Zoirov G‘olibjon Toshtemir o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyoti rivojlanishining ijtimoiy salohiyatini baholashni takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5179
Ilmiy rahbar: Erkaeva Gulbahor Panjievna, Iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.11.03
Rasmiy opponentlar:
Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;Omonov Rustam Farmonovich, Iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Mintaqa iqtisodiyoti rivojlanishining ijtimoiy salohiyatini baholashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy salohiyatini demografiya, bandlik va daromad, ta’lim hamda tibbiyot infratuzilmasi, uy-joy-kommunal ta’minotni ijtimoiy baholovchi integrallashgan indeks ISP=∑w_i X_i, 0≤ISP≤1 asosida hududlarni kompleks baholash hamda ularni past, o‘rta va yuqori ijtimoiy salohiyat darajalariga ajratish taklifi asoslangan;
Qashqadaryo viloyati hududiy birliklarining ijtimoiy salohiyatini baholashning nazariy-metodologik tizimlashtirilishi asosida, ijtimoiy salohiyat tarkibiy elementlari, ularning o‘zaro ta’siri va hududlararo differensiallashuv xususiyatlari bo‘yicha o‘xshashlik darajalarini aniqlash hamda rivojlanish darajasi bo‘yicha guruhlashga asoslangan takomillashtirilgan uslubiy yondashuv ilmiy asoslangan;
tashkiliy hamda iqtisodiy vositalarni yagona boshqaruv tizimida birlashtirgan integral indeks (IQM = αB + βF + γR, α+β+γ=1)ni qo‘llash asosida resurslardan foydalanish samaradorligini 15–20 foizga, ijtimoiy infratuzilma qamrovini 1,3–1,5 barobarga va aholi hayot sifati integral indeksini (LQI) 0,55 dan 0,70–0,75 darajagacha yaxshilash imkoniyatlari asoslangan;
Qashqadaryo viloyatida aholi soni, bandlik darajasi, maktabgacha ta’lim qamrovi va tashkilotlar soni, bir MTTga to‘g‘ri keladigan bolalar soni hamda ota-onalarning o‘rtacha ta’lim darajasi kabi ko‘rsatkichlar asosida 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyati iqtisodiyoti rivojlanishining ijtimoiy salohiyatini baholash yo‘llarini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘nalishlarda joriy etildi:
Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy salohiyatini demografiya, bandlik va daromad, ta’lim hamda tibbiyot infratuzilmasi, uy-joy-kommunal ta’minotni ijtimoiy baholovchi integrallashgan indeks ISP=∑w_i X_i, 0≤ISP≤1 asosida hududlarni kompleks baholash hamda ularni past, o‘rta va yuqori ijtimoiy salohiyat darajalariga ajratish taklifi Qashqadaryo viloyati hokimligining faoliyatida qo‘llanilgan. (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 18-apreldagi 07-11/4565-son ma’lumotnomasi). Mazkur modelni amaliyotga joriy etish natijasida Qashqadaryo viloyati hududlarining ijtimoiy salohiyat darajasini integral indeks asosida obektiv baholash, past rivojlangan hududlarni aniqlash hamda ular uchun manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqish, hududiy dasturlar samaradorligini monitoring qilish va hududlararo ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni qisqartirishga qaratilgan ilmiy asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatlari yaratilgan;
Qashqadaryo viloyati hududiy birliklarining ijtimoiy salohiyatini baholashning nazariy-metodologik tizimlashtirilishi asosida, ijtimoiy salohiyat tarkibiy elementlari, ularning o‘zaro ta’siri va hududlararo differensiallashuv xususiyatlari bo‘yicha o‘xshashlik darajalarini aniqlash hamda rivojlanish darajasi bo‘yicha guruhlashga asos-langan takomillashtirilgan uslubiy yondashuv bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimligining faoliyatida qo‘llanilgan. (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 18-apreldagi 07-11/4565-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan uslubiyatning amaliyotga joriy qilinishi natijasida hududlararo ijtimoiy salohiyat tafovutlarini obektiv aniqlash, past rivojlangan hududlarni identifikatsiya qilish hamda differensial hududiy siyosatni shakllantirishning ilmiy-uslubiy asosini yaratish imkoniyati yuzaga kelgan;
Tashkiliy hamda iqtisodiy vositalarni yagona boshqaruv tizimida birlashtirgan integral indeks (IQM = αB + βF + γR, α+β+γ=1)ni qo‘llash asosida resurslardan foydalanish samaradorligini 15–20 foizga, ijtimoiy infratuzilma qamrovini 1,3–1,5 barobarga va aholi hayot sifati integral indeksini (LQI) 0,55 dan 0,70–0,75 darajagacha yaxshilash imkoniyatlari bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimligining faoliyatida qo‘llanilgan. (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 18-apreldagi 07-11/4565-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi natijada, hududiy ijtimoiy siyosatni tizimli va muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirish, resurslardan samarali foydalanish hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini me’yoriy darajada ta’minlashning ilmiy-uslubiy asosini takomillashtirish imkoniyatini yaratgan;
Qashqadaryo viloyatida aholi soni, bandlik darajasi, maktabgacha ta’lim qamrovi va tashkilotlar soni, bir MTTga to‘g‘ri keladigan bolalar soni hamda ota-onalarning o‘rtacha ta’lim darajasi kabi ko‘rsatkichlar asosida 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozi bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimligining faoliyatida qo‘llanilgan. (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 18-apreldagi 07-11/4565-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi natijasida 2026-2030 yillarda aholi bandligi va real daromadlarining barqaror o‘sishi, ta’lim hamda sog‘liqni saqlash xizmatlari qamrovining kengayishi, infratuzilma rivojlanishi, hududlararo tafovutlarning qisqarishi va inson kapitali salohiyatining mustahkamlanishini prognoz qilish imkoniyatini yuzaga keltirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish