Xolikulova Xulkar Yuldashevnaning
Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda lider ayollarning jamiyat rivojidagi o‘rni (1991-2025 yy)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Tar499
Ilmiy rahbar: tarix fanlari doktori, professor Murtazaeva Rahbar Hamidovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.01.01.
Rasmiy opponentlar: Mahkamova Nodira Raxmonovna, tarix fanlari doktori, professor; Bobojonova Dilorom Bobojonovna, tarix fanlari doktori, professor;                                                                      Nishonova Nodira Rayimjonovna   tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: :     Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti                   .
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. 1991-2025 yillarda O‘zbekistonda lider ayollar faoliyatining shakllanish va rivojlanish bosqichlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
O‘zbekistonda lider ayollar sonining oshishi nafaqat kvota tizimining joriy qilinishi, balki xalqaro gender tengligiga oid standart va normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish, ijtimoiy va oilaviy to‘siqlarni, shuningdek tashkilotlar hamda ish joylaridagi diskriminatsiyalarni bartaraf etishning muhim yo‘li sifatida mikro darajada (oiladagi muhitda qizlar va o‘g‘il bolalarga ta’lim olish hamda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish uchun teng imkoniyatlar yaratilishi), mezo darajada (ta’lim tizimi, siyosiy partiyalar va NNTlar faoliyati), makro darajada (ayollarga ta’lim olish borasida erkaklar bilan teng imkoniyatlar yaratishni davlat siyosati darajasiga ko‘tarish, kvotalar tizimini joriy etish hamda normativ-huquqiy bazani shakllantirish orqali) lider ayollar tayyorlashning yangi nazariy-amaliy konsepsiyasi sifatida isbotlangan;
Ayollarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini o‘zida aks etgan “maskulin” modelidan farqli o‘laroq o‘zbek mentalitetiga mos bo‘lgan oila qadriyatlari, farzand tarbiyasi, milliy urf – odatlarni o‘zida mujassamlashtirgan “feminin” model asosidagi milliy an’analar, diniy qadriyatlar va zamonaviy demokratik tendensiyalar uyg‘unligida “o‘zbek lider ayoli” imidji yaratilganligi hamda jamoatchilik ongi va media diskursida milliy identifikatsiyaning asosi bo‘layotganligi  aniqlangan;
Mahalliy o‘z-o‘zini boshqaruv organlarida “oqila ayollar harakati”, “ijtimoiy yordam uyushmalari”, “opa -singillar” kabi nodavlat – notijorat tashkilotlarining xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashi natijasida ayollar orasida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida popopchilik, kashtachilik, tikuvchilik, qandolatchilik kabi bir qator hunarlarni o‘rgatishga ko‘maklashilganligi, respublikada “Nargiza - tekst”, “Eko -art”, “Sizni eshitamiz” kabi MChJlar tashkil topganligi, ularni xotin-qizlarga hunar o‘rgatish barobarida ayollarda liderlik fazilatlari shakllanishiga xizmat qilayotganligi aniqlangan;
Ilm-fanda o‘z ilmiy maktabini yaratgan, xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan olimlar, ta’lim sohasida o‘quvchilarga ta’lim berish borabarida ularning xalqaro olimpiadalarda ishtirok etishlariga zamin hozirlagan, sog‘liqni saqlash sohasida O.Ataniyozovaning, M.Abdulxadjaeva kabi olimalarning sohaga xalqaro miqyosda tanilgan ekspertlardan biri sifatida sog‘liqni saqlash sohasida ilmiy – tadqiqot institutlari reytingini oshirishdagi xizmatlari, zamonaviy tibbiyot va bioetika yo‘nalishiga asos solganliklari, hamda ularning shogirdlari bugungi kunda xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘layotganligi isbotlangan.
davlat va jamoat boshqaruvi tizimida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritayotgan ayrim xotin-qizlarning jinoyatchilik, korrupsiya va xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilish holatlariga aralashuvi xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan islohotlarning ijtimoiy qabul qilinish jarayoniga ham to‘sqinlik qiluvchi omil sifatida namoyon bo‘layotganligi gender omilini faqat son jihatidan kengaytirish emas, balki axloqiy-psixologik tayyorgarlik, professional kompetensiya, institutsional nazorat va ochiqlik mexanizmlarini kuchaytirish bilan uyg‘un holda rivojlantirish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda lider ayollar sonini oshirishga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
O‘zbekistonda lider ayollar sonining oshishi nafaqat kvota tizimining joriy qilinishi, balki xalqaro gender tengligiga oid standart va normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish, ijtimoiy va oilaviy to‘siqlarni, shuningdek tashkilotlar hamda ish joylaridagi diskriminatsiyalarni bartaraf etishning muhim yo‘li sifatida mikro darajada (oiladagi muhitda qizlar va o‘g‘il bolalarga ta’lim olish hamda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish uchun teng imkoniyatlar yaratilishi), mezo darajada (ta’lim tizimi, siyosiy partiyalar va NNTlar faoliyati), makro darajada (ayollarga ta’lim olish borasida erkaklar bilan teng imkoniyatlar yaratishni davlat siyosati darajasiga ko‘tarish, kvotalar tizimini joriy etish hamda normativ-huquqiy bazani shakllantirish orqali) lider ayollar tayyorlashning yangi nazariy-amaliy konsepsiyasi sifatida isbotlanganligiga oid  natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2025 yil 28 oktyabrdagi 02-03/1676- -sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘mita tomonidan ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishining yangi mexanizmlari ishlab chiqildi. Mazkur tadqiqot amalda davlat va jamiyat miqyosida gender tengligi g‘oyasini ilgari surish, xotin-qizlarning qaror qabul qilish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qildi. Davlat va jamoat tuzilmalarida lider ayollarni tarbiyalash va qo‘llab-quvvatlashning yangi modelini ishlab chiqish imkoniyati yaratildi;
Ayollarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini o‘zida aks etgan “maskulin” modelidan farqli o‘laroq o‘zbek mentalitetiga mos bo‘lgan oila qadriyatlari, farzand tarbiyasi, milliy urf – odatlarni o‘zida mujassamlashtirgan “feminin” model asosidagi milliy an’analar, diniy qadriyatlar va zamonaviy demokratik tendensiyalar uyg‘unligida “o‘zbek lider ayoli” imidji yaratilganligi hamda jamoatchilik ongi va media diskursida milliy identifikatsiyaning asosi bo‘layotganligiga oid ilmiy tahlil materiallaridan O‘zbekiston tarixi telekanalidagi “O‘zbekistonda zamonaviy ayol portreti” ko‘rsatuvini tayyorlash jarayonida foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 05-09-1672-son ma’lumotnomasi). Mazkur ko‘rsatuv orqali jamoatchilikda zamonaviy lider ayol obraziga nisbatan ijobiy munosabat shakllanishiga xizmat qildi.
Mahalliy o‘z-o‘zini boshqaruv organlarida “oqila ayollar harakati”, “ijtimoiy yordam uyushmalari”, “opa-singillar” kabi nodavlat – notijorat tashkilotlarining xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashi natijasida ayollar orasida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida popopchilik, kashtachilik, tikuvchilik, qandolatchilik kabi bir qator hunarlarni o‘rgatishga ko‘maklashilganligi, respublikada “Nargiza - tekst”, “Eko-art”, “Sizni eshitamiz” kabi MChJlar tashkil topganligi, ularni xotin-qizlarga hunar o‘rgatish barobarida ayollarda liderlik fazilatlari shakllanishiga xizmat qilayotganligiga oid natijalaridan H.Y. Xoliqulova yakka muallifligida tayyorlangan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 9 iyuldagi 258-sonli buyrug‘i) nomli darsligining 5-mavzusida “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” mavzusini shakllantirish jarayonida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 25-34-65-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar talabalarda nodavlat notijorat tashkilotlarda va tadbirkor lider ayollarning siyosiy falligining oshishiga ta’sir ko‘rsatuvchi konseptual mexanizmga oid qarashlarning shakllanishiga xizmat qilgan.
Ilm-fanda o‘z ilmiy maktabini yaratgan, xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan olimlar, ta’lim sohasida o‘quvchilarga ta’lim berish borabarida ularning xalqaro olimpiadalarda ishtirok etishlariga zamin hozirlagan, sog‘liqni saqlash sohasida O.Ataniyozovaning, M.Abdulxadjaeva kabi olimalarning sohaga xalqaro miqyosda tanilgan ekspertlardan biri sifatida sog‘liqni saqlash sohasida ilmiy – tadqiqot institutlari reytingini oshirishdagi xizmatlari, zamonaviy tibbiyot va bioetika yo‘nalishiga asos solganliklari, hamda ularning shogirdlari bugungi kunda xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘layotganligiga oid ilmiy tahlil materiallaridan O‘zbekiston tarixi telekanalidagi “O‘zbekistonda zamonaviy ayol portreti” ko‘rsatuvini tayyorlash jarayonida foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 05-09-1672-son ma’lumotnomasi). Teledastur orqali keng jamoatchilik zamonaviy lider ayollarning jamiyat rivojidagi o‘rni va ularning faoliyatlariga oid ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Bu o‘z navbatida, jamiyatda lider ayollar va ularning davlat rivojidagi o‘rni haqida ijobiy fikr shakllanishiga, shuningdek, oilada ayollarga nisbatan qotib qolgan patriarxal qarashlardan xalos bo‘lishga xizmat qiladi.
Davlat va jamoat boshqaruvi tizimida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritayotgan ayrim xotin-qizlarning jinoyatchilik, korrupsiya va xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilish holatlariga aralashuvi xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan islohotlarning ijtimoiy qabul qilinish jarayoniga ham to‘sqinlik qiluvchi omil sifatida namoyon bo‘layotganligi gender omilini faqat son jihatidan kengaytirish emas, balki axloqiy-psixologik tayyorgarlik, professional kompetensiya, institutsional nazorat va ochiqlik mexanizmlarini kuchaytirish bilan uyg‘un holda rivojlantirish zaruratiga oid natijalari O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2025 yil 28 oktyabrdagi 02-03/1676-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘mita tomonidan ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishining yangi mexanizmlari ishlab chiqildi. Mazkur tadqiqot amalda davlat va jamiyat miqyosida gender tengligi g‘oyasini ilgari surish, xotin-qizlarning qaror qabul qilish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qildi. Davlat va jamoat tuzilmalarida lider ayollarni tarbiyalash va qo‘llab-quvvatlashning yangi modelini ishlab chiqish imkoniyati yaratildi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish