Ruzikulova Dilnoza Xoliqovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Kichik biznes korxonalarida inson kapitalini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 
08.00.15–“Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt6204
Ilmiy rahbar: Jahongirov Ilmdorjon Jahongirjon o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon universiteti, PhD.03/2025.27.12.I.25.01
Rasmiy opponentlar: Foziljonov Ibroximjon Sotvoldixo‘ja o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori  (DSc) dotsent;
Musaev Ozodjon Shavkat o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), v.b.dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznes korxo¬nalarida inson kapitalini rivojlantir¬ish mexanizmlarini ta¬komillashtirish bo‘yicha il¬miy-amaliy taklif va tavsiyalar ish¬lab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznes subektlarida inson kapitalini rivojlantirish mexanizmi ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi hamda barqaror rivojlanish dasturi elementlari asosida takomillashtirilgan;
korxonada inson kapitaliga kiritilgan investisiyalarning iqtisodiy samaradorligini raqobatbardoshlik, iqtisodiy zonani tanlash, moliyaviy oqimlarni boshqarish va rivojlanish strategiyasini amalga oshirish jarayonlari natijasiga ko‘ra baholash asoslangan;
kichik biznes subektlarining raqobatbardoshlik darajasini ishlab chiqarilgan mahsulotlar realizatsiyasida takomillashgan “Sears Roebuck” modelini qo‘llash orqali oshirish mexanizmi ishlab chiqilgan;
muqobil ssenariylar orqali maqsadli ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida kichik biznes sohasi rivojlanishini 2028-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes korxonalarida inson kapitalini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik biznes subektlarida inson kapitalini rivojlantirish mexanizmini ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi hamda barqaror rivojlanish dasturi elementlari asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan kichik biznes korxonalarida joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 14-martdagi 01-06-30-2457-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonalarda yuqori malakali, bozor talablariga mos kadrlar shakllanishiga, ularning mehnat unumdorligi hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshishiga, xarajatlarni kamaytirish va mahsulot hamda xizmatlar sifatini yaxshilanishiga xizmat qilib, ishlab chiqarish jarayonlarida innovatsion g‘oyalar hamda texnologiyalarni keng joriy etish imkoniyatlarini kengaygan, shuningdek, ishlab chiqarish samaradorligi 17,5% ga, mehnat resurslarining iqtisodiy samaradorligi esa 1,5 barobarga oshgan; 
korxonada inson kapitaliga kiritilgan investisiyalarning iqtisodiy samaradorligini raqobatbardoshlik, iqtisodiy zonani tanlash, moliyaviy oqimlarni boshqarish va rivojlanish strategiyasini amalga oshirish jarayonlari natijasiga ko‘ra baholash bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan kichik biznes korxonalarida joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 14-martdagi 01-06-30-2457-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida investisiyalarning real iqtisodiy qaytimini aniqlash, kadrlar rivojiga yo‘naltirilgan xarajatlarning samaradorligini oshirish, korxonaning bozor sharoitlariga moslashuvchanligi va raqobatbardoshligi kuchaytirish, logistika hamda ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish imkoniyatlari yaxshilanib, sof foydani 15–18% ga, ishlab chiqarish samaradorligini 1,4 barobar ortishiga erishilgan;
kichik biznes subektlarining raqobatbardoshlik darajasini oshirish uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar realizatsiyasida takomillashgan “Sears Roebuck” modelidan foydalanish bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan kichik biznes korxonalarida joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 14-martdagi 01-06-30-2457-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik biznes korxonalarida mahsulot realizatsiya shakllarini diversifikatsiya qilinishiga, bozor segmentini kengayishi va savdo hajmini oshishiga, shuningdek mijozlar bilan bevosita aloqalarni kuchayishi ularning talablariga mos mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatini ortishiga hamda raqobatbardoshlik indeksini 0,62 dan 0,81 gacha ko‘tarilishiga erishilgan;
muqobil ssenariylar orqali maqsadli ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida kichik biznes sohasi rivojlanishini 2028-yilga qadar prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotda foydalanish uchun qabul qilingan(O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 14-martdagi 01-06-30-2457-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik foydalanish turli iqtisodiy sharoitlarda korxonalarni rivojlanish ehtimollarini baholash, risklarni oldindan aniqlash va kamaytirish, shuningdek, resurslarni samarali taqsimlash, drayver tarmoqlarni tanlash hamda investisiya siyosatini aniq shakllantirish imkoniyatlarini kengaytirgan..

Yangiliklarga obuna bo‘lish