Li Marina Vladimirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ichimlik suvining radiatsion xavfsizligini gigienik ta’minlash», 14.00.07–Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib882.
Ilmiy rahbar: Zaredinov Damir Arifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Roza Tolonovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Usmonov Islom Abbosovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ichimlik suvining radiatsion xavfsizligini ta’minlash maqsadida radiologik nazoratni tashkillashtirish va olib borish tartibini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor suvning radiaktiv ifloslanish darajasi va tavsifi, radiatsion moddalarning migratsiyasi hisobiga ochiq va er osti suvlaridagi radionuklidlarning yillik samardorligi darajasining Jizzax viloyatida–118,4 mkZv, Qashqadaryo viloyatida–125,9 mkZv, Toshkent viloyatida–99,6 mkZvga o‘ziga xosligini asoslangan;
ichimlik suvi va suv manbalarining radiologik ko‘rsatkichlarini nazorati va xavfsizligi ta’minlashga qaratilgan me’yoriy darajalarning o‘zgartirilgan varitantlarni inobatga olib, samarali miqdorga eng yuqori daraja radiy–226, undan 2 marta kichik–toriy–232 va 10 marta kam–uran–238 tashkil qilib, amaldagi me’yoriy ko‘rsatkichlar takomillashtirilgan;
ichimlik suvining radiatsion xavfsizligi ta’minlash monitoringini amalga oshirishda tabiiy va sun’iy radiaktiv nurlanishlar orasidagi aniq chegarani mavjud emasligi, bu ichimlik suvida radiologik ko‘rsatkichlar me’yorlarini baholash va nurlanishni pasaytirish reglamentlari tuzilgan;
iste’mol qilingan suv miqdoriga bog‘liq holda pilot mintaqalar aholisi orasida dozali yuklamalar darajasini shakllantirishda Jizzax viloyatida–2,69 E–5, Qashqadaryo viloyatida–2,98 E–5, Toshkent viloyatida–2,22E–5 xavf daraja asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ichimlik suvining radiatsion xavfsizligini gigienik ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Radiologik ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun suvdan namuna olishga tayyorlash va namuna olish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 11 dekabrdagi 10-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida bir xil tartibda sinama olish va radiologik ko‘rsatkichlarni baholash uchun namunalarni tayyorlashga imkon bergan;
«Ichimlik suvi va ichimlik suvi manbalarini radiatsion nazoratini gigienik baholash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 11 dekabrdagi 10-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ichimlik suvi manbalarini radiatsion nazorat olib borish gigienik tartib va qoidalarni amalga oshirish imkonini bergan;
ichimlik suvining radiatsion xavfsizligini gigienik ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi, Jizzax va Toshkent viloyatlarining sanitariya epidemiologiya nazorat markazlarining radiologik laboratoriyalari amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 28 dekabrdagi 11-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi aholini toza va xavfsiz ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida ichimlik suvi manbalari va suv namunalari olish va namuna sinamalarni tayyorlash va radiatsion xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan gigienik chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan.