Shakirov Ilyas Raximzyanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonning Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik tarixi (1991-2024 yillarda Vyetnam, Tailand va Filippin misolida)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Tar321
Ilmiy rahbar: tarix fanlari doktori, professor Kobzeva Olga Petrovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.01.01.
Rasmiy opponentlar: Saipova Kamola Davlyatalievna, tarix fanlari doktori, professor; Nuriddinov Erkin Zuxriddinovich, tarix fanlari doktori, professor; Raximov Mirzoxid Akramovich tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. 1991-2024-yillarda O‘zbekistonning Vetnam, Tailand va Filippin bilan hamkorligining shakllanish va rivojlanish tarixini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning Vetnam, Tailand va Filippin bilan ikki tomonlama hamkorligining bosqichlari ishlab chiqilgan, xususan: birinchi bosqich (1992-2000-yillar - hamkorlik asoslarini yaratish, O‘zbekistonning davlat mustaqilligini tan olish va diplomatik munosabatlarni o‘rnatish); ikkinchi bosqich (2001-2016-yillar – O‘zbekistonning Vetnam va Tailand bilan hamkorligini rivojlantirishning faol bosqichi, 2016-yildan boshlab Filippin bilan); uchinchi bosqich (2017-h.v. - O‘zbekiston tashqi siyosatining transformatsiyasi va yuqorida qayd etilgan davlatlar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish);
XX asrning 90-yillarida O‘zbekistonning Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari bilan hamkorligi notekis rivojlanganligi, Vetnam bilan munosabatlar siyosiy qarashlarning o‘xshashligi va sobiq SSSR yillarida o‘rnatilgan madaniy-gumanitar aloqalarning mavjudligi natijasida barqaror va ijobiy xarakterga ega bo‘lganligi, Tailand bilan o‘zaro aloqalar shakllanish bosqichida bo‘lganligi va asosan savdo-iqtisodiy aloqalar bilan cheklanganligi, Filippin bilan esa hamkorlik amalda mavjud bo‘lmaganligi aniqlangan;
O‘zbekiston rahbariyatining 1996-yilda Vetnamga davlat tashrifining tashkil etilishi, doimiy vakolatxonalarning ochilishi 2001-2016-yillarda O‘zbekistonning Vetnam va Tailand bilan ko‘p tomonlama hamkorligini rivojlantirish va mustahkamlashga xizmat qilgani, hamkorlikning normativ-huquqiy bazasi, rasmiy diplomatik uchrashuvlar va vakolatxonalarning mavjud emasligi esa O‘zbekiston va Filippin o‘rtasidagi siyosiy muloqotni faollashtirishga hamda savdo va madaniy-gumanitar yo‘nalishdagi o‘zaro manfaatli hamkorlikka to‘sqinlik qilgani asoslangan;
turizm salohiyatining mavjudligi, do‘stlik jamiyatlarining tashkil etilishi, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, xalq diplomatiyasi mexanizmlaridan foydalanish, madaniy tadbirlarni tashkil etish, O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosini ommalashtirish, shuningdek, qo‘shma loyihalarning mavjudligi Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida O‘zbekistonning ijobiy imijini shakllantirganligi hamda Vetnam va Tailand bilan madaniyat va turizm sohasidagi aloqalarning rivojlanishiga xizmat qilganligi aniqlangan;
2017-yildan boshlab O‘zbekistonning Vetnam, Tailand va Filippin bilan siyosiy muloqoti, savdo-iqtisodiy va investisiyaviy, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorligini rivojlantirish ikki va ko‘p tomonlama formatlarda diplomatik hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish, mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasini oshirish va Filippin bilan investisiya aloqalarini shakllantirish bilan tavsiflanadigan yangi amaliy bosqichga chiqqanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekiston va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining hamkorlik tarixi (1991-2024 yillarida Vetnam, Tailand va Filippin misolida)” mavzusidagi tadqiqotning asosiy natijalari hamda ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflarni amaliyotga joriy etish asosida:
O‘zbekistonning Vetnam, Tailand va Filippin bilan ikki tomonlama hamkorligi bosqichlari bo‘yicha tadqiqot natijalari, xususan: birinchi bosqich (1992-2000-yillar - hamkorlik asoslarining yaratilishi, O‘zbekistonning davlat mustaqilligining tan olinishi va diplomatik munosabatlarning o‘rnatilishi); ikkinchi bosqich (2001-2016-yillar - O‘zbekistonning Vetnam va Tailand bilan hamkorligi rivojlanishining faol bosqichi, 2016-yildan boshlab Filippin bilan); uchinchi bosqich (2017-h.v. - O‘zbekiston tashqi siyosatining transformatsiyalashuvi va yuqorida qayd etilgan davlatlar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarning kengayishi) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi ishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasining 2026-yil 9-fevraldagi 08/19-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan ilmiy xulosalar va dissertatsiya ishining natijalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi xodimlarining tahliliy ishlarini takomillashtirish va axborot-manbaviy bazasini kengaytirishga xizmat qilgan;
dissertatsiyaning XX asrning 90-yillarida O‘zbekistonning Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari bilan hamkorligi notekis rivojlanganligi, Vetnam bilan munosabatlar barqaror va ijobiy xarakterga ega bo‘lganligi, siyosiy qarashlarning o‘xshashligi va sobiq SSSR yillarida o‘rnatilgan madaniy-gumanitar aloqalarning mavjudligi, Tailand bilan o‘zaro aloqalar shakllanish bosqichida bo‘lganligi va asosan savdo-iqtisodiy aloqalar bilan cheklanganligi, Filippin bilan esa hamkorlik amalda mavjud bo‘lmaganligi to‘g‘risidagi xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 22-sentyabrdagi 02-12-17-5457-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonning Vetnam, Tailand va Filippin mamlakatlari bilan madaniy-gumanitar aloqalarini rivojlantirishni rejalashtirish xamda O‘zbekiston Respbulikasi Madaniyat vazirligi faoliyatining axborot-tahliliy bazasi takomillashtirildi;
O‘zbekiston rahbariyatining 1996-yilda Vetnamga davlat tashrifining tashkil etilishi, doimiy vakolatxonalarning ochilishi 2001-2016-yillarda O‘zbekistonning Vetnam va Tailand bilan ko‘p tomonlama hamkorligini rivojlantirish va mustahkamlashga xizmat qilgani, hamkorlikning normativ-huquqiy bazasi, rasmiy diplomatik uchrashuvlar va vakolatxonalarning mavjud emasligi esa O‘zbekiston va Filippin o‘rtasidagi siyosiy muloqotni faollashtirishga hamda savdo va madaniy-gumanitar yo‘nalishdagi o‘zaro manfaatli hamkorlikka to‘sqinlik qilganiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining 2025-yil 8-sentyabrdagi 01-77-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar tashrif buyuruvchilarni ikki tomonlama hamkorlikning asosiy bosqichlari bilan tanishtirishga xizmat qildi, shuningdek, O‘zbekistonning Vetnam, Tailand va Filippinlar mamlakatlari bilan ikki tomonlama aloqalarini o‘rganishining nazariy asosini kengaytirishga imkon berdi;
turizm salohiyatining mavjudligi, do‘stlik jamiyatlarining tashkil etilishi, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, xalq diplomatiyasi mexanizmlaridan foydalanish, madaniy tadbirlarni tashkil etish, O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosini ommalashtirish, shuningdek, qo‘shma loyihalarning mavjudligi Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida O‘zbekistonning ijobiy imijini shakllantirganligi hamda Vetnam va Tailand bilan madaniyat va turizm sohasidagi aloqalarning rivojlanishiga xizmat qilganligiga oid dissertatsiya tadqiqoti materiallaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar agentligining 2025-yil 8-sentyabrdagi 2-13-21-4851-son ma’lumotnomasi). Bu O‘zbekiston yoshlarini Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan integratsiya bo‘yicha O‘zbekistonning tashqi siyosati yo‘nalishlari, jumladan, davlatimizning Vetnam, Tailand va Filippin mamlakatlari bilan ikki tomonlama aloqalarining zamonaviy holati bilan batafsil tanishishiga imkon berdi;
2017-yildan boshlab O‘zbekistonning Vetnam, Tailand va Filippin bilan siyosiy muloqoti, savdo-iqtisodiy va investisiyaviy, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorligini rivojlantirish ikki va ko‘p tomonlama formatlarda diplomatik hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish, mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasini oshirish va Filippin bilan investisiya aloqalarini shakllantirish bilan tavsiflanadigan yangi amaliy bosqichga chiqqanligi to‘g‘risidagi dissertatsiya tadqiqoti natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi ishida foydalanilgan (Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining 2025-yil 8-sentyabrdagi 01-77-son ma’lumotnomasi). Natijada, memorial majmuaning axborot-tahlil asosi kengaydi xamda O‘zbekistonning Vetnam, Tailand va Filippin mamlakatlari bilan diplomatik aloqalari to‘g‘risida tematik materiallar sifati takomillashdi.