Ochilova Xolida Ochil qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qarshi vohasida farzand tug‘ilishi va uni tarbiyalash bilan bog‘liq urf-odat va marosimlar transformasiyasi”(XX-XXI asr boshlari),“07.00.07–Etnografiya,etnologiya va antropologiya”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar1272
Ilmiy rahbar: Rahmonov Fahriddin Shoymardonovich, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar. 11.01
Rasmiy opponentlar: t.f.d. (DSc), professor v.b. Parda Panjievich Norbo‘taev, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent Asror Rayimovich Qayumov.
Yetakchi tashkilot:Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX–XXI asr boshlarida Qarshi vohasida farzand tug‘ilishi va unining tarbiyalash bilan bog‘liq urf-odat va marosimlardagi transformatsiya jarayonlarni etnologik yo‘nalishda yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: Qarshi vohasi misolida oilada farzand tug‘ilishi va uni tarbiyalash bilan bog‘liq urf-odatlar va marosimlarning transformatsiya jarayonlari etnologik tahlil uchun muhim ilmiy masala hisoblanishi, bu jarayon orqali nafaqat an’anaviy qadriyatlar, an’anaviy marosimlarning mazmun va shakl jihatidan o‘zgarishi, yangilanib borayotgani ilmiy izlanish uchun muhim tahlil obekti ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Hududda farzand tug‘ilishi va uni tarbiyalash bilan bog‘liq an’ana va marosimlar “eskilik qoldig‘i” yoki “dinniy xurofot” sifatida emas, balki mahalliy aholining hayot tarzi, dunyoqarashi va ma’naviy qadriyatlar bilan chambarchas bog‘liqligi, bu an’analar avloddan-avlodga o‘tib, ushbu an’analarni o‘rganishda tarixiylik, xolislik va madaniy kontekstni hisobga olgan holda tahlil qilish ilmiy jihatdan muhimliligi dalillangan.
Qarshi vohasi misolida go‘dak tug‘ilishi va uni tarbiyalashga oid urf-odat va marosimlarning mohiyati, ijtimoiy-ma’naviy vazifalari, qadamiy ildizlari hamda xalq hayotidagi o‘rni chuqur tahlil qilinib, ularda saqlanib qolgan an’analar bilan bir qatorda, transformatsiyaga uchragan yoki zamonaviy sharoitga moslashgan jihatlar ilmiy asosda yoritilgan.
Go‘daklik davriga oid tantanalar va marosimlarda kuzatilgan transformatsiyalar, bola tarbiyasi bilan bog‘liq an’analardagi o‘zgarishlar hamda bolalar milliy o‘yinlarining etnohududiy xususiyatlari zamonaviy etnologik tadqiqotlar doirasida muhim ilmiy masala sifatida o‘rganilayotganligi, bolalarga oid milliy o‘yinlar nafaqat o‘yin-kulgi vositasi, balki tarbiyaviy ijtimoiylashuv va jamoa ichidagi munosabatlarni shakllantiruvchi vosita sifatida amal qilishi kabi holatlar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qarshi vohasida farzand tug‘ilishi va uning tarbiyasi bilan bog‘liq urf-odat va marosimlar transformatsiyasi mavzusiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Qarshi vohasi misolida oilada farzand tug‘ilishi va uni tarbiyalash bilan bog‘liq urf-odatlar va marosimlarning transformatsiya jarayonlari etnologik tahlil uchun muhim ilmiy masala hisoblanishi, bu jarayon orqali nafaqat an’anaviy qadriyatlar, an’anaviy marosimlarning mazmun va shakl jihatidan o‘zgarishi, yangilanib borayotgani ilmiy izlanish uchun muhim tahlil obekti ekanligiga doir ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Qadriyatlar beshigi” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 25-aprel 01-30/262-son ma’lumotnomasi). Mazkur holat tomoshabinlar orasida farzand tug‘ilishi va uning tarbiyasiga oid ilmiy ma’lumotlar shakllanishiga xizmat qilgan.
Hududda farzand tug‘ilishi va uni tarbiyalash bilan bog‘liq an’ana va marosimlar “eskilik qoldig‘i” yoki “dinniy xurofot” sifatida emas, balki mahalliy aholining hayot tarzi, dunyoqarashi va ma’naviy qadriyatlar bilan chambarchas bog‘liqligi, bu an’analar avloddan-avlodga o‘tib, ushbu an’analarni o‘rganishda tarixiylik, xolislik va madaniy kontekstni hisobga olgan holda tahlil qilish ilmiy jihatdan muhimliligiga doir ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Qadriyatlar beshigi” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 25-aprel 01-30/262-son ma’lumotnomasi). Mazkur holat tomoshabinlar orasida farzand tug‘ilishi va uning tarbiyasiga oid ilmiy ma’lumotlar shakllanishiga xizmat qilgan.
Qarshi vohasi misolida go‘dak tug‘ilishi va uni tarbiyalashga oid urf-odat va marosimlarning mohiyati, ijtimoiy-ma’naviy vazifalari, qadamiy ildizlari hamda xalq hayotidagi o‘rni chuqur tahlil qilinib, ularda saqlanib qolgan an’analar bilan bir qatorda, transformatsiyaga uchragan yoki zamonaviy sharoitga moslashganga oid ilmiy ma’lumotlardan Respublika tojik milliy madaniy markazi yillik dasturlarining ishlab chiqishda foydalanildi (Respublika tojik milliy madaniy markazining 2025-yil 2-iyundagi 1-154-son ma’lumotnomasi). Bu esa turli millat vakilari o‘rtasidagi etnomadaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilgan.
Go‘daklik davriga oid tantanalar va marosimlarda kuzatilgan transformatsiyalar, bola tarbiyasi bilan bog‘liq an’analardagi o‘zgarishlar hamda bolalar milliy o‘yinlarining etnohududiy xususiyatlari zamonaviy etnologik tadqiqotlar doirasida muhim ilmiy masala sifatida o‘rganilayotganligi, bolalarga oid milliy o‘yinlar nafaqat o‘yin-kulgi vositasi, balki tarbiyaviy ijtimoiylashuv va jamoa ichidagi munosabatlarni shakllantiruvchi vosita sifatida amal qilishiga oid ilmiy ma’lumotlardan Respublika tojik milliy madaniy markazi yillik dasturlarining ishlab chiqishda foydalanildi (Respublika tojik milliy madaniy markazining 2025-yil 2-iyundagi 1-154-son ma’lumotnomasi). Bu esa turli millat vakilari o‘rtasidagi etnomadaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilgan.