardagi davra suhbatlari hamda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishda keng foydalanilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024-yil 2-oktyabrdagi 02/417-son ma’lumotnomasi). Natijada, markaz tomonidan nashr qilingan kitob va risolalarning yanada mazmunli bo‘lishiga xizmat qilgan.
Dissertatsiya xulosa, taklif va tavsiyalari millatlar va dinlar o‘rtasida o‘zaro bag‘rikenglik tushunchalarini yoyish, yurtimizda islom sivilizatsiyasining rivojlanish bosqichlarini o‘rganish va xalqqa yetkazish hamda ilmiy-tadqiqot markazlari uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda keng foydalanishni ko‘zda tutadi (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024-yil 2-oktyabrdagi 02/417-son ma’lumotnomasi). Kelgusida bu yo‘nalishlarda tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish dalillar asosida ochib berilgan.
Tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi VMQ-466-son “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan islom va jahon sivilizatsiyasiga bebaho hissa qo‘shgan ajdodlarimizning boy merosini chuqur o‘rganish maqsadida chop etilgan ko‘p jildli “Islom ensiklopediyasi” ilmiy-akademik nashrida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2026-yil 15-apreldagi 02-02/02/1/1337-son dalolatnomasi). Natijada, ko‘p jildli “Islom ensiklopediyasi” ilmiy-akademik nashrining diniy tashkilotga oid masalarni yoritishda asos bo‘lgan hamda dinshunoslikka oid qo‘llanmalar, risolalar ishlab chiqishga manbaviy asos bo‘lib xizmat qilishi belgilangan.
Dissertatsiyada malakali diniy soha mutaxassislarini tayyorlash va yoshlarni xorijga chiqib ketishini oldini olishga qaratilgan tahlillar keltirilgan. O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi diniy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish jarayonini onlayn shaklga to‘liq transformatsiya qilish, abiturientlarning tanlov imkoniyatini oshirish, “Mening masjidim” elektron platformasi va mobil ilovasini yaratish va undan diniy marosimlar hamda manzilli targ‘ibotda foydalanish orqali virtual maydondagi faoliyatni yangi bosqichga ko‘tarish kabi takliflar berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2026-yil 15-apreldagi 02-02/02/1/1337-son dalolatnomasi). Kelgusida dissertatsiyaning tahlil va tavsiyalaridan yurtimizda diniy-ma’rifiy muhitni sog‘lomlashtirish uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda keng foydalanishni ko‘zda tutadi.